Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 0.61 Mb.
bet11/89
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1721402
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89
Bog'liq
Geosiyosat majmoa

Gnoseologik funktsiya. Gnoseologiya – bilish demakdir. Bilish nazariyasi borliqni, uning aniq bir holatlari, manbalari va shakllarini o’rganishga qaratilgandir. Aniqroq aytadigan bo’lsak, gnoseologik funktsiya davlatlar va xalqlarning geosiyosiy joylashuvi, turmush tarzi hamda ular hayotining rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish bilan bog’liq. Albatta, gnoseologik funktsiya amaliyotida geosiyosat-ning davlatlar va xalqlar turmushini o’rganishda qo’llaydigan bir qator uslublari – taqqoslash, ekstrapolyatsiya (narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish), empirik (tajriba qilish) va shular singari uslublarining o’rni kattadir.
Prognoz qilish funktsiyasi. Geosiyosatning prognoz qilish funktsiyasi bevosita gnoseologik funktsiya asosida shakllanadi. Chunki har bir muammoning kelajagidan bashorat qilish uchun o’sha muammo birinchi navbatda obdon o’rganilmog’i lozim. Ob’ektda turgan masalaning qanchalik chuqur o’rganilganlik darajasi tadqiqotchi uchun tegishli xulosalarni chiqarish hamda uning kelajakdagi kechmishi haqida ham muayyan prognozlarni aytish imkonini beradi. Prognoz qilish funktsiyasining ahamiyati qachonki olib borilayotgan geosiyosiy tadqiqotlar quyidagi jihatlarni o’zida namoyon etsagina bo’ladi, ya’ni:

  • muammoga nisbatan bildirilgan fikr-mulohazalarning qanchalik darajada ilmiy tomondan isbotlanganligi bilan;

  • bildirilgan sharhlarning xalqlar, davlat va mintaqalarning geosiyosiy turmushiga qanchalik darajada o’zgarishlarni olib kelishi bilan:

  • bashoratlarning yaqin yoki uzoq muddatga mo’ljallanganligi bilan va h.



Prognoz qilish – siyosiy voqealarning rivoji va ko’rinishlari, ular amalga oshishining muqobil yo’llari va muddatlari haqida ilmiy asoslangan mulohazalarni ishlab chiqish jarayonlari, shuningdek, ularning o’sha voqeliklar sharoitida amalga oshishi uchun aniq tavsiyalarni berish demakdir.


Prognoz qilish funktsiyasi bir qator printsiplarga asoslanadi, ya’ni batartiblik, muvofiqlik, uzluksizlik, muqobillik va rentabellik. Tabiiyki, ushbu printsiplar jamiyatning iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-mafkuraviy va harbiy-siyosiy doiralarini o’rganishda qo’l kelishi mumkin.
Bundan tashqari, amaliy jihatdan geosiyosatning prognoz qilish funktsiyasi quyidagi bosqichlardan iborat:



  • Prognoz qilishdan oldingi holat;

  • Ma’lumotlarni yig’ish;

  • Tayanch andazalarni ishlab chiqish;

  • Qidiruv modellarini tanlash;

  • Belgilangan (normativ) modellarni amaliyotga tadbiq etish;

  • Tahlilning aniqligi va ishonchliligini baholash;

  • Tavsiyalarni ishlab chiqish;

Borliqdagi geosiyosiy jarayonlar kelajagi va ularning qay ko’rinishda rivojlanishini oldindan prognoz qilish qanchalik murakkab bo’lmasin, prognoz qilish funktsiyasi tadqiqotchilar nigohidan chetda qolayotgani yo’q. Balki unga qiziqishning ortishi orqasida geosiyosiy tadqiqotlarni o’rganish va tahlil qilish mazmun va ma’no jihatidan takomillashib bormoqda.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling