Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 0.61 Mb.
bet5/89
Sana25.10.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1721402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
Geosiyosat majmoa

Dunyoviy siyosat – xalqaro huquqning asosiy sub’ektlari o’rtasidagi siyosiy faoliyatlar majmuasi; Xalqaro siyosat tuzilish jihatidan suveren, mustaqil milliy davlatlarning tashqi siyosiy faoliyatini; mintaqaviy davlatlararo va jamoatchilik tuzilmalari, guruhlari va ittifoqdoshlar o’rtasidagi aloqalarni hamda umumbashariy miqyosda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar va muassasalar faoliyatlarini qamrab oladi.

Geosiyosatning tarixiy-tadrijiy taraqqiyotiga e’tibor bersak, uning predmeti ham zamonga mos tarzda takomillashib, o’zgarib borganligiga amin bo’lamiz. Chunki jamiyatdagi geosiyosiy jarayonlar mavjud davlatlar manfaatlari bilan bog’liq bo’lgan real voqelikni o’zida aks ettiradi. Shu boisdan har bir davrda geosiyosat predmeti sifatida jamiyatdagi ustuvor sohalar va xalqaro siyosatga daxldor bo’lgan strategik masalalar namoyon bo’lgan.




Geosiyosat predmeti – jamiyatda kechayotgan har xil darajadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ularning yuzaga kelishi, harakatlanishi va o’zgarib borishini o’zida aks ettiruvchi voqealar rivoji.

Masalan, XX asr boshlaridan geosiyosat predmetining bir elementi sifatida jamiyatdagi iqtisodiy jarayonlar namoyon bo’la boshladi. Ilmiy-texnika revolyutsiyasi esa jamiyatning iqtisodiy doirasini yangi bir bosqichga ko’tardi. XX asr oxiriga kelib iqtisodiy jarayonlar geosiyosat predmetining tarkibiy qismiga aylandi. Aynan shu davrdan boshlab dunyodagi siyosiy jarayonlarga iqtisodiyot omilining ta’siri sezilarli ravishda shakllandi.


Xalqaro iqtisodiy jarayonlar nafaqat texnologik, balki tashkiliy jihatdan ham takomillasha boshladi. Iqtisodiy jarayonlarning umumbashariylashuvi xalqaro savdo, davlatlararo munosabatlarda investitsiya, kapital va boshqa omillarning ahamiyatini ko’rsata boshladi. Tabiiyki, bu va bularga mansub bo’lgan boshqa iqtisodiy tarmoqlar nafaqat xalqaro hayotda muhim o’ringa ega, balki ularning dunyoviy siyosatga ta’sir etayotganligi ham real haqiqatdir.
Bundan tashqari, zamonaviy geosiyosatning asosiy muammolari bo’lib kelayotgan quyidagi masalalarni geosiyosiy tadqiqotlarning predmeti sifatida ko’rish mumkin:



  • ilmiy-texnika revolyutsiyasi rivojining samarasi bo’lgan harbiy-texnikaviy vositalar va ular turlarining ko’payib va takomillashib borayotganligi; o’z navbatida davlatlarning harbiy-texnika vositalaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarish yoki chiqarmaslikka nisbatan munosabatlari;

  • davlatlar va xalqlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo’layotgan elektron aloqa vositalarining birgina kommunikatsiya vositasi emas, ularning harbiy va iqtisodiy sohalarga ham bog’lanib ketayotganligi masalasi;

  • jamiyatdagi mavjud madaniyat va tsivilizatsiyalar, ular o’rtasidagi muloqot;

  • dunyoviy va milliy-hududiy dinlar, ularning dunyo xalqlari turmush tarzidagi o’rni, birining boshqasiga yoki mavjud dunyoviy tartibotga nisbatan munosabati;

  • davlatlardagi mavjud siyosiy tuzumlar, ularning nafaqat davlat, boshqa davlatlarga ham ta’sir etish masalasi;

  • geosiyosiy kuchlar muvozanatiga u yoki bu darajada ta’sir etayotgan demografik jarayonlar va h.

Geosiyosat predmetini aniqlash birgina mavjud muammolarning geografik ko’lamigagina bog’liq emas. Bunda muammoga daxldor bo’lgan tashqi va ichki omillardan tashqari, etakchi davlatlarning ishtiroki yoki ularning muammoga nisbatan munosabati masalasi ham muhimdir. Aynan ushbu omillar geosiyosat predmetida turgan va tadqiq etilayotgan jumboqlarning tarqalish darajasini (umumbashariy, mintaqaviy yoki davlatga mansubligini) belgilab beradi.


Geosiyosatning asosiy aktorlari:



  1. territiorial aktorlar

  2. kalassik siyosiy aktorlar- davlat, armiya, cherkov

  3. yangi geosiyosiy aktorlar- siyosiy partiyalar, elektoral geografiya, nodavlat tashkilotlar, iqtisodiy aktorlar, xalqaro moliyaviy institutlar, xalqaro mafiya, OAV, qurolli guruhlar

  4. Inson- etnos, irq, millat, millatchilik, diaspora, getto, migratsiya, o’z huquqini o’zi belgilash.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling