O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
DAVLAT UNVERSITETI
Mavzu: Hajmy analiz usullari yordamida sizot suvlari tarkibidagi kalsiy va magniy ionlarini miqdorini aniqlash
Bajardi:
Ilmiy rahbar:
-2014
R E J A
KIRISH
I BOB. Adabiyotlar sharhi
1.1. Suv molekulasining tuzilishi va fizik xossalari..........................................5
1.2. Dinamik qovushqoqlik va kimyoviy xossalari ..…………………..……..7
II BOB. Suvning qattiqligi va uni yo’qotish usullari
2.1. Suvning inson hayotidagi, qishloq xo’jaligidagi va sanoatdagi ahamiyati.14
2.2. Suvning umumiy qattqligini kompleksometrik usulda aniqlash……....….16
2.3. Kalsiy va magniy kationlarining reaksiyalari……………....................…..21
Xulosa………………………………...…………………………………..30
Adabiyotlar ro’yxati ……………………………………………………31
KIRISH
Tabiiy suvlarni kimyoviy tarkibini o’rganish hozirgi zamon fan va texnikaning har xil sohalari uchun muhim ahamiyatga egadir. Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibi uning sifatini aniqlash, shuningdek amaliy maqsadlar uchun ishlatishda uning yaroqliligini baholash bilan birga uni xo’jalik va sanoatni suv bilan ta’minlash uchun, qurilish inshootlariga suvning ta’sirini bilish uchun qishloq xo’jaliklariga sug’orish ishlarida yaroqliligini va boshqa amaliy maqsadlar uchun kerak bo’ladi. Hozirgi davrda suv resurslari va obyektlarini qayta qurish davrida tabiiy suvlarni kimyoviy tarkibini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Suvning umumiy tuz miqdori va unda erigan gaz va tuz ionlarining erish tartibi haqidagi ma’lumotlar qishloq xo’jaligi va energetika uchun yangi quriladigan kanal va suv ombori, shuningdek daryo, ko’l va dengizlarning tuz tarkibini o’rganish uchun suvning kimyoviy tarkibi muhimdir. Ba’zi bir kompleks tadbirlarni bajarish uchun yangi sug’oriladigan yerlarni o’zlashtirish, sug’oriladigan maydonlarni tuproq tarkibini o’rganishda ham, suvning tuproq bilan bo’lgan o’zaro ta’sirini o’rganish ob – havo ma’lumotini tarqatishda xizmat qiladigan idoralar uchun ham suvni tarkibini o’rganish lozim bo’ladi.
Tabiiy va texnika fanlari ilmiy asosida rivojlanish uchun tabiiy suvlarni tarkibini o’rganish bilan bog’liq bo’lgan qismi uchun suvning kimyoviy tarkibi, albatta, kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |