Davlat va huquq asoslari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
35-41
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI
www.pedagoglar.uz 44-son 5–to’plam may 2023 Sahifa: 35 “DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI” DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USULLARI Eshmurodova Mavjuda Boymurodovna, Toshkent shahar, Shayhontohur tumani, 316-maktabining huquq fani o`qituvchisi Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirishda respublikamiz ta’lim tizimida o‘qitilayotgan “Davlat va huquq asoslari” fanining o‘rni va imkoniyati cheksizdir. Davlat, jamiyat ishlarini mukammal bilish uchun huquqiy bilimli, ongli,madaniyatli bo‘lish davr talabi.Ushbu xususiyatlarni shakllantirishda ta’lim oluvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va o’quv biluv faoliyatini faollashtirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim oluvchilarining o’quv-bilish faoliyatlarini ta’minlovchi va rivojlantiruvchi faol ta’lim metodlarini o’quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarni mustaqil va ijodiy yondoshgan holda muammolarni yechimini izlash, topish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan faol ta’lim metodlaridan foydalanish muhim hisoblanadi. Har qanday ta’limning maqsadi – ta’lim oluvchilarda bilim, ko’nikmalari va malakalarini shakllantirishdan iboratdir. O’quv faoliyatida ta’lim maqsadning barcha jihatlari amalga oshar ekan, turli ta’lim metodlarni birgalikda qo’llash zarur. Shuning uchun, ta’lim metodini tanlashda eng asosiy omil bo’lib aniq o’quv mashg’ulotining didaktik vazifasi xizmat qiladi. Faol metodini tanlashda uning samaradorlik darajasini e’tiborga olish ham ahamiyatga ega. O’tkazilgan tahlillar shuni ko’rsatadiki, o’quv materiali og’zaki bayon etilganda talabalar ma’lumotning 5-10 % ni eslab qoladilar. O’quv adabiyotlaridan mustaqil o’qish ma’lumotning 10-15 % ni, ko’rgazmali materiallar esa Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling