Davlat va huquq nazariyasi moduli uchun kazuslar Kazus 1
Davlat organlari ochiqligi mamlakat uchun qanday afzalliklarni keltirishini tushuntirib bering. Fikrlaringizga argumentlar keltiring
Download 23.34 Kb.
|
DHN dan ON yangi kazuslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazkur kazus mazmunidan O‘zbekistonning boshqaruv shakliga oid xulosalar chiqarish mumkinmi Fikringizni asoslang.
Davlat organlari ochiqligi mamlakat uchun qanday afzalliklarni keltirishini tushuntirib bering. Fikrlaringizga argumentlar keltiring.
Kazusda tahlil qilingan qonunosti hujjati bilan va “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qisqacha qiyosiy tahlil qiling. Mazkur kazus mazmunidan O‘zbekistonning boshqaruv shakliga oid xulosalar chiqarish mumkinmi? Fikringizni asoslang. “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqga xizmat qilishi kerak!” prinsipini qisqacha tahlil qiling. Kazus 2 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Energetika vaziri J.Mirzamahmudov tizim tashkilotlari va yoqilg‘i-energetika sohasida faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning holati, mavjud muammolar va ularni hal etish masalalari yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi. Bunda, birinchi navbatda soha obyektlarini 2022/2023-yillar kuz-qish davriga to‘liq tayyorlash, isteʼmolchilarni energiya resusrlari bilan barqaror taʼminlash ishlarining bugungi kundagi holati muhokama qilindi. Yig‘ilishda birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash zarurligi taʼkidlandi. Tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanayotgan isteʼmolchilarni aniqlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani, shu bilan birga ayrim xodimlarning bu holatlarga yo‘l qo‘yib berayotgani tanqid ostiga olindi. Bu esa, o‘z navbatida xalq mulki bo‘lgan tabiiy boyliklarni aholi xonadonlariga yetkazib berilishida o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatayotganligi alohida taʼkidlandi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda yana bir og‘riqli masalaga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, aholi xonadonlarida har yili is gazidan zaharlanish holatlari uchrayotgani va ayrim hollarda insonlarning vafot etishi kechirib bo‘lmas holat ekanligi taʼkidlandi. Shu maqsadda, “Hududgaztaʼminot” AJga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berishda isteʼmolchilarga xavfsizlik qoidalarini, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarining taʼsirchanligini oshirish, ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozimligi bo‘yicha alohida topshiriq berildi. Respublikaning olis hududlarida sovuq kunlari gaz bosimining pasayib ketish hollari kuzatilganligi ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun alohida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirig‘i berildi. Kuz-qish davrini betalafot o‘tkazish maqsadida hududiy gaz taʼminoti korxonalarida 244 ta, elektr tarmoqlari korxonalarida 439 ta avariyaga qarshi brigada tashkil etilishi va ularni nosozliklarni tiklash zaxiralari bilan taʼminlash ishlarini joriy yilning 10 oktabrigacha to‘liq yakunlash belgilab berildi. Yig‘ilishda kuz-qish davrida isteʼmolchilarga jami 30,6 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib berilishi yuzasidan topshiriq berildi. Shundan 10,4 mlrd kub metr hajmda aholi isteʼmolchilariga va 20,2 mlrd kub metri – iqtisodiyot tarmoqlariga yetkaziladi. Suyultirilgan gaz taʼminoti tizimidagi 85 ta gaz to‘ldirish punkti hamda 1058 ta gaz tashuvchi va tarqatuvchi avtotransport vositasining doimiy texnik soz holatda bo‘lishini taʼminlash lozimligi taʼkidlandi. Shu bilan birga aholi isteʼmolchilarining ehtiyojidan kelib chiqib, joriy yil yakuniga qadar 12,7 ming dona qo‘shimcha maishiy gaz balloni yetkazib berish lozimligi belgilandi. Savollar: Download 23.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling