Davlat tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilishini davlatning qaysi funksiyasining bajarilishini tushunish mumkin? Fikringizni asoslang.
Gaz 2/3 qismining iqtisodiyot tarmoqlariga jo‘natilishi joriy yil nomiga mos keladimi?
Mazkur yig‘ilishda qabul qilingan qarorlarning huquqiy asoslarini yoritib bering.
Davlat mexanizmi nuqtai nazaridan Energetika vazirligining o‘rnini aniqlang. Fikrlaringizni asoslang.
Ushbu kazusdagi munosabatlar, ijtimoiy munosobatlarning qaysi turiga taalluqli (insonlararo, tabiat bilan va texnika bilan)?
Kazus 3
Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinadi. Prezident 2023 yildan boshlab texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishini ta’kidladi. OTMlardagi kamida 60 ta yo‘nalish texnikumlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, 1 yanvardan ilmiy darajasi bor texnikum o‘qituvchilarining ish haqi oliygoh pedagoglarinikiga tenglashtiriladi. Shuningdek, oliygoh talabalari uchun joriy etilgan imtiyozli ta’lim krediti yangi o‘quv yilidan texnikum va kollej o‘quvchilari uchun ham joriy etiladi.
Kollej va texnikumlarda o‘qish uchun davlat grantlari va ehtiyojmand oila a’zolari uchun subsidiyalar ko‘paytiriladi. Oliy ta’lim vazirligi 2 oy muddatda 207 ta texnikum faoliyatini o‘rganadi. Yig‘ilishda samarasiz ishlayotgan 70 ta texnikumni tugatishga topshiriq berildi.
Ularning 25 tasi monomarkazlar tashkil etish uchun Bandlik vazirligiga o‘tkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.
Bundn tashqari, respublikada 62 ta OTM rektoriga texnikumi bor oliygohlarda o‘qitilayotgan kamida 60 ta yo‘nalish texnikumlarga o‘tkaziladi.
Rektorlar texnikumlarni o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklar bilan ta’minlashi hamda texnikumda o‘zining kafedralari filiallari, o‘quv laboratoriyalarini tashkil etishi kerak. Shuningdek, kelgusi yil 1 yanvardan boshlab ilmiy darajasi bor texnikum o‘qituvchilarining ish haqi oliygoh o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.
O‘qituvchilar malaka toifasi uchun to‘lanadigan ustama o‘rtasidagi farq 2 barobarga oshiriladi. Erishgan natijasiga qarab, fidoyi va tashabbuskor pedagog kadrlarning oyligiga 50 foizgacha ustama to‘lash joriy etiladi. Kelgusi yilda buning uchun budjetdan qo‘shimcha 150 milliard so‘m ajratiladi. Shu bilan birga, professional ta’lim muassasalari pedagoglari malakasini oshirishda yangi tizim yaratiladi. Universitetlar huzuridagi malaka oshirish fakultetlari o‘rniga har bir viloyatda Professional tayyorgarlik markazlari tashkil etiladi.
Savollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |