Davlat va huquq tizimida din omili. Hozirgi zamon g‘arb va sharq mamlakatlaridagi din omili


Download 401.1 Kb.
bet2/2
Sana16.11.2023
Hajmi401.1 Kb.
#1781632
1   2
Bog'liq
Davlat va huquq tizimida din omili A.SH (2)

Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar.
Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor.
Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x, isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga „Qoʻshiqlar kitobi“, „Bahor va kuz“ kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng „Aforizm“larini, daosizmni kiritish mumkin.
Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.
Falsafa Xitoy tamadduniga, umuman Sharqiy Osiyoga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina buyuk falsafiy maktablar Bahor va Kuz Davri hamda Davlatlar Urushi Davrida paydo boʻlib, Fikrning Yuz Maktabi nomi ostida tanildi. Ulardan eng ahamiyatlilari orasida Konfutsianizm, Taoizm, Mohizm va Legalizmlarni koʻrsatsa boʻladi. Keyinchalik, Tang Sulolasi davrida, bu safga Buddizm ham qoʻshildi (shuni aytib oʻtish joizki, Sharq falsafasida din va falsafa orasida qatʼiy farqlar yoʻq). Gʻarb falsafasi kabi, Xitoy falsafasi ham keng qamrovlidir va falsafaning har bir sohasiga taalluqli maktablarga ega.
Hind ostqitʼasi tarixida Oriy-Vedik madaniyat oʻrnatilganidan soʻng ikki ming yillik davr ichida falsafiy va diniy mutafakkirlik oltita Nastika maktablari paydo boʻlishiga olib keldi. Bu maktablar hinduizm bilan chambarchas bogʻlangan edilar.Hind falsafasi Janubiy Osiyo madaniyatining katta qismini qurgan, va Uzoq Sharqqa ham dharmik dinlar orqali yetib borgan. Undagi fikrlar pluralizmi hind falsafasini liberal universalizm shakliga keltirgan.
Fors falsafasi tarixi Qadimgi Eron falsafiy anʼanalari va ularning hind-eron ildizlariga borib taqaladi. Fors falsafasi Zardusht taʼlimotidan taʼsirlangan. Eron tarixidagi turli urushlar — Iskandar Zulqarnayn, arablar va moʻgʻullar istilolariturli madaniyatlar, dinlar aralashuvi va natijada turfa falsafiy maktablar paydo boʻlishiga olib keldi. Bularga zardushtiylik va islom taʼlimotlari, yunon falsafasi taʼsiridagi oqimlar, manixeylik, mazdakiylik va hokazo kiradi.
Oʻrta Osiyo falsafasi Zardushtiylik, keyinchalik esa Islom dinlari taʼsirida shakllangan. Muhim faylasuflardan biri — ibn Sino Oʻrta Osiyo, va umuman Islom olamida mantiq va metafizikani shakllantirdi; bunda u Arastu va Aflotun ishlariga tayandi. Ibn Sino olamning vaqt oʻqida yaratilishini rad etadi; olam uning yaratuvchisi emanatsiyasidir, deydi. Ibn Sinoning bu qarashlari islomiy deizm va pandeizmga yaqindir. Keyinchalik Oʻrta Osiyolik boshqa faylasuflar — Beruniy, Forobiy, Gʻazzoliy, Navoiy, Bedil va hk — ibn Sino asos solgan islomiy metafizika doirasida fikrlashdi, va bu oqimlardan baʼzilari Yevropagacha yetib bordi.
Shu kunlarda Internet tarmog‘ida AQSh Davlat departamenti e’lon qilgan bayonotda dunyoning 10 mamlakati, shu jumladan O‘zbekiston ham “vijdon erkinligi va diniy erkinliklar sohasida buzilishlar alohida tashvishga sabab bo‘layotgan davlatlar” ro‘yxatiga kiritilgani haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlash lozimki, mazkur ro‘yxatni shakllantirishga mas’ul mutasaddilar tomonidan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 16 ta diniy konfessiyaga mansub tashkilotlarga, shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kabi diniy sohada faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga ma’lumot uchun murojaaat qilinmagan. Amerikalik mutaxassislar hisobot tayyorlashda mavhum manbalarga tayanishi sababli O‘zbekistondagi diniy vaziyatga nisbatan asossiz va haqiqatdan yiroq xulosaga kelingani achinarli holdir.
Shu bilan birga AQShning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini e’tirof etish bilan bir qatorda Davlat departamentining muayyan masala yuzasidan e’lon qiladigan bayonotini “bahslashib bo‘lmaydigan mutlaq haqiqat” emas, balki ushbu tashkilotning turli davlatlarning ijtimoiy ko‘rsatkichlarini o‘z imkoniyatlari va qarashlari doirasida o‘rganish orqali hosil qilingan sub’ektiv xulosasi sifatida qabul qilish lozim.
Binobarin, jahon bo‘ylab shu kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlarni o‘rganuvchi siyosiy institutlar yoki tadqiqot markazlarining faoliyatini tahlil qilsak, ular o‘z tadqiqotlarida e’tibor qaratadigan ko‘rsatkichlar va foydalaniladigan axborot manbalari turli-tuman ekaniga guvoh bo‘lamiz. Biror bir mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yoki diniy sohadagi vaziyatga baho berishda mazkur jarayonni ushbu jamiyatning ichida o‘z boshidan kechirmay turib, hududda tarixan shakllanib kelgan qadriyat, urf-odat va o‘ziga xoslikni hisobga olmay turib, masalaning barcha jihatlarini to‘liq qamrab olish va mukammallikka erishish mumkin emas.
Bir so‘z bilan aytganda, muayyan davlatda kechayotgan jarayonlarga, ularning mazmun-mohiyatiga, qanday sohaga taalluqli bo‘lishidan qat’iy nazar, ushbu mamlakatning o‘z xalqidan o‘zga odil, xolis va har tomonlama to‘liq baho beruvchi tomon bo‘lmaydi.
Tarixdan ma’lumki, O‘zbekistonning tarixiy hududi turli din va millat vakillari tinch-totuv, ahil va bir oila bo‘lib yashab kelgan zamin hisoblanadi. Asrlar osha ushbu hududda tarqalgan turfa dinga mansub insonlar emin-erkin e’tiqodiy amallarini bajarib kelgan.
Dunyo tarixida Sharq Uyg‘onish davri – Musulmon Renessansi deb nom olgan o‘rta asrlar va undan keyingi zamonlarda bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning jahon ilm-fani va madaniyati, muqaddas islom dini rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan.
Mustaqillikning ilk davridan Vatanimizdagi umuminsoniy, milliy va diniy qadriyatlar rivojiga alohida e’tibor qaratildi. Diniy soha o‘zbek xalqi milliy ma’naviyatining muhim qismi sifatida e’tirof etilib, uning huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatida tutgan o‘rni va mavqei aniq belgilandi. Diniy sohada mustahkam qonunchilik poydevori yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 61-moddasida «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar» degan demokratik tamoyil mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangani ta’kidlangan.
Bugungi kunda respublikamizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2243 ta diniy tashkilotlar emin-erkin faoliyat olib borib, diniy rasm-rusum va marosimlarni mukammal amalga oshirib kelmoqdalar.
So‘ngggi yillarda Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan fuqarolarning diniy huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini chuqur singdirish, diniy va milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganiga barchamiz guvoh bo‘ldik.
Jumladan, 2017 yilda diniy-ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, milliy-ma’naviy merosimiz va qadriyatlarimizni yanada yuksaltirishga, yurtimizdan yetishib chiqqan ulug‘ mutafakkir va allomalarning boy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasi, ilm-fan taraqqiyoti rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, yosh avlodni millatlar va dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinch-totuv hayotni qadrlash va mustahkamlash ruhida tarbiyalash, xalqaro miqyosdagi ma’naviy-ma’rifiy muloqot va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinib, ijroga kiritildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuslari asosida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Islom akademiyasi, “Mir Arab” Oliy madrasasi, aqida, fiqh, kalom, hadis va tasavvuf ilmiy maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, Toshkent islom universiteti huzurida AYSESKO – Ta’lim, ilm-fan va madaniyat bo‘yicha Islom hamkorlik tashkilotining maxsus kafedrasi, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida esa “Islom tarixi” va “Manbashunoslik” yo‘nalishlari ochildi. Barcha diniy ta’lim muassasalarida Qur’on kurslari tashkil etildi.
O‘tgan yilda fuqarolarning diniy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun 1,5 milliondan ziyod adadda kitoblar chop etildi. Milliy domenda 50 dan ziyod diniy-ma’rifiy saytlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tajribali ulamolar tomonidan onlayn tarzda savol-javoblar va diniy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish joriy etildi.
Mazkur qaror, farmoyish va me’yoriy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalardan ko‘zlangan maqsad buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy-ilmiy merosini o‘rganish, ularning asarlarida aks etgan insonparvarlik, bunyodkorlik, bag‘rikenglik va ezgulik g‘oyalarini aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, har tomonlama yetuk, bilimli, bugungi kunning chaqiriqlariga javob bera oladigan diniy soha xodimlarini tayyorlash va shu orqali yurtimizda diniy-ma’rifiy sohaning rivojini ta’minlash, mamlakatimiz barqarorligini mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizning turli sohalardagi bebaho ilmiy va ma’naviy xazinasidan jahon hamjamiyatini bahramand qilishga qaratilgan.
Prezidentimiz yurtimizning qay bir hududiga tashrif buyurmasin, o‘sha zamindan yetishib chiqqan buyuk allomalar, mutafakkir va davlat arboblarining ruhini shod etish, ularning benazir ma’naviy merosini o‘rganishga katta e’tibor qaratishi ezgu an’anaga aylandi.
Xususan, Yurtboshimiz tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida buyuk muhaddis Abu Iso Termiziy mangu qo‘nim topgan maqbarada keng ko‘lamli obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari olib borilib, muhtasham ziyoratgoh barpo etildi. Bu kabi savobli va xayrli ishlar Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi “Abu Muin Nasafiy”, Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Sulton Uvays Qoraniy”, Toshkent shahridagi “Suzuk ota” ziyoratgohlari va boshqa ko‘plab shu kabi muqaddas maskanlarda olib borilmoqda. 
2017 yilda respublikamizda ko‘plab yangi masjidlar ochildi hamda faoliyat yuritayotganlari to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Surxondaryo viloyatidagi “Qadimiy Darband”, “Oq masjid”, Jizzax viloyatidagi “Ma’rifatli”, Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad”, Toshkent shahridagi “Pul yemas ota”, “Yakkasaroy”, Toshkent viloyatidagi “O‘smat ota”, “Pusur oqsoqol”, “Usmon Zinnurayn”, “Xalqobod”, Xorazm viloyatidagi “Shayx Sharof bobo” va boshqa o‘nlab masjidlar shular jumlasidandir.
Ma’lumki, qariyalari qadrlangan yurt farovon bo‘ladi. 2017 yilda respublikamizdagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining davlat hisobidan haj ibodatini ado qilish uchun yuborilishlari faxriylar va ularning oila a’zolarida cheksiz quvonch va faxr tuyg‘ularini uyg‘otdi. Shu vaqtga qadar biror mamlakat tajribasida bo‘lmagan mazkur savobli ish haj vaqtida musulmon jahon hamjamiyati uchun haqiqiy sensatsiya bo‘lgani horijiy musulmonlar tomonidan e’tirof etildi.
2017 yilning 15 iyun kuni Prezidentimiz diniy soha vakillari va keng jamoatchilik ishtirokida “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusida o‘tkazilgan anjumanda bugungi murakkab zamonda aholimizni, ayniqsa yoshlarimizni turli yot g‘oyalarning ta’siridan asrash, jamiyatda diniy va milliy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, bu boradagi hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Aholini diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siridan asrash, ularda insonparvarlik va bunyodkorlik tamoyillariga asoslangan sof islomiy qadriyatlarni shakllantirish, turli sabablarga ko‘ra buzg‘unchi guruhlarning soxta g‘oyalariga aldanib qolgan shaxslarni sog‘lom ijtimoiy hayotga qaytarish borasidagi ishlar tubdan takomillashtirildi.
Mazkur yo‘nalishda ijtimoiy institutlar, xususan, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari, imo m-xatiblar, pedagoglar, ko‘pni ko‘rgan oqsoqollarning faoliyati taxsinga sazovordir. Amalga oshirilgan tarbiyaviy va tushuntirish ishlari asosida muqaddas dinimizning sof ta’limotlariga yot bo‘lgan turli oqim va guruhlar safiga adashib qo‘shilib qolgan, o‘z qilmishidan astoydil pushaymon bo‘lgan 16 mingdan ziyod shaxs huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning maxsus ro‘yxatidan chiqarilib, sog‘lom ijtimoiy hayotga qaytarildi. Ushbu jarayon fuqarolarimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan qabul qilindi.
Dunyoviylik va diniylik o‘rtasidagi nisbat masalasi insoniyat tarixining barcha davrlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Boshqacha aytganda, inson hayoti mazmunini tashkil qiluvchi ushbu ikki tarkibiy qism o‘rtasida murosaga erishish har qanday jamiyatning mavjud holati va istiqbolini belgilovchi bosh mezon bo‘lib kelgan.
Dinni davlatdan ajratish haqidagi g‘oya azaldan hurfikrlilik va dunyoviy tafakkur rivojiga asoslanganini ta’kidlash joiz. Ushbu hayotiy masala Markaziy Osiyo hududida mavjud bo‘lgan davlatlarda ham doimo muhim o‘rinni egallab kelgan. Bunda dunyoviylikka moyil siyosiy kuchlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi mavqei muntazam ravishda o‘sib borganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, davlat din bilan bog‘liq munosabatlarni tarixning barcha davrlarida muayyan tamoyillar asosida tartibga solishga intilgan. 
Sovet hukmronligi davrida esa dinga munosabat butunlay boshqacha tus olgan. Sovet hukumati dinning jamiyatdagi ta’sir doirasini butunlay yo‘q qilishga harakat qilgan. Bu holatni o‘sha davrdagi davlat organlarining ateistik qarashlar orqali dindorlar va diniy tashkilotlarga bo‘lgan hujumkor munosabatida ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab uning rahbariyati oldida dinga bo‘lgan munosabatni aniq va prinsipial ravishda belgilab olish zarurati tug‘ildi. O‘sha davrda davlatning dinga bo‘lgan yangicha yondashuvi O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ishonchli tarzda belgilab berildi va qonunchilikda o‘z ifodasini topdi. Jumladan, O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar Konstitutsiyamizning bir necha moddalarida mustahkamlandi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida O‘zbekistonning suveren demokratik respublika ekani ta’kidlanadi. Bu esa, O‘zbekistonning boshqaruv jihatidan respublika shakliga ega ekani, siyosiy jihatdan esa, demokratik davlat ekanini anglatadi (O‘zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi). 
Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida dinning davlatdan ajratilgani ta’kidlandi. Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”. Demak, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga davlatning biror-bir vazifalarini bajarishni yuklamaydi, ularning qonunchilikka zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. O‘z navbatida, diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi.
Shu bilan birga, diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradi. Qolaversa, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir. Demak, davlat va din munosabatlari demokratik jamiyatda, avvalo, Konstitutsiya, so‘ng esa muayyan qonunlar orqali belgilanadi va tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-, 31-, 57-, 61-moddalarida insonlar uchun boshqa huquq va erkinliklar qatorida vijdon erkinligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik erki ham kafolatlandi.
Shu bilan birga, diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilgani dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ham ta’kidlash zarur. Bu fuqarolik jamiyatida din o‘z mavqeiga ega bo‘lishini anglatadi. Bu ham Konstitutsiyamizning amaldagi ijrosidan kelib chiqadigan mantiqiy xulosalardan biridir. Aytish joizki, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, bunyodkor milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va xalqimizning haqiqiy ma’naviy surati va siyratini belgilovchi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan mehr-oqibat, hamjihatlik, o‘zaro yordam, keksalarga hurmat, sharqona odob-axloq, sharm-u hayo kabi eng oliy insoniy tuyg‘ularning tub mohiyatini anglash va ko‘z qorachig‘idek e’zozlashda aynan diniy tashkilotlar va din arboblarining roli va o‘rni beqiyosligini bugun hech kim inkor etmaydi. Aksincha, bunday bunyodkor faoliyat qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda. Buning sababi esa, Konstitusiyamizda ana shunday faoliyat uchun mustahkam huquqiy zamin yaratib berilganidadir.
Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi. 
O‘zbekistonda davlat va din munosabatlarining yana bir asosiy xususiyati bu dinning siyosatga aralashmasligidir. Zero, har qanday dinning birinchi galdagi vazifasi insonlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash hamda ibodat va marosimlar bilan bog‘liq masalalarni tartibga solishdir.
Hech qaysi din o‘zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotning barcha jihatlarini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. 
E’tirof etish lozimki, har qanday diniy e’tiqod kabi islom ham barcha davrlarda, shu jumladan, dahriylik keng targ‘ib etilgan sho‘ro tuzumi zamonida ham, ijtimoiy munosabatlar va ma’naviy-ruhiy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazib turgan muhim omillardan biri bo‘lib qolavergan. Ijtimoiy munosabatlar va ma’naviy-ruhiy hayotning uyg‘unligi esa, har qanday jamiyatning ichki siyosiy barqarorligini belgilovchi asosiy omillardan ekani sir emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, din va siyosat o‘rtasidagi muayyan bog‘liqlikni inkor etib bo‘lmaydi. Buning sababi esa islom xalqimizning ong-u shuuri va mentalitetiga chuqur singib ketganidadir. 
Bundan kelib chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, islom dini va musulmonchilik degan tushuncha bizning mintaqamiz uchun faqat o‘tmish va bugun tajribasigina bo‘lib qolmasdan, xalqimiz ma’naviyatining asosiy tarkibiy qismlaridan sanaladi. Islomning jamiyat hayotidagi roli tom ma’nodagi hurfikrlilik qaror topayotgan mustaqillik davrida o‘zini yanada yaqqolroq namoyon etayotgani ham shunday xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Biroq masalaning ikkinchi jihati ham bor: diniy omilning siyosiylashuvi jamiyat xavfsizligi va barqarorligi uchun tahdidga aylanib ketishi mumkin. Ushbu holat har qanday dinning sof e’tiqodiy masalalar chegarasidan chiqib, davlat va jamiyat qurilishi masalalariga aralashishga urinishidan boshlanadi. Shunday ekan, dinning siyosiylashuvi, diniy tashkilotlarning o‘z vazifasidan chetga chiqib, siyosatga aralashuvi davlat va jamiyat boshqaruvida beqarorlikka zamin hozirlaydi. 
Milliy o‘zlikni anglash bilan bog‘liq turfa jarayonlarni diniy qadriyatlardan ayri holda tasavvur etish amrimahol. Bizning jamiyatimiz uchun ham tabiiy bo‘lgan ushbu xususiyat, o‘zining o‘ta nozikligi barobarida xatarliligi bilan ham ajralib turadi. Mazkur ikki tushunchani bir deb qabul qilish, ularning o‘zaro nisbatini baholashda xato qilish – dinning siyosiylashuviga yo‘l ochib beradi. Shuni unutmaslik lozimki, ayrim hollarda, jamiyatdagi muayyan kuchlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishish uchun ongli tarzda aynan shunday qiladilar. 
Mustaqillikning ilk bosqichida misli ko‘rilmagan darajada faollashgan diniy guruhlarning siyosiy va hatto, harbiylashgan tashkilotlarni tuzishga qaratilgan amaliy harakatlarini eslash lozim. O‘shanda bunday guruhlar O‘zbekistonni islomiy davlat deb e’lon qilishni talab qilish darajasigacha borib yetgan edilar. Mafkuraviy markazi Farg‘ona vodiysi bo‘lgan ushbu harakat o‘z davrida mamlakatimizning boshqa mintaqalarida ham muayyan aks sado berib, umummilliy xavfsizlikka jiddiy tahdid tug‘dirganini inkor etib bo‘lmaydi. Dunyoviy-ma’rifiy davlat qurilayotgan har qanday mamlakatda diniy jarayonlar evolyutsiyasini o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. 
Dunyoviy davlat va jamiyat eng avvalo, qonun ustuvorligini taqozo etadi. “Qonun – barcha uchun barobar” degan demokratik tamoyil, shubhasiz, diniy jarayonlarga ham taalluqlidir. Konstitutsiyaning 15-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar”, deya ta’kidlanadi.
Davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarda ta’lim bilan bog‘liq jihatlarga ham e’tibor qaratish lozim. O‘zbekiston davlat ta’lim tizimini har qanday diniy konfessiyalarning ta’siridan xoli bo‘lishini belgilagan. Unga ko‘ra, respublikada davlat ta’lim tizimi (maktab)ning har qanday konfessiya yoki diniy e’tiqod ta’siridan xoli, shu bilan birga, diniy e’tiqodga ham qarshi emas. Bu esa, davlat ta’lim tizimida diniy fanlarning ta’lim dasturlariga kiritilmasligini anglatadi. Chunki O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarning e’tiqodiy qarashlaridan kelib chiqib muayyan toifalarga ajaratilmagan. Shunday ekan, bir sinfda islom yoki boshqa turli dinlarga e’tiqod qiluvchi o‘quvchilar bilan birga ateistik qarashdagi dahriy fuqarolar ham o‘qishi mumkin. Bunday vaziyatda diniy fanlarni o‘qitish bilan bog‘liq o‘ziga xos muammolarning kelib chiqishi tabiiy. 
Bundan tashqari, O‘zbekistonda davlat va din munosabatlaridagi yana bir qoida diniy tashkilotlar faoliyatining davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanmasligidir. Bu masala “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida “Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatini moliyalashtirmaydi va dinga e’tiqod qiluvchilarning din bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqoratlaydigan faoliyatga yo‘l qo‘ymaydi” degan qoida asosida qonuniylashtirilgan.


Adabiyotlar:
1. Karimоv I.A. O`zbekistоn buyuk kelajak sari. - T.: O`zbekistоn, 1998.

2. Karimоv I.A. Tariхiy хоtirasiz kelajak yo`q. «Mulоqоt», 1998, №5.


3. Karimоv I.A. Barkamоl avlоd-O`zbekistоn taraqqiyotining pоydevоri. /Islоm Karimоv. Хavfsizlik va barqarоr taraqqiyot yo`lida: T.6-T.: O`zbekistоn, 1998.
4. Karimоv I.A. O`zbekistоn XXI asrga intilmоqda. - T.: O`zbekistоn, 1999.
5. Karimоv I.A. Milliy istiqlоl mafkurasi – хalq e’tiqоdi va buyuk kelajakka ishоnchdir: «Fidokor» gazetasi muхbiri savоllariga javоblar. T., O`zbekistоn 2000.
Download 401.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling