Davlat va huquq tizimida din omili


Download 101 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2023
Hajmi101 Kb.
#1144905
1   2
Bog'liq
Davlat va huquq tizimida din omili

Kiritilgan o ’ zgarishlar nimalardan iborat edi?

Xulosa

Jumladan, Qonunning 8-moddasiga asosan, diniy tashkilotlar 18 yoshga to’lgan va respublika hududida 100 nafardan kam bo’lmagan O’zbekiston fuqarolari tashabbusi bilan tuzilishi muayyan konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va yo’naltirib borish uchun ularning respublika bo’yicha yagona markaziy boshqaruv organi tuzilishi mumkinligi haqidagi qoida mustahkamlab qo’yildi.
Shuningdek, tegishli diniy ma’lumotga ega bo’lgan O’zbekiston fuqarolari diniy tashkilotlarning rahbarlari etib saylanishlari, bunday lavozimga istisno holatda xorijiy fuqarolar nomzodlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita bilan kelishib olinishi belgilab qo’yildi.
Qonunnimg 9-moddasiga muvofiq diniy tashkilotlaming markaziy boshqaruv organlari ruhoniylar va o’zlariga zarur bo’lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o’quv yurtlari tuzishga haqlidir.
Qonunning 5-moddasida bir konfessiyadagi dindorlami boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi.
Ushbu moddaning mazmuni va ahamiyatini tushunish uchun missionerlik va prozelitizm nima ekanini bilib olish kerak. Missionerlik — bu boshqa diniy e’tiqodga ega bo’lgan shaxsni o’z diniga og’dirib olishlik bo’yicha diniy tashkilotlar vakillari tomonidan amalga oshiriladigap faoliyat. Prozelit — bu o’z dinidan kechib, boshqa dinga o’tgan odam.
Qonunning 16-moddasiga asosan: «Diniy tashkilotlar uchun er ajratish hamda ibodat binolari qurish tegishli ravishda Qoraqalpog’istoi Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi».
Qonunning diniy adabiyotlarga tegishli bo’lgan 19-moddasi ham bir qadar o’zgartirildi: «Diniy tashkilotlaming markaziy boshqaruv organlari diniy maqsadlarga mo’ljallangan buyumlar, Diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot materiallarini O’zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlarida belgilangai tartibda ishlab chiqarishga, eksport va import qilishga hamda tarqatishga haqdidir». Mazkur qoida O’zbekiston hududiga diniy adabiyotlaming olib kirilishini tartibga soladi.

.


Foydalanilgan adabiyotlar


1.O`zbekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi T. 2008y.
2.Karimov Ozod va obod Vatan, Erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T. 2000 y.
3.Karimov Adolat – Qonun ustuvorligida. T. 2001 y.
4.Saidov A. Tojixonov U. Odilkoriеv X. Davlat va huquq asoslari. Darslik. T. 2002 y.
5.Islomov Z. Mirhamidov M. Huquqshunoslik. T. 2002 y.
6.Davlat va huquq nazariyasi.T, 2000 y.
7.Yoqubov J.Huquqshunoslik.Darslik.2006 y.
Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling