Davlat va huquq tushunchasi
HUQUQ NORMASI TUSHUNCHASI
Download 305.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Davlat va huquq tushunchasi
HUQUQ NORMASI TUSHUNCHASI
«Norma» so'zi lotinchadan tarjima qilinganda «qoida», «namuna» ma’nosini anglatadi. Huquq normasi — davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidasi.
Huquq normasi, tuzilishiga ko‘ra, uch tarkibiy qism: gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan tashkil topgan. Gipoteza — huquq normasining tarkibiy qismi bo‘lib, unda norma amal qila boshlaydigan, bajariladigan sharoit bayon etiladi. Misol uchun, pensiya haqidagi qonunga ko'ra, 0‘zbekiston Respublikasida erkaklarga umumiy mehnat staji 25-yil bo‘lganidan so‘ng 60 yoshdan, ayollarga esa 20 yillik staj bilan 54 yoshdan boshlab sotsial ta’minot bo‘limlari tomonidan pensiya to'lanadi.
qoidalarining o‘zi ifodalanadi, huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilab beriladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 223-moddasida belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O'zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan o'tish uchun javobgarlik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi — hukumatning ruxsatisiz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib, yoinki, buning uchun belgilangan chegara punkti orqali o'lmay, davlal chegarasidan noqonuniy o'tishning taqiqlanganligidir. Dispozitsiya — shu xulq-atvor qoidasining o‘zi. Masalan, 0‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq, ota-onalar o‘z farzandlarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar. Huquq normasining huquqbuzarga nisbatan qo‘llanishi lozim boigan davlat majburlov choralarini belgilaydigan tarkibiy qismi sanksiya deyiladi. Sanksiya — huquq normasini bajarmaganlik uchun davlat organlari qo'llaydigan majburlov chorasi. Sanksiyaning turlari hayfsan, jarima, ozodlikdan mahrum etish va boshqalar bo‘lishi mumkin.
5
Sanksiyalarni mutlaq aniq, nisbiy va muqobil sanksiyalarga ajratish mumkin. Mutlaq aniq sanksiya huquqbuzarga nisbatan qo'llaniladigan jazoning hajmini aniq belgilaydi. Masalan, Fuqarolik kodeksiga ko'ra, davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar to'laligicha qoplanishi shart. Nisbiy aniq sanksiya huquqbuzarga nisbatan qollaniladigan jazoning eng kam va eng ko‘p chegarasini belgilaydi. Jinoyat huquqida bunday sanksiyalar ko‘p. Masalan, bosqinchilik jinoyati besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (JKning 164-moddasi). Muqobil sanksiya sudga qonunda ko'rsatilgan bir necha jazodan birini tayinlash imkonini beradi. Masalan, firibgarlik, agar u og'ir oqibatlarga olib kelmagan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi (JKning 168moddasi). Ko‘pincha huquq normalari muqobil va nisbiy aniq sanksiyalarning belgilarini o'zida mujassamlashtiradi, ya’ni bir necha jazo turlarini nazarda tutadi. Bunda ularning har biri uchun eng ko‘p va eng kam chegara belgilanadi. Huquq normalarining mazkur tarkibiy qismlari barcha huquq normalarida ham mavjud emas. Masalan, konstitutsiyaviy huquq normalarida odatda hech qanday shartlarsiz amal qiladigan va majburlov choralari nazarda tulilmagan qoidalar bayon etiladi. Fuqarolik huquqining ko‘pchilik qoidalarida sanksiyani ajratib ko'rsalish mumkin emas. Jinoyal huquqi normalari dispozitsiya va sanksiyadan tashkil topgan. Lekin ularda normaning matnida ajratib ko‘rsatish mumkin boigan gipotezalar yo'q. Shunday qilib, huquq normasi quyidagilarni belgilab beradi: - kim, nimani va qachon qilishi kerakligini (gipoteza); - huquqiy normaning ma’no-mazmunini (dispozitsiya); - huquq normasi bajarilmasligining oqibatlari qandayligini (sanksiya). Ta’kidlash kerakki, barcha huquq normalari ham uchala tarkibiy qismga ega emas. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari faqat gipoteza va dispozitsiyaga ega. Sanksiyalar esa Konstitutsiya normalarini aniqlashtiruvchi qonunlar, kodekslar va shu kabilarda ifodalangan. Download 305.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling