Davlat va huquq tushunchasi
Download 305.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Davlat va huquq tushunchasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAVLAT FUNKSIYASI TUSHUNCHASI
1
Davlat — bu suverenitetga, boshqaruvning hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishning maxsus apparatiga ega bo'lgan, shuningdek, huquq normalari (qoidalari)ni yaratishga qodir bo'lgan siyosiy tashkilot. Davlat — hokimiyatning bosh instituti hisoblanadi. Hokimiyat davlat orqali o'z siyosatini amalga oshiradi. DAVLAT FUNKSIYASI TUSHUNCHASI «Funksiya» so‘zi lotinchadan tarjima qilinganda «yo‘nalish», «faoliyat» ma’nolarini beradi. SHuning uchun davlatning funksiyasi haqida gap ketganda, davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish nazarda tutiladi. Ya’ni, yangitdan tashkil topgan davlat o‘zining rivojlanishi bosqichlarida birinchi navbatda nima qilmog‘i, davlat organlari va tashkilotlari o‘z e’tiborini nimalarga qaratmog‘i lozimligi aniqlab olinishi kerak. Davlat funksiyalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: – faoliyat doirasiga ko‘ra; – harakatning davomiyligiga ko‘ra; – ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra; – amalga oshirish shakllariga ko‘ra. Davlat funksiyalari faoliyat doirasiga ko‘ra ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi. Ichki funksiyalar davlatning mamlakat ichidagi faoliyatini, tashqi funksiyalar esa, mamlakat tashqarisida olib boriladigan faoliyatni anglatadi, unda boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda davlatning roli namoyon bo‘ladi. Har qanday davlatning ichki va tashqi funksiyalari bir-biri bilan chambachas bog‘liqdir. CHunki, boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlar yo‘lini belgilovchi tashqi siyosat ham ko‘p jihatdan mayyan davlat amal qilishining ichki shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Davlatning ichki funksiyalari mamlakat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo'nalishlaridir. Ichki funksiyalariga quyidagilar kiradi: - regulyativ (tartibga solish, boshqarish); - qo'riqlash (saqlash, muhofaza qilish). 1. Regulyativ funksiya davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi o'rnini belgilaydi: I) iqtisodiy: - iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va jamiyat iqtisodiy hayotiga ta’sir etish; - iqtisodiyotning davlat sektorini boshqarish; - bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini o'rnatish va narx- navo siyosatini belgilash; 2
2) ijtimoiy: - ijtimoiy boylikni taqsimlash; - aholining eng kam muhofazalangan qismini (nogironlar, ko'p bolali oilalar, ishsizlar) himoya qilish, pensiya ta’minoti kabilarni tashkil etish; - sog'liqni saqlash, madaniyatni rivojlantirish, jamoat transportini tashkil etish, uy- joy qurish va hk. 3) siyosiy: - fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish; - qonuniylikni va huquqiy tartibotni ta’minlash; - barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni ta’minlash: 4) ma’naviy: - san’atni qo'llab-quvvatlash; - milliy madaniyatni rivojlantirish; - jamiyatning ma’naviy-axloqiy sog'lomligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish; 5) moliyaviy: - soliq to'plash; - bojxona nazorati; - bevosita moliyaviy nazoratning o'zi. 2. Qo'riqlash funksiyasi davlatning huquq bilan mustahkamlangan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash va himoya qilishga qaratilgan quyidagi faoliyatini taqozo etadi: - fuqarolar huquq va erkinliklarini muhofaza qilish; - tabiatni muhofaza qilish; - barcha shakllardagi mulklarni himoya qilish; - huquqni muhofaza qilish. Tashqi funksiyalar — davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo'nalishlari. 1. Xalqaro hamkorlik: tashqi siyosiy faoliyat; tashqi iqtisodiy faoliyat. 2. Mudofaa va milliy xavfsizlikni ta’minlash. Xalqaro hamkorlik har qanday davlat uchun hayotiy zaruratdir Harakatning davomiyligiga ko‘ra, davlat funksiyalari doimiy va vaqtinchalik funksiyalarga bo‘linadi. Davlatning doimiy funksiyasi davlat tomonidan muntazam ravishda amalga oshirib boradigan funksiyalar kiradi. Masalan, davlatlar iqtisodiy funksiyani, ijtimoiy funksiyani doimiy ravishda amalga oshiradilar. Davlatning vaqtincha amalga oshiradigan funksiyasiga davlatning ma’lum bir rivojlanishi bosqichida amalga oshiradigan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari kiradi. Hozirgi vaqtda davlatning vaqtinchalik funksiyasiga davlatning favqulotda holat e’lon qilingan davrdagi funksiyasini kiritish mumkin. Davlat funksiyalari ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra asosiy va asosiy bo‘lmagan 3
funksiyalarga ajratiladi. Davlatning asosiy funksiyasi har bir davlatning mohiyatidan kelib, taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun olib boradigan faoliyatining asosiy yo‘nalishidir. Davlatning asosiy bo‘lmagan funksiyalari esa davlat o‘z oldiga qo‘ygan bosh maqsadga erishish uchun olib boradigan faoliyatida bajarishi lozim bo‘lgan alohida-alohida vazifalaridir. Yа’ni, davlat asosiy funksiyasini amalga oshirish chog‘ida, asosiy bo‘lmagan funksiyalarni ham amalga oshiradi. Qisqa kilib aytganda, davlatning asosiy bo‘lmagan funksiyalarining yig‘indisi «davlatning asosiy funksiyasi» tushunchasini beradi. Davlat funksiyalarini amalga oshirish ma’lum bir shakl va usullarda olib boriladi. Davlatning funksiyasini amalga oshirish shakllari ishontirish, majbur qilish,
Download 305.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling