Huquqiy normalarning turlari. Huquqiy normalarni ular mazmunidagi
qoidalarning xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: vakolat beruvchi,
majburiyat yuklovchi, taqiqlovchi, imperativ (buyruq beruvchi) va dispozitiv
(toidiruvchi).
Vakolat beruvchi normalar — ruxsat mazmunidagi normalar bolib, nimalarni qilish
mumkinligini belgilaydi.
Majburiyat yuklovchi normalar — nimalarni qilish zarurligini belgilovchi normalar.
Taqiqlovchi normalar — nima qilish mumkin emasligini belgilovchi normalar.
6
Qonun — umumxalq ovoz berishi (referendumi) orqali yoki mamlakatning oliy
vakillik organi (parlament) qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjat.