Davlat va huquq
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
davlat va huquq nazariyasi
huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan
belgilanadi. Huquq, avvalo, jamiyat hayotining turli jabhalariga – iqtisodiyotga, siyosatga, ijtimoiy sohaga, madaniy-ma’naviy munosabatlarga ta’sir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy mazmundagi umumijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Huquq funksiyalari quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: – birinchidan, huquq funksiyalari huquqning mohiyatidan kelib chiqadi va uning jamiyatdagi vazifasi bilan belgilanadi. Funksiya – huquq mohiyatining ijtimoiy munosabatlar mazmunida namoyon bo‘lishi (yoritilishi)dir; – ikkinchidan, huquq funksiyalari – ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishning shunday yo‘nalishlariki, ularni amalga oshirish ehtiyoji huquqning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi zaruriyatidan kelib chiqadi; – uchinchidan, funksiyalar huquqning eng muhim, jiddiy sifatlarini ifoda etadi va jamiyat rivojining hozirgi bosqichida huquq oldida turgan tub vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi; – to‘rtinchidan, huquq funksiyalari uning ijtimoiy munosabatlar muayyan turini tartibga soluvchi faol harakatining yo‘nalishini aks ettiradi. Shu bois huquq funksiyalarining muhim belgilaridan biri uning ta’sirchanligi, jo‘shqinligi, harakatlanishidir; – beshinchidan, huquq funksiyalari doimiylik xususiyatiga ega, bu ularning uzluksizligi, cheklanmagan muddat davomida harakatlanishini anglatadi. Huquq funksiyalarini sof yuridik nuqtayi nazardan ikki turga ajratish mumkin: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qo‘riqlovchi) funksiyalar. Huquqning regulyativ funksiyasi jamiyat a’zolari yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini o‘rnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni yuridik jihatdan tashkillashtirishdan, 124 insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni uyg‘unlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Bu funksiya doirasida huquqiy ta’sirning yana ikki yo‘nalishi haqida gapirish mumkin: huquqning regulyativ-statik va regulyativ-dinamik funksiyalari. Huquqning regulyativ-statik, ya’ni tartibga soluvchi – mustahkamlovchi funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga, ularning mavjud holatini, erishilgan darajasini mustahkamlashga, barqarorlashtirishga qaratilgan ta’sir etishi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarni u yoki bu huquqiy institutlar shaklida mustahkamlanishi huquqiy tartibga solishning maqsadlaridan biridir. Ushbu funksiya turli subyektlarning huquqiy maqomini belgilashda, masalan, inson va fuqaroning asosiy huquq hamda erkinliklarini mustahkamlashda, davlat idoralari va mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilashda, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqdorligini belgilashda namoyon bo‘ladi. Huquqning mazkur funksiyasida uning tabiati nihoyatda yaqqol aks etadi. Zero, bu funksiya orqali fuqarolar va tashkilotlarga huquqiy vakolatlar beriladi, ular shu vakolatlar doirasida erkin, o‘z istaklariga ko‘ra faoliyat yuritadilar. Bu chegara qanchalik kengaysa, insonlar shunchalik erkin harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Huquqning tartibga soluvchi-mustahkamlovchi funksiyasi vakolat beruvchi va man etuvchi normalar orqali amalga oshadi, shu bois ular asosida vujudga keladigan munosabatlar aksariyat hollarda passiv huquqiy munosabatlar toifasini tashkil etadi. Lekin bunday holatlarda huquq subyektlari o‘zlari tashabbus ko‘rsatib huquqiy faollik qilishlari ham mumkin. Huquqning regulyativ-dinamik, ya’ni tartibga soluvchi – rivojlan- tiruvchi funksiyasi deganda, huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etib, ularning kelgusidagi rivojlanishini, o‘zgarishi hamda takomillashuvini belgilab berishi tushuniladi. Bu yerda huquq ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyotini, harakatlanishi (dinami- kasi)ni rasmiylashtiradi. Mazkur funksiya majburiyat yuklovchi normalar vositasida amalga oshiriladi. Masalan, qonunchilik hujjatlari bilan fuqarolar zimmasiga qator majburiyatlar yuklatiladi: soliqlarni to‘lash, harbiy burchni ado etish, mehnat intizomiga rioya qilish, shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish va hokazolar. Tartibga soluvchi-rivojlantiruvchi funksiyasi faol toifadagi 125 huquqiy munosabatlar shaklida ro‘yobga chiqadi. Bular fuqarolik, mehnat, ma’muriy, moliya va boshqa huquq sohalarining institutlarida o‘z aksini topadi. Huquqning tartibga soluvchi funksiyasini amalga oshirishda keng tarqalgan usullar quyidagilardan iborat: – huquq normalari vositasida fuqarolarning huquqiy-muomala layoqatini belgilash; – fuqarolarning huquqiy maqomini belgilash (mustahkamlash) va o‘zgartirish; – davlat idoralarining huquq va majburiyatlarini hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilash; – yuridik shaxslarning huquqiy holatini mustahkamlash; – huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik faktlarni belgilash; – huquq subyektlari o‘rtasida muayyan huquqiy aloqani o‘rnatish (tartibga solinuvchi huquqiy munosabatlar); – aniq ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib, huquqiy tartibga solishning oqilona turini belgilash. Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarga asoslanib, huquqning regulyativ funksiyasini shunday ta’riflash mumkin. Huquqning regulyativ (tartibga soluvchi) funksiyasi – huquqning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan bo‘lib, u xulq-atvorning ijobiy qoidasini o‘rnatishga, jamiyat, davlat va fuqarolar manfaatlariga oid munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida huquq sohiblariga subyektiv huquqlar berish va yuridik majburiyatlarni yuklashda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy munosabatlarni qo‘riqlash zaruriyati har doim mavjud bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi. Huquq hamisha ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etish vositasi bo‘lib kelgan. Huquqiy ta’sirning bu yo‘nalishi huquqning qo‘riqlovchi funksiyasini tashkil etadi. Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi – uning ijtimoiy vazifasiga mos huquqiy ta’sir etish yo‘nalishi bo‘lib, u umumiy ahamiyat kasb etuvchi o‘ta muhim iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladi va shu bilan birga, jamiyatga yot, zararli munosabatlarni hayotdan siqib chiqarishga qaratiladi. Qo‘riqlovchi funksiyaning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 126 – birinchidan, u huquqni kishilar xulq-atvoriga ta’sir etishning alohida vositasi sifatida ta’riflaydi. Huquq bu vazifani jazo qo‘llash, taqiqlar o‘rnatish va yuridik javobgarlikni amalga oshirish yo‘li bilan insonlar irodasiga ta’sir o‘tkazish orqali bajaradi; – ikkinchidan, unda davlat huquqiy qoidalar vositasida qanday ijtimoiy qadriyatlarni o‘z himoyasiga olganligi to‘g‘risidagi axborot ijtimoiy munosabat subyektlariga yetkaziladi; – uchinchidan, u jamiyatning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasining, huquqdagi insonparvarlik asoslarining ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi. Huquqning qo‘riqlovchi funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda aniqroq namoyon bo‘ladi. Tegishli davlat idoralari huquq subyektlari tomonidan qonun talablari so‘zsiz bajarilishini ta’minlaydi, jamiyatda qonuniylik muhitini vujudga keltiradilar. Bu huquq buzilishi faktini aniqlash, ularni tergov qilish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan ta’minlanadi. Shunday qilib, huquqning qo‘riqlovchi funksiyasi – huquqning bevosita harakatlanishi bo‘lsa, davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati huquq talablariga rioya qilishning moddiy kafolatidir. Bunda maxsus idoralar (IIV organlari, prokuratura, sud)ning huquqni qo‘riqlashga qaratilgan faoliyati maydonga chiqadi. Bundan tashqari, qo‘riqlovchi funksiya ijtimoiy munosabatlarni himoyalashga yo‘naltirilgandir. 127 X BOB. HUQUQIY MUNOSABATLAR 1-§. Huquqiy munosabatlarning tushunchasi, tuzilishi va turlari Kishilar o‘rtasidagi ko‘pdan-ko‘p munosabatlarning ma’lum bir qismini huquqiy munosabatlar tashkil qiladi. Ijtimoiy munosabatlarga huquq vositasida ta’sir etish masalasi davlat va huquq nazariyasi fanida muhim ahamiyat kasb etadi. Huquq normalari yordamida tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deb ataladi. Huquq normalari huquqiy munosabatlar orqali amalga oshadi, hayotga tatbiq etiladi. H u q u q i y m u n o s a b a t – o‘zaro subyektiv huquq va majburiyatlar bilan bog‘langan shaxslar (ya’ni, fuqarolar va yuridik shaxslar) o‘rtasidagi aloqalar bo‘lib, ular huquq normalari va yuridik faktlar asosida kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, huquqiy munosabatlar – kishilar o‘rtasidagi yuridik mazmundagi aloqalardir. Bunday munosabatlarda kamida ikki tomon ishtirok etadi. Biri – huquq egasi, ikkinchisi – m a j b u r i y a t o ‘ t o v c h i t o m o n . H u q u q i y m u n o s a b a t l a r ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari bir-biriga mos, ya’ni teng bo‘lishi kerak. Har doim huquq egasi bo‘lgan shaxs qarshisida majburiyat o‘tovchi shaxs gavdalanadi. Masalan, ishga qabul qilish bilan bog‘liq mehnat huquqiy munosabatini olaylik. Bunda ishga qabul qilingan shaxs (xodim) zimmasida ma’lum vazifalarni bajarish majburiyati bo‘ladi; korxona rahbari (ma’muriyati)da esa mehnatga yarasha ish haqi to‘lash majburiyati (bu ayni vaqtda huquq hamdir) paydo bo‘ladi. Shuningdek, ikkala tomon ham qonunda belgilangan qator huquqlardan foydalanadilar. Huquqiy munosabatlar quyidagi xususiyat va maxsus belgilar bilan tavsiflanadi: 1. Huquqiy munosabat – ijtimoiy tusdagi munosabat, ya’ni insonlar o‘rtasidagi munosabat bo‘lib, bu ularning faoliyati, xulq- atvori bilan bevosita bog‘liqdir. Masalan, mulkdor buyumga nisbatan ma’lum huquqlarga ega. Biroq bu huquqlar kundalik hayotda amalga oshishi uchun mulkdor mazkur buyum ustidan boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishi lozim. Xususan, mulkdor shaxs buyumni boshqa kishiga sotishi, o‘zining mulkdan 128 foydalanish huquqini birovga o‘tkazishi, mulkni hadya qilishi mumkin. Ayni paytda, ulardan o‘zining mulk huquqiga rioya etishlarini talab qila oladi. Huquqiy munosabat har qanday ijtimoiy munosabat kabi insonlarning ongli faoliyati natijasidir. Odatda, huquqiy aloqalar kishilarning ongli va oqilona faoliyati natijasi hisoblanadi. Huquqiy munosabat ijtimoiy munosabatning maxsus ko‘rinishi sifatida rang-barang, hayotning butun borlig‘i va boyligi bilan uzviy bog‘liq hamda mazmunan u bilan belgilanadi. Har qanday ustqurma hodisa kabi huquqiy munosabatlar ham moddiy (iqtisodiy) munosabatlarga tayanadi. Bu fikrga yana shuni qo‘shimcha qilish mumkin: huquqiy munosabatlar, nafaqat, iqtisodiy munosabatlarga, balki hayotda huquqning mavjud bo‘lishini taqozo etadigan barcha holatlarga ham tayanadi. Huquqiy munosabatlarni ta’riflaganda hamisha e’tibor beriladigan muhim sifatlardan biri ularning mafkuraviy tabiatidir. Mafkuraviylikni sobiq totalitar tuzumdagi sinfiylik bilan aralashtirib yubormaslik lozim. O‘z mohiyatiga ko‘ra, mafkura ijtimoiy-siyosiy hayotga oid turli qarashlar, fikrlar va nazariyalar tizimidir. Masalan, erkin bozor va tadbirkorlik munosabatlariga o‘tish – mafkuradir; davlat va jamiyatning dinga munosabati ham mafkura; aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish ham mafkura va h.k. Shuningdek, huquq va unga mos huquqiy munosabatlar hamisha mafkuraviy hodisalar bo‘lib qolaveradi. Mafkuraviylikning yana bir xususiyati shundaki, huquqiy munosabatlar avvalambor kishilar ongi orqali o‘tib (huquqiy ong sifatida mavjud bo‘lib), so‘ng real voqelikka aylanadi. 2. Huquqiy munosabat – huquq normalarining insonlar xulq- atvoriga ta’siri natijasida vujudga keladigan munosabat. Huquq normasi bilan huquqiy munosabat o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Hayotda faqat yuridik normalarda nazarda tutilgan huquqiy munosabatlargina mavjud bo‘ladi. Kishilar o‘rtasidagi muayyan munosabatlarga huquqiy norma qo‘llanilgach, ular huquqiy munosabatlarga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini ixtiyoriy hodisa emas, balki qonuniyatli jarayon deb tushunish lozim. Buning sharti shuki, 129 huquqiy normalar tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlardan, huquqiy voqelikdan bevosita kelib chiqishi kerak. 3. Huquqiy munosabat – bu kishilarning o‘zaro subyektiv huquqlar va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalaridir. Bu ijtimoiy aloqaning alohida shakli. Ya’ni, huquq normalari bilan mustahkamlangan huquq va majburiyatlar orqali amalga oshadigan aloqadir. Subyektiv huquq egasi – huquqdor, vakolatli shaxs; yuridik majburiyatlar egasi – majburiyat o‘tovchi shaxsdir. Har qanday huquqiy munosabatda huquqdor shaxs qarshisida majburiyat o‘tovchi shaxs (inson, tashkilot, davlat idorasi) hozir b o ‘ l a d i . X u d d i s h u m a ’ n o d a h u q u q i y m u n o s a b a t individuallashgan (ya’ni, shaxsi aniqlangan) aloqa hisoblanadi. 4. Huquqiy munosabat – irodaviy munosabatdir. Ma’lumki, huquqiy normalarda davlat irodasi ifoda etiladi. Shu bilan b i r g a h u q u q i y m u n o s a b a t v u j u d g a k e l i s h i u c h u n u n i ishtirokchilarining ham istagi, xohishi talab qilinadi. Shunday huquqiy munosabatlar borki, ularning vujudga kelishi uchun barcha ishtirokchilar istak- irodasi bayon etilishi lozim. Aytaylik, nikohga kirayotgan har ikki tomon o‘z xohishini bildirishi lozim yoki oldi-sotti munosabati sotuvchi bilan xaridor xohish-irodasi tufayligina amalga oshishi mumkin. Ba’zi huquqiy munosabatlarda bir tomon iroda bayon etsa yetarli hisoblanadi. Bunday huquqiy munosabatlar, masalan, ma’muriy ishlar yoki huquqni muhofaza etuvchi idoralar amri bilan qo‘zg‘atiladigan jinoyat ishlari bo‘lishi mumkin. 5. Huquqiy munosabat – davlat tomonidan qo‘riqlanadigan munosabatdir. Yuridik normalarda davlat irodasi va jamiyat manfaatlari aks ettirilganligi bois davlat ularning talablari to‘la- to‘kis bajarilishini nazorat qilib boradi. Huquqiy qoidalar ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda davlatning majburlash kuchi ishga tushiriladi. Davlat huquqni qo‘riqlash orqali, ayni vaqtda, huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlarni ham qo‘riqlaydi. Huquqiy munosabatlar davlat tomonidan maxsus tarzda qo‘riqlanishi bilan ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlaridan farq qiladi. Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan huquqiy munosabatlar tizimi jamiyatdagi huquqiy tartibotning asosini tashkil etadi. 130 Shunday qilib, huquqiy munosabat – bu huquqiy normalarning kishilar xatti-harakati, xulq-atvoriga ta’sir etishi oqibatida vujudga keladigan, davlat tomonidan qo‘riqlanadigan hamda uning ishtirokchilarida subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlardir. Jamiyat hayotida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar nihoyat darajada turli-tumandir. Ularni bir qancha mezonlar asosida tasniflash mumkin. Huquqiy munosabatlarni quyidagi mezonlar asosida guruhlash, turlarga ajratish, ya’ni tasniflash maqsadga muvofiq: 1. Huquq sohalariga ko‘ra, ya’ni huquq normalarining muayyan huquq sohasiga tegishliligiga qarab, huquqiy munosabatlar quyidagi turlarga bo‘linadi: davlat-huquqiy ( k o n s t i t u t s i y a v i y ) m u n o s a b a t l a r ; f u q a r o v i y - h u q u q i y munosabatlar; jinoiy-huquqiy munosabatlar; mehnat-huquqiy munosabatlari; moliyaviy-huquqiy munosabatlar va h.k. Shuningdek, mazkur tasniflash doirasida moddiy va protsessual huquqiy munosabatlar; xususiy-huquqiy hamda ommaviy- huquqiy munosabatlar haqida gapirish lozim. 2. Huquqiy munosabatlar o‘z mazmuniga ko‘ra, tartibga soluvchi (regulyativ) va qo‘riqlovchi (negativ) turlarga ajratiladi. Bu yerda tasniflash mezoni – huquqning dinamik va statik funksiyalari, ya’ni tartibga soluvchi funksiyasidir. Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar huquq subyektlarining mo‘tadil xulq-atvorlari, ya’ni huquqqa muvofiq xatti-harakatlari natijasida yuzaga keladigan munosabatlardir. Qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar – huquqni buzish sodir etish va buning uchun jazo tarzida davlat majburlov chorasini qo‘llash zaruriyati asosida kelib chiqadigan munosabatlardir. 3. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari tengligi yoki hokimlik – bo‘ysunish tarzidaligiga qarab bu munosabatlar farqlanadi. Tomonlar huquq va majburiyatlarining tengligiga asoslangan huquqiy munosabatlar, masalan, fuqaroviy-huquqiy, oilaviy-huquqiy munosabatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Hokimlik va itoat etish (ya’ni, avtoritar) mazmunidagi huquqiy munosabatlar, jumladan, jinoiy- huquqiy, ma’muriy-huquqiy munosabatlar shaklida bo‘ladi. 131 Bunda bir taraf ko‘proq huquqqa, hokimiyat vakolatlariga ega. Ikkinchi taraf esa itoat holatida bo‘lib, asosan majburiyat o‘taydi. 4. Adabiyotlarda kompleks (majmuiy) huquqiy munosabatlar haqida ham gapiriladi. Bunday munosabatlar uzoq davom etuvchi, nisbatan turg‘un, murakkab tarkibli bo‘lib, ulardagi o‘zaro huquq va majburiyatlar ko‘p qirraliligi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu turdagi munosabatlarga er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar yoki korxona ma’muriyati bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlar va boshqalar misol bo‘la oladi. Kompleks huquqiy munosabatlar o‘z navbatida bir necha oddiy huquqiy munosabatlarga bo‘linadi. Majmuiy huquqiy munosabatlar ularning tarkibiga kiruvchi oddiy huquqiy munosabatlardan o‘zining vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi asoslariga ko‘ra farq qiladi. 5. Huquqiy munosabatlar umumiy va konkret, mutlaq va nisbiy turlarga ham bo‘linadi. Umumiy huquqiy munosabatlar deganda, avvalo, fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va majburiyatlarini mustahkamlovchi konstitutsiyaviy normalar asosida vujudga keluvchi munosabatlar tushuniladi. Fuqarolar qonunda nazarda tutilgan vakolatlarga ega bo‘lgach, u yoki boshqa barcha huquq subyektlari bilan huquqiy aloqadorlikda hisoblanadilar. Basharti, mazkur huquq va erkinliklar amalga oshirilsa, konkret huquqiy munosabat vujudga keladi. Aniq (konkret) huquqiy munosabatlar jinoyat, fuqarolik, mehnat, oila, soliq, uy-joy va boshqa kodekslar maxsus qismidagi moddalar qo‘llanishi asosida kelib chiqishi mumkin. Bunda qonunda mustahkamlangan konkret huquqning ta’minlanishi uchun muayyan subyekt tegishli yuridik majburiyatni ado etadi. Mutlaq huquqiy munosabatlarda bir taraf aniq ma’lum bo‘ladi – bu subyektiv huquq egasidir. Qolgan barcha subyektlar majburiyat o‘tovchi tomon bo‘ladilar, ya’ni vakolatli shaxs subyektiv huquqlarni amalga oshirilishiga qarshilik qilmasliklari lozim. Bunday huquqiy munosabatga mulkchilik munosabatlari misol bo‘ladi. Nisbiy huquqiy munosabatlarda barcha ishtirokchilar (taraflar) aniq belgilangan bo‘ladi, ya’ni huquq egasi ham, majburiyat o‘tovchi tomon ham ma’lum bo‘ladi. Masalan, sotuvchi va 132 xaridor, buyurtmachi va pudratchi, ma’muriyat rahbari va xodim. Huquqiy munosabatlar o‘z ichki tuzilishiga ko‘ra quyidagi tarkibiy qismlar (elementlar) dan iborat: a) huquqiy munosabatlarning subyektlari (ishtirokchilari); b) huquqiy munosabatlarning obyekti; d) huquqiy munosabatning mazmunini tashkil etuvchi subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar. 2-§. Huquqiy munosabatlarning subyektlari Huquqiy munosabat, avvalambor, insonlar (insonlar jamoasi) o ‘ r t a s i d a g i a l o q a , b o g ‘ l a n i s h , m u n o s a b a t b o ‘ l i b , o ‘ z ishtirokchilariga, taraflariga ega. Har qanday munosabat ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasidagi bog‘lanish, muloqot sifatida talqin etiladi. Tegishli subyektlarning mavjud bo‘lishi huquqiy munosabatlar amalga oshishining muqarrar sharti hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar subyektlari – bu huquqiy normalar tufayli muayyan munosabatlar ishtirokchisi hamda subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar egasi bo‘lgan insonlar yoki tashkilotlardir. Ushbu ta’rifdan ma’lum bo‘lishicha, huquqiy munosabat subyektlari ikki toifaga bo‘linadi: insonlar (jismoniy shaxslar) va tashkilotlar (jamoaviy subyektlar). Jismoniy shaxslarga tegishli davlatning fuqarolari, shu mamlakat hududida turgan xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi. Huquqning jamoaviy subyektlariga turli-tuman davlat va nodavlat idoralar hamda tashkilotlar, shuningdek, davlatning o‘zi ham kiradi. Jamoaviy subyektlar sifatida ba’zan ijtimoiy birgaliklar ham tushuniladi: masalan, referendum yoki saylovlar o‘tkazilgan chog‘da – xalq, saylovchilar (elektorat) ana shunday subyekt hisoblanadi. Fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda jamoaviy subyektlar yuridik shaxslar sifatida maydonga chiqadilar. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida jismoniy va yuridik shaxslar ta’rifi berilgan. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Qonun barcha fuqarolarning teng ravishda huquq va burchlarga ega bo‘lish qobiliyatini (huquqiy layoqatini) e’tirof etadi. Kodeksning 39-moddasida yuridik shaxs tushunchasi 133 bayon etilgan. Unga muvofiq, o‘z mulkiga, xo‘jalik yuritishida yoki kundalik boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan javob bera oladigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxsning huquqiy layoqati va muomala layoqati bir vaqtda, ya’ni u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. Yuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi. Yuridik shaxslar – bu davlat, davlat idoralari, jamoat va shirkat tashkilotlari, korxona, muassasa va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalaridir. Davlat idoralari va nodavlat tashkilotlar quyidagi hollarda Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling