Davlat va huquq
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy madaniyat serqirra tushunchadir. U huquqiy ong
qismlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo, odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlar va e’tiqodlardan, ularning huquq haqidagi tasavvurlari intilishlari va tuyg‘ularidan iborat. Shaxs u yoki bu huquqiy munosabatga kirishar ekan, ongli ravishda uning oqibatini bilib harakat qiladi. Agar huquqiy ong shaxs ruhiyati orqali qonunning tub ma’nosini tushunib, uni qabul qilish xususiyatini o‘rnata olgan bo‘lsa, huquqiy madaniyat bu jarayonni amalga oshirish ifodasini bo‘lib hisoblanadi. Agar huquqiy ong bilan huquqiy madaniyat yuqori saviyada bo‘lib, bir xil ta’sir kuchiga ega bo‘lsa, huquqbuzarlik, qonunga rioya qilmaslik yoki nojo‘ya harakatlar sodir etilmaydi. Har bir shaxsning huquqiy ongi uning qonun normalariga munosabatidan, ularni qabul qilish xususiyatlaridan, qonunni qo‘llash, unga rioya qilish tushunchalaridan kelib chiqadi. «Biz, – dedi I.A. Karimov, – odamlarning eskicha psixologiyasini o‘zgartirib, ularda yangi huquqiy ongni shakllantirmog‘imiz lozim. Shunday bo‘lsinki, har bir kishi erkinliklari – ayni vaqtda muayyan burch, majburiyat va mas’uliyat ekanligini chuqur his etib tursin». Huquqiy madaniyatning darajasiga qarab huquqiy ong uch turga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy huquqiy ong, odatda, o‘z-o‘zidan vujudga keladi. Odamning shaxsiy tajribasi va huquqiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan belgilanadi. Masalan: insonni ishga 156 joylashishi, kollej yoki oliy o‘quv yurtiga kirish qoidalari yoxud yo‘l harakati qoidasini buzganlik uchun javobgarlik haqidagi bilimlari. Ilmiy huquqiy ong ijtimoiy hayotni, huquqiy voqelikni u yoki bu darajada to‘g‘ri aks ettiruvchi bilimlar tizimini o‘z ichiga oladi. Ilmiy huquqiy ong huquqqa amal qilish faoliyatini ijodiy tahlil etib, huquqiy amaliyotni takomillashtirishga ko‘maklashadi. Masalan, qonun loyihalarini tayyorlashda ekspert huquqshunos olimlar ishtirok etib, qonunning mukammal bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Kasbiy huquqiy ong huquqiy o‘quv yurtlarida o‘qish natijasida s h a k l l a n a d i , s o ‘ n g r a h u q u q i y a m a l i y o t j a r a y o n i d a takomillashtiriladi. O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishni talab qiladi. Shuning uchun huquqiy davlatning muhim belgisi – huquqiy madaniyatdir. O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun keng ko‘lamli demokratik islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu esa fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Jamiyatda kishilar qanchalik yuqori madaniyatli bo‘lsa, huquq normalarini bilsa, qonunlarni, yuridik adabiyotlarni bilib, ularga amal qilsa, huquq buzilishi ham shunchalik kam bo‘ladi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasida aholining huquqiy madaniyatini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» qabul qilindi. Unda mamlakat miqyosida aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish va huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy tarbiyani yaxshilash, ommabop yuridik adabiyotlarni ko‘paytirish, xalqning yuridik sohadagi bilimlarini oshirishga katta e’tibor qaratilib, jamiyat huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Huquqiy tarbiya – fuqarolarga huquqiy bilimni singdiruvchi m u h i m i j t i m o i y f a o l i y a t d i r . T a r b i y a j a r a y o n l a r i n i n g yo‘nalishlarini farqlashda qo‘llaniladigan muhim mezonlardan biri – ong shakllarining turlicha ekanligi. Chunki, alohida olingan 157 tarbiya jarayonlarining har qaysisi, inson ongining hamma tomonlarini emas, faqat uning ayrim ko‘rinishlarini qamrab oladi. Masalan, siyosiy tarbiya – siyosiy ongni; ma’naviy tarbiya – ma’naviy ongni; estetik tarbiya – estetik ongni qamrab oladi va h.k. Huquqiy tarbiya ongning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lgan huquqiy ong bilan bog‘liq. Huquqiy tarbiya ikki xil vazifani bajaradi. Birinchisi – tarbiyalanuvchilarga ma’lum miqdordagi huquqiy bilimlar, ko‘nikmalar va malakaning berilishi. Ikkinchisi – tarbiyalanuvchilarda huquqiy g‘oyalar, hissiyotlar, e’tiqodni shakllantirish. Shu vazifalardan kelib chiqib, huquqiy tarbiyada fuqarolar huquqiy ongini shakllantirish quyidagicha kechadi: – birinchidan, asosiy huquqiy qoidalar tizimini bilish, ularning mazmunini va mohiyatini to‘g‘ri tushunish; – ikkinchidan, huquqni, qonunlarni, qonuniylik va huquqiy tartibotni chuqur hurmat qilish; – uchinchidan, huquqiy bilimlarni amalda mustaqil qo‘llay olish; – to‘rtinchidan, o‘z odatlarini olingan huquqiy bilimlar bilan moslashtirish; – beshinchidan, huquqiy normalarni har qanday buzishlarga nisbatan qat’iy murosasizlik ko‘nikmasini hosil qilish. Huquqiy tarbiya jarayoni odamlar orasida muayyan munosabatlar orqali amalga oshadi. Shu bois huquq bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tarbiya doirasiga kiradi. Unda tarbiyalanuvchilar (shaxslar, ijtimoiy guruhlar) huquqiy ongining shakllanishi ro‘y beradi. Huquqiy tarbiya jarayonida kishilarning muayyan huquqiy bilim darajasiga ega bo‘lishiga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. Ularning shaxsiy e’tiqodidan kelib chiqadigan qonunga, huquqqa bo‘lgan hurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o‘zagini tashkil etadi. Demak, huquqiy tarbiya – shaxslar va ijtimoiy guruhlarning huquqiy ongiga ko‘rsatiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan, boshqariladigan, oldindan rejalashtiriladigan va maxsus ishlab chiqilgan huquqiy tarbiya usullari vositasida amalga oshiriladigan pedagogik ta’sir jarayonidir. Mustaqil davlatimiz rivojlanishining istiqboli har tomonlama 158 bilimli, yuqori malakali yoshlar qo‘lidadir. Buning uchun yoshlar yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatga ega bo‘lishlari, huquqni puxta bilishlari lozim. Bozor iqtisodiga o‘tish hamda huquqiy demokratik davlat qurish qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolat qaror topishini ta’minlash, aholini huquqiy jihatdan tarbiyalash va uning huquqiy ongini rivojlantirishga bog‘liqdir. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-iyunda «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganishni yaxshilash haqida»gi farmoni katta ahamiyatga ega. Mazkur farmon asosida 1997-yil 22-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Huquqiy ma’rifat targ‘iboti markazini tashkil qilish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Yuqoridagi qarorga asosan Toshkent Davlat yuridik instituti huzurida Respublika huquqiy ma’rifat targ‘iboti markazi va uning joylardagi mintaqaviy bo‘limlari tashkil etildi. Bu markaz oldiga yoshlarni tarbiyalashda, huquqiy ongini rivojlantirishda huquqiy ta’limni kuchaytirish va bu jarayonni metodika jihatdan ta’minlash, aholi o‘rtasida huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish, ommabop huquqiy adabiyotlar va darsliklarni tayyorlash hamda boshqa ko‘pgina vazifalar qo‘yilgan. Buning natijasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat siyosatining ustun yo‘nalishi bo‘lganligi bois bir qator amaliy ishlar qilindi. Yoshlarning huquqiy ongini rivojlantirishda televidenie, radio va matbuotning o‘rni o‘ta muhimdir. Bu o‘rinda Adliya vazirligi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralarning «Huquq va burch» yuridik jurnali, «Inson va qonun» huquqiy gazetasi, «Postda» gazetasi, «Fuqarolik jamiyati» va «Advokat» jurnallari va boshqa nashrlar aholi huquqiy ongining o‘sishiga muhim hissa qo‘shmoqda. 159 XII BOB. HUQUQ IJODKORLIGI 1-§. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari va funksiyalari Huquq ijod etish davlatning yuridik normalar yaratishga qaratilgan maxsus faoliyatidir. Davlat mazkur faoliyat orqali xalqning irodasini qonun darajasida ifoda etadi, ijtimoiy boshqaruv va siyosiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bu faoliyat natijasida jamiyatda harakatlanuvchi bir butun va ichki aloqaga ega bo‘lgan, huquqiy normalar tizimi vujudga keltiriladi. Huquq normalarining yaratilishi, yuridik kuchi, shakli, quyidan yuqoriga bo‘ysunish munosabatlari davlatning huquq ijodkorlik funksiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Huquq ijodkorligi nisbatan kengroq jarayon bo‘lmish huquq yaratishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Huquq ijodkorligi – vakolatli davlat idoralari va mansabdor shaxslarning (referendum chog‘ida – butun xalqning) huquq normalarini o‘rnatish, o‘zgartirish, takomillashtirish va bekor qilishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyatidir. Huquq ijodkorligi faoliyatiga nafaqat yangi huquqiy normalar o‘rnatish, balki ilgari chiqarilgan normativ-huquqiy qoidalarni o‘zgartirish va bekor qilish ham kiradi. Davlat huquqiy normani o‘rnatish yoki ma’qullash orqali huquqni qo‘llash va huquqni qo‘riqlashdek serqirra, murakkab jarayonga turtki beradi. Huquq ijodkorligi tufayli vujudga keltiriladigan huquq normalari davlat idoralarining turli xil rasmiy hujjatlarida aks ettiriladi. Bunday rasmiy hujjatlar normativ-huquqiy hujjatlar deb ataladi. Huquq ijodkorligi davlat xarakteriga ega bo‘lgan aktiv faoliyatdir. Davlat idoralari jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyasini amalga oshirib boradilar. Bu esa huquq ijodkorlik jarayoni beto‘xtov davom etib turishini taqozo qiladi. Huquq ijodkorlik faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat irodasini ifodalash bilan bog‘liq. Davlat tashkiliy kuch bo‘lsa, huquq yuridik qoida shakliga kirgan irodadir. Huquq ijodkorligi o‘z mazmuniga ikki toifa harakatni qamrab oladi: birinchidan, huquq ijod etuvchi organlarning normativ hujjat loyihasini tayyorlash bo‘yicha harakatlari, ya’ni loyihani ishlab chiqish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish; loyihani tayyorlash; 160 loyihani muhokama etish; uni manfaatdor idoralar bilan kelishib olish va qo‘shimcha ishlov berish. Ikkinchidan, bu toifaga normativ hujjatni chiqarish bo‘yicha harakatlar kiradi: huquqiy hujjat loyihasini huquqni ijod etuvchi organ muhokamasiga kiritish; huquq ijod etuvchi organ tomonidan loyihani muhokama etish; normativ- huquqiy hujjatlarni qabul qilish va uni e’lon qilish (nashr etish). Ta’kidlab o‘tish lozimki, huquq ijod etishning mazkur bosqichlari (harakatlari) ba’zan birlashib ketishi, ba’zan esa yangi xatti- harakatlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Xususan, yakka tartibda huquqiy hujjat qabul qiluvchi mansabdor shaxs ushbu bosqichlarni birlashtirib yuborishi mumkin. Masalan, Prezident farmon chiqarganda yoki hokim farmoyish qabul qilganda aytib o‘tilgan bosqichlarni birlashtirib, o‘zi bajaradi. Ayrim hollarda yuqoridagi bosqichlardan tashqari, loyiha yuzasidan mutaxassis-olimlarning xulosasini olish, uni ekspertizadan o‘tkazish va loyihani keng xalq muhokamasiga qo‘yish kabi xatti-harakatlar ham amalga oshiriladi. Huquq ijodkorligi faqat qonun loyihasi yoki huquqiy qarorni ko‘rib chiqish va qabul qilish bilan cheklanmaydi. Bu jarayon davlat idoralarining amaldagi huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish, eskirgan yuridik normalarni bekor qilish va mavjud normativ hujjatlarni tizimlashtirishga qaratilgan faoliyatini o‘z ichiga oladi. Yuridik normalarni o‘rnatuvchi subyektlar sifatida xalq, davlat hokimiyat va boshqaruv idoralari, mansabdor shaxslar maydonga chiqadi. Ana shu ma’noda huquq ijodkorligining turlari haqida gapirish mumkin. Huquq ijodkorligining quyidagi turlari mavjud: 1. Xalqning bevosita huquq ijodkorligi. Xalq tomonidan amalga oshiriladigan huquq ijodkorligining eng yorqin ifodasi referendum – davlat va jamiyat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yicha umumxalq ovoz berishidir. Referendum huquq ijod etishning alohida shakli sifatida xalqning bevosita iroda bayon etishi hisoblanadi. Bu huquqiy normalar yaratishning o‘ta nufuzli turi bo‘lib, referendum natijalari davlat hokimiyat idoralarining biron- bir tarzdagi tasdiqlashiga muhtoj emas. Referendum yo‘li bilan qabul qilingan hujjat mamlakat hududida oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi va faqat referendum orqali bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasining «Referendum to‘g‘risida»gi 161 qonunining 1-moddasi). U qat’iy irodaviy mazmundagi siyosiy- yuridik institutdir. Mohiyat-e’tibori bilan referendum davlatning u yoki bu qarorini xalq ovozi bilan tasdiqlanishi, shu orqali unga uzil-kesil va umummajburiy xarakter baxsh etilishidir, Xalqning intilish va istaklarini, manfaat va irodasini aniqlash hamda qonun darajasiga ko‘tarishda referendum eng samarali usul hisoblanadi. 2. Davlat idoralarining huquq ijodkorligi. Bu huquq ijodkor- ligining asosiy, eng keng tarqalgan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan turidir. Davlat idoralarining vazifasi, vakolatlari hamda faoliyat yo‘nalishlari qonunda belgilab qo‘yiladi. Ana shu yuridik vakolatlar doirasida har bir davlat idorasi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Ularning vakolatlari darajasi va ko‘lami normativ hujjatlarning yuridik kuchini, o‘zaro mutanosiblik (ierarxik) munosabatlarini belgilab beradi. Odatda, davlat idoralari huquqiy maqomini belgilovchi yuridik aktda (Konstitutsiya, qonun, farmon yoki nizomda) ular qanday yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ- huquqiy akt qabul qilishi belgilab qo‘yiladi. Masalan, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 84-moddasiga ko‘ra Oliy Majlis qonun qabul qiladi; 94-moddasiga ko‘ra Prezident farmon, qaror va farmoyish chiqaradi; 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis va Prezident hujjalari ijrosini ta’minlash uchun qaror va farmoyishlar chiqaradi. Konstitutsiyaning 15 va 16-moddalari esa qonun ustuvorligini ta’kidlaydi. Bu moddalar mazmuni bilan normativ- huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi o‘zaro bo‘ysunish va ustuvorlik munosabatlari aniq-ravshan belgilab qo‘yilgan. 3. Mansabdor shaxslarning huquq ijodkorligi. Avvalo, mansabdor shaxs tushunchasini aniqlab olish lozim, chunki amaldagi qonunchilikda unga tegishli ta’rif berilmagan. Chamasi, mansabdor shaxs – bu davlat hokimiyat yoki boshqaruv idorasida yoxud nodavlat tashkilotida muayyan lavozimni egallagan, unga yuklangan funksiyalarni bajarish uchun huquqiy hujjatlar qabul qilish va amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir. Nodavlat tashkilotlar (xo‘jalik, tijorat, ijodiy va hokazo) rahbarlarining huquqiy hujjat qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatlari mehnat, fuqarolik, moliya va boshqa sohalarga oid qonunchilik qoidalaridan kelib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan 162 quyidagi mansabdorlik lavozimlarini sanab o‘tish mumkin: Prezident, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri, vazir, hokim, prokuror, sudya, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, korxona, muassasa, nodavlat tashkilotlar rahbarlari va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlatimizdagi eng oliy mansabdor shaxs hisoblanadi. Mansabdor shaxsning normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash va uni qabul qilish bo‘yicha faoliyati huquq ijodkorligi hisoblanadi. Biroq uning huquqni qo‘llash bilan bog‘liq xatti- harakati huquq ijodkorlik faoliyati doirasiga kirmaydi. Huquq ijodkorligi davlat faoliyatining huquqiy shakllaridan biri bo‘lib, bu jarayonda quyidagi funksiyalar bajariladi: qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash; amaldagi qonunchilikni yangilash, uni ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga doimo moslashtirib turish; eskirgan huquqiy normalarni bekor qilib borish; huquqda hal etilmagan jabhalar (probel)ni to‘ldirib borish; qonunchilikni batartiblashtirib turish, sistemalashtirish. Mazkur funksiyalarning yuqori saviyada muntazam bajarib turilishi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solinish samaradorligi oshishini, qonunchilik tizimi takomillashgan hamda mukammal bo‘lishini ta’minlaydi. 2-§. Huquq ijodkorligi prinsiplari Demokratik davlatda xalqning irodasini, ijtimoiy manfaat va ehtiyojlarni qonun darajasiga ko‘tarish huquq ijodkorligining mazmunini tashkil etadi. Bu o‘ta muhim va mas’uliyatli jarayon muhim prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Agar shunday prinsiplar, ya’ni rahbariy g‘oya va qoidalarga tayanilmasa, huquqiy normalar tizimida sifat va samaraga erishib bo‘lmaydi. Eng muhimi, xalq irodasi va manfaatlarini to‘liq ifoda etishni ta’minlab bo‘lmaydi. Shu bois mamlakatimizda amalga oshiriladigan huquq ijodkorligi quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi: A. Huquq ijodkorligining xalqchilligi. Demokratik davlat o‘zining qonun ijodkorlik, huquq yaratish faoliyatida o‘z xalqi bilan, aholi keng qatlamlari bilan mahkam bog‘liq va uzviy aloqador bo‘lishi lozim. Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi ekanligi 163 Konstitutsiyamizda mustahkamlangan. Shunday bo‘lgach, davlat, uning idoralari huquq yaratish chog‘ida xalq manfaati va ehtiyojlaridan kelib chiqishi mantiqiy holdir. Ayniqsa, qonunni xalq tomonidan saylangan deputatlar qabul qilishida chuqur va bevosita ramziy ma’no bor. Xalq o‘z muxtor noiblari orqali qonun chiqarish hokimiyatiga daxldor bo‘ladi. Qolaversa, huquq ijodkorligi subyekti sanalmish barcha davlat idoralarining ushbu faoliyati keng jamoatchilik, xalq ommasi nazorati ostida ro‘y beradi. Xalqchillik prinsipi haqida gap borganda butun mas’uliyatni his etish darkor. B. Huquq ijodkorligining demokratikligi. Demokratizm huquq ijodkorligida xalq irodasini aniqlash va qonunda ifoda etish darajasi bilangina tavsiflanmaydi. Bu, avvalo, huquqiy hujjatlarni qabul qilishda, xususan, qonun chiqarishda xalqning ishtirokini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Demokratizm parlament va mahalliy xalq deputatlari kengashlari faoliyati jarayonida aks etadi. Referendum qonun qabul qilishning bevosita demokratik shakli ekanligini yuqorida ta’kidlab o‘tgan edik. Shuningdek, demokratiyaning bevosita shakllariga o‘ta muhim normativ-huquqiy hujjatlar loyihasining xalq muhokamasiga qo‘yilishi ham kiradi. Bunday muhokamalar chog‘ida mamlakat fuqarolari, jumladan, olimlar, mutaxassislar loyiha yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildiradilar. Shu tariqa xalqning fikri, irodasi qonun chiqaruvchi organga ayon bo‘ladi va uni huquqiy normalar mazmunida to‘laqonli aks ettirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Binobarin, demokratiyaga intilish ijtimoiy taraqqiyotimizning bosh yo‘nalishidir. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, «demokratiya atamasining qanday sharhlanishi emas, balki uning qanchalik realligi, haqiqiyligi, yashashga qobilligi muhimdir...U hayotimizning har bir soniyasiga singib ketmasa, turmushimizning ajralmas qismiga aylanmasa, hamma shiorlar va ta’riflar mazmunsiz...so‘z o‘yini bo‘lib qolaveradi» 1 . Demokratik qadriyatlar, mezon va me’yorlar haqida so‘z borganda quyidagilarni qayd etish muhim ahamiyatga ega. «Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida 1 Êàðèìîâ È. À. ¤çáåêèñòîí áóþê êåëàæàê ñàðè. – T.: «¤çáåêèñòîí», 560- bet. 164 uchta mezon bor. Bular – xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq, tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir» 1 . D. Huquq ijodkorligida qonuniylik prinsipi. Ushbu prinsip huquq ijodkorligi subyektlarining normativ huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va e’lon qilish borasidagi xatti-harakatlari Konstitutsiyaga va boshqa qonunlarga asoslanishidan kelib chiqishi lozim. Huquq ijodkorligidagi qonuniylik ikki jihatni nazarda tutadi: birinchidan, davlat idoralari tomonidan qabul qilinadigan har bir akt ularning vakolatlari doirasida va tegishli hujjatlar uchun belgilangan taomil (tartib) asosida chiqarilishi shart; ikkinchidan, normativ-huquqiy hujjatning mazmuni ham qonuniylik talablariga javob berishi shart. Ya’ni, yangi chiqarilayotgan hujjat, qonunlar va yuridik kuchi bo‘yicha o‘zidan yuqori turuvchi boshqa huquqiy hujjatlarga zid bo‘lmasligi kerak. Qonun ustuvorligi, qonuniylik prinsipi, avvalo, qonun chiqaruvchi idora hamda ijroiya hokimiyat yuqori idoralari uchun ham dasturilamaldir. Basharti, qonunlar, farmonlar va hukumat qarorlari Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmay qolsa, maxsus muhofaza mexanizmi ishga tushadi. Bunday hollarda Konstitutsiyaviy sud o‘zining tegishli xulosasini chiqaradi va g‘ayrikonstitutsiyaviy hujjatni harakatdan to‘xtatadi. E. Huquq ijodkorligining oshkoraligi. Huquq ijodkorligi faoliyatining natijasi bo‘lmish normativ hujjatlarda fuqarolarning huquq va majburiyatlari mustahkamlanadi. Shu sabab, normativ- huquqiy hujjat darhol o‘z ijrochilari e’tiboriga yetkazilishi zarur. Fuqarolar o‘zlariga huquq normalari tomonidan qo‘yilayotgan talablardan xabardor bo‘lishlari, hech bo‘lmasa, shunday bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Quyidagi yuridik prezumpsiya barchaga ayon: qonunni bilmaslik hech kimni javobgarlikdan ozod qilmaydi; hech kim qonunni bilmasligini ro‘kach qilishi mumkin emas. Xuddi shuning uchun ham, ya’ni javobgarlikka tortishga ma’naviy huquqqa ega bo‘lish uchun davlat fuqarolarning normativ- 1 Êàðèìîâ È. À. ¤çáåêèñòîí áóþê êåëàæàê ñàðè. – T.: «¤çáåêèñòîí», 560- bet. 165 huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlab berishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatlarni oshkor qilishning asosiy vositasi ularni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasida juda muhim qoida mustahkamlangan: «Qabul qilingan qonunlarning va boshqa normativ hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir». Mazkur konstitutsiyaviy tamoyil muhim demokratik mazmunga ega. Normativ-huquqiy hujjatni hayotga joriy etishdan avval u oshkora tarzda xalqqa yetkazilishi lozim. Huquqiy hujjatlar fuqarolardan sir tutilishi, Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling