Davlat va huquq
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
davlat va huquq nazariyasi
tuzish zarur bo‘ladi. Masalan, Jinoyat kodeksida «qasddan odam
o‘ldirish... jazolanadi», – deyiladi. Qonunshunos bu yerda odam o‘ldirishning o‘zini emas, balki uni sodir qilgan shaxsni jazolashni nazarda tutganligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Jinoyat kodeksining maxsus qismining aksariyat moddalari shu prinsipda tuzilgan. Shuning uchun Jinoyat kodeksining sharhlanayotgan moddalarini har doim xayolan mantiqan qayta tuzishga to‘g‘ri keladi. Yuqorida zikr etilgan sharhlashning usullari huquqiy normaning mazmunini to‘laqonli yoritishga katta yordam beradi. 3-§. Huquqni sharhlashning turlari Huquq normalarini sharhlash masalasi huquqning mazmunini ochish, tushuntirishni va huquqiy hujjatlar yuridik mohiyatini yoritishga qaratilgan faoliyatdir. Ba’zi hollarda huquq normalari mazmunini to‘liq yoritish maxsus tushuntirish talab qiladi. Huquq normalarini sharhlash tatbiq etilayotgan huquq normalarining to‘la va aniq amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda ularni qo‘llash amaliyotida xatolarni istisno etadi. Huquqni sharhlashning turlari to‘g‘risidagi masala huquqni tushuntirish faoliyatining natijalari va sharhlash hujjatlarining yuridik tabiatiga oid masalalar jumlasiga kiradi. Gap shundaki, huquqiy normalarning mazmunini tushuntirishning muayyan natijalari sharhlanayotgan hujjatlar hisoblanadi. Ularning amaliyot uchun yuridik ahamiyati sharhlash subyektlarining vakolatlaridan kelib chiqadi. Huquqiy normalarni sharhlashda sharhlovchi subyektlarning roli katta. O‘zbekiston Respublikasida huquqiy normalarni sharhlaydigan subyektlar quyidagilardan iborat: davlat hokimiyati vakillik organlari, davlat boshqaruvi organlari, sud organlari, prokuratura va boshqa 273 organlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar. Shu subyektlar huquqiy normalarni sharhlaganda ularning mazmunini to‘g‘ri tushunib, huquqiy normalarni qo‘llab, turmushdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga, amaliy ahamiyatga, yuridik xususiyatlarga ega, murakkab va serqirra faoliyatdir. Huquqni sharhlash hujjati – amaliyotda huquqiy normlarni qo‘llash va yetarlicha tushuntiruvchi hujjatdir. Huquq normalarini sharhlash uni amalga oshiradigan subyektiga qarab ikki turga bo‘linadi. – rasmiy sharhlash; – norasmiy sharhlash. Rasmiy sharhlash – huquq normasini qabul qilgan vakolatli davlat organlarining o‘zlari tomonidan sharhlash bo‘lib, u hamma uchun umummajburiy ahamiyat kasb etadi. Rasmiy sharh qonun bilan vakolat berilgan organ tomonidan ham amalga oshiriladi. Sharhlanayotgan huquq normalarining ummumajburiyligi, sharhlayotgan subyektning maqomiga bog‘liq bo‘ladi. Rasmiy sharhlash bir vaqtning o‘zida «legal» sharhlash, deb ham yuritiladi. Yurisprudensiyada rasmiy sharhlash shartli ravishda autentik, normativ va kazual turlarga bo‘linadi. Autentik sharhlash normativ aktni qabul qilgan organ tomonidan sharhlash (masalan: parlament o‘zi chiqargan qonunga o‘zi sharh beradi). Autentlik – haqiqiylikni, dastlabki manbalarga asoslanganlikni nazarda tutadi. Yuridik adabiyotlarda autentik sharh mualliflik sharhi ham deb ataladi. Har qanday autentik sharh, rasmiy sharh hisoblanadi, lekin rasmiy sharhning hammasi ham autentik bo‘lmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonunga beradigan sharh – rasmiy, ammo autentik sharh emas. Normativ sharhlash umumiy tavsifga ega bo‘lib, natijalari huquqni qo‘llashda majburiy ahamiyatga ega (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharhlagan normativ-huquqiy hujjatlar, chunki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasidagi qonunlarga rasmiy sharh berish vakolatiga ega). Bunday huquqni tushunish va tatbiq etish «namunalari», odatda, huquqiy malaka masalasi bo‘yicha, huquqiy kvalifikatsiya qilish 274 masalalari bo‘yicha muhim ma’lumotlar maxsus nashrlarda chop etiladi. Kazual sharhlash aniq bir oddiy kundalik hodisaga qo‘llanadigan tushuntirishdir. Kazus – hodisa, hayotiy fakt. Kazual sharhlash sud va boshqa vakolatli organlarga sharoit va shaxslarga nisbatan ko‘rilayotgan va hal qilinayotgan yuridik ishlarda beriladi. Huquqni umumlashtirilib bo‘lmaydigan sharhlash hujjatlari bir marotabalik ahamiyatga ega, lekin jiddiy ishlar yuzasidan qilinganida, ayniqsa, huquqdagi nuqsonlar mavjud bo‘lganida normativ sharhlash ahamiyatiga ega bo‘ladi. Huquqiy normalarni kazual sharhlashda sud organlari har bir fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko‘rayotganda tegishli huquqiy normalar bilan bu ishlarni ko‘rib, hal qilish chog‘ida huquqiy normalarni sharhlaydi. Sudning har bir fuqarolik ishi bo‘yicha chiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bo‘yicha chiqargan hukmi huquqiy normani kazual (kazus) sharhlash asosida amalga oshiriladi. Kazual sharhlash ikki xil ma’noga ega: birinchidan, muayyan ish aniqlanadi va sharhlanadi; ikkinchidan, sharhlangan norma unga o‘xshash normalar uchun yuridik oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Ammo kazual sharhlashni amalga oshiruvchi boshqa organlar uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari. Mazkur sharhlashni pretsedent sharhlash deb ham nomlashimiz mumkin, ammo bu anglosakson huquq oilasi singari bizning huquqiy tizimimizda majburiy ahamiyat kasb etmaydi. Subyektga ko‘ra sharhlashning ikkinchi turi norasmiy sharhlashdir. Norasmiy sharhlash – huquq mazmunini shunday sharhlashni nazarda tutadiki, bunda sharhlash maxsus vakolat berilmagan organlar va shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va majburiy ahamiyat kasb etmaydi, yuridik oqibatlarga sabab bo‘lmaydi va u advokatlar, olimlar, alohida shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, jinoyat kodeksiga sharhlar, fuqarolik kodeksiga sharhlar shular jumlasidandir. Tatbiq etilayotgan normalarni ilmiy (doktrinal) sharhlash ilmiy xodimlar, olimlar, jamoat va davlat arboblari tomonidan darsliklarlarda, ma’ruzalarda, kitoblarda va ilmiy maqolalarda amalga oshirilishi mumkin. Norasmiy sharhlash natijalari davlat organlari, jamoat birlash- malari, korxona, muassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va 275 fuqarolar uchun majburiy bo‘lmasada, huquqiy normalarning mazmunini sharhlab, tushuntirib beradi. Bu sharhlash huquqiy normalarni amaliyot bilan bog‘lab, kishilarning huquqiy ongini va huquqiy madaniyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Noras- miy sharhlash qonunlarni takomillashtirishga, huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatini yaxshilashga, qonunchilikni mustahkamlashga yordam beradi. Norasmiy sharhlashning oddiy, kasbiy va doktrinal kabi turlari mavjud. Kundalik sharhlash huquqiy faoliyat sohasida mutaxassis bo‘lmagan fuqarolar kundalik hayotda yuzaga keladigan huquqqa oid hodisa va harakatlarga nisbatan o‘zining subyektiv fikrini bildirishi hamda o‘zining huquqiy bilimi darajasida huquqqa oid masalaning mazmunini aniqlashi va o‘z fikrini bildirishi tushuniladi. Kasbiy sharhlashda – kundalik faoliyatda xizmat faoliyati nuqtayi-nazaridan doimiy ravishda shug‘ullanadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining, mavjud huquq normalarining mazmun va mohiyatini yoritishga qaratilgan fikri va munosabati tushuniladi. Kasbiy sharhlash bilan asosan prokuror, tergovchi, sudya, advokat, notarius va boshqa huquqiy sohadagi kasb vakillari shug‘ullanishi mumkin. Doktrinal sharhlashda – kundalik faoliyatida bevosita huquqdagi muammolar bilan ishlovchi va ularni bartaraf etish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis, yurist-olimlarni mavjud huquq normalarining mohiyatini yoritib berishga qaratilgan harakatlari tushuniladi. Ushbu soha vakillariga huquqshunoslik sohasida ilmiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, fan nomzodlari, fan doktorlar, dotsent va professorlarni kiritish mumkin. Ular tomonidan amalga oshirilgan sharhlar ilmiy xarakterga ega bo‘lib, majburiy ahamiyat kasb etmaydi. Huquqni sharhlashning yana bir turi hajmga ko‘ra sharhlash deb nomlanadi. Huquqiy normalarni sharhlashning natijasi uning hajmidan kelib chiqqan holda baholanadi. Hajm – bu sharhlanayotgan normaning mazmunini birlamchi matn mazmuniga o‘zaro nisbatidir. Hajmiga ko‘ra sharhlash deyilganda, mavjud huquq normasining mazmuniga muayyan bir tarzda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki umuman o‘zgartirmasdan izohlab berish tushuniladi. 276 Huquq normalarini sharhlash, umumiy qoidaga asosan, huquqshunos huquqiy qoidaga kiritgan haqiqiy ma’noni anglash maqsadini nazarda tutadi. Lekin shunday holatlar ham uchraydiki, normani sharhlayotgan shaxs huquq normasining asl mazmunini tushunish lozim bo‘lgan yoki aksincha, qonun matnidan birinchi marta ko‘ringanidan ham kengroq bo‘lgan vaziyat bilan to‘qnashadi. Shundan kelib chiqib, davlat va huquq nazariyasida hajmga ko‘ra sharhlashning tom ma’noda (adekvat), cheklangan va kengaytirilgan sharhlash kabi turlari farqlanadi. Huquqni tom ma’noda sharhlash – bunda turmushga tatbiq etilayotgan huquqiy normaning mazmunini yozilgan matniga qarab, hech narsa qo‘shmasdan izohlash tushuniladi. Tom ma’noda sharhlash fanda «adekvat» sharhlash ham deb ataladi. Cheklangan sharhlash – bunda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning o‘z matnida cheklanganligi belgilab qo‘yiladi. Kengaytirilgan sharhlash – bunda qo‘llaniladigan huquqiy normaning mazmuni, uning yozilgan matniga nisbatan kengroq qilib sharhlanadi. Sharhlash huquqiy normalarning to‘g‘ri tushunilishini ta’minlaydi. Bu esa «huquqni qo‘llash jarayonidagi markaziy bo‘g‘in»dir. 277 XIX BOB. HUQUQIY XULQ-ATVOR, HUQUQBUZARLIK VA YURIDIK JAVOBGARLIK 1-§. Huquqiy xulq-atvor tushunchasi, belgilari va tasnifi Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatida kishilarning xatti-harakati va xulq-atvoriga ta’sir etadi. Yuridik adabiyotlarda asosiy diqqat-e’tibor kishilar xulq- atvorining huquqqa zid jihatiga, ya’ni huquqbuzarlikka qaratilib, huquqiy harakatlar xususida kamroq fikr bildiriladi. Huquqiy xatti-harakat deganda, huquq subyektlarining qonunga mos holda ijtimoiy-foydali harakat yoki harakatsizlik qilishi tushuniladi. Jamiyatda kishilarning xulq-atvori turli shakllarda namoyon bo‘lib, uni ifodalanishiga, samaradorligiga, motivlariga, maqsadlari va oqibatlariga qarab turlarga ajratish mumkin. Bu qonunga mos, ijtimoiy xatti-harakat bo‘lib, yuridik shakldagi qonuniy xatti- harakat ta’sirida huquq amalda bo‘ladi. Huquqiy xatti-harakat doirasi va chegarasi huquqiy normalarining dispozitsiyasi bilan belgilanadi. Aynan u huquqiy tartibotning mohiyati hisoblanadi. Huquqiy ta’sir etish yo‘li bilan jamiyat boshqariladi, uning hayot faoliyati me’yoriy tartibga solinadi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari amalga oshiriladi. Huquqiy xulq-atvorning o‘ziga xos belgilari: – ijtimoiy foydaliligi – ushbu xatti-harakatlar jamiyat, shaxs va davlat uchun foydali bo‘ladi va biror-bir shaxsga zarar keltirmaydi; – ixtiyoriyligi va ongliligi – jamiyat a’zolarining asosiy tarkibi huquqiy harakatlarni jazo choralaridan qo‘rqishdan emas, balki o‘z tashabbuslari bilan ixtiyoriy ravishda, huquqni hurmat qilish asosida amalga oshiradi; – huquq normalariga mos kelishi – shaxslarning xatti- harakatlari amaldagi huquq normalariga mos kelishi va o‘rnatilgan talablarga javob berishi, shuningdek, huquq normalari bilan ruxsat etilgan bo‘lishi talab qilinadi. Jamiyatda vujudga keladigan va amalga oshayotgan huquqiy munosabatlarning asosiy qismi o‘z asosiga ko‘ra huquqiy xatti- harakatdan iboratdir. 278 Huquqiy xatti-harakat juda keng ma’noga ega. U o‘z xususiyatiga ko‘ra bir xil emas. Huquqiy xatti-harakatning shaxsni huquqiy tartibga solishga jalb etilish darajasiga ko‘ra to‘rt turi mavjud: 1. Faol huquqiy xatti-harakat. Bu fuqarolar, mansabdor shaxslarning qo‘shimcha vaqtlari, imkoniyatlari, shuningdek, moddiy vositalaridan kelib chiqib, o‘z tashabbuskorligiga tayangan huquqiy faoliyatidir. Shaxsning huquqiy faolligi – davr talabi. Huquqiy faollikning namoyon bo‘lish shakllari turlicha. Bu sidqidildan faol xizmat qilish, siyosiy partiya, jamoat uyushmalarining shakllanishi va ishida qatnashish, qonun loyihalari muhokamasida bevosita ishtirok qilish, davlatning turli tuzilmalarida hamkorlik qilish va shu kabilar. 2. Odatdagi huquqiy xatti-harakat. U faollikdan farq qilgan holda, ortiqcha xarajat va harakat bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bu kishining doimiy xizmat va boshqa hayotiy faoliyatidan kelib chiqadi va u, odatda, huquqiy normalar talabiga mos keladi. Fuqarolar ushbu xatti-harakat doirasida o‘zlarining yuridik ahamiyatga molik u yoki bu harakatlarini amalga oshiradilar. Lekin bu ularning faolligini huquqiy talab darajasidan oshirishga olib kelmaydi. Jamiyatda, davlatda va amalda shaxsiy hayotiy faoliyatda u oddiy va zaruriy hol hisoblanadi. Aynan shunga muvofiq shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyoji qanoatlantiriladi. 3. Konformistik (sust) huquqiy xatti-harakat. Fuqarolar o‘rna- tilgan huquq normalariga ijtimoiy muhit ta’sirida, ya’ni o‘z safdoshlarining, rahbarlarining ko‘zicha rioya qiladi. Bu o‘zining mustaqil fikri bilan emas, balki hamma shu harakatni amalga oshirganligi uchun u ham shuni qilishga majbur bo‘ladi. Bu toifa shaxslar agar ko‘pchilik huquqqa zid harakat qilsa, u ham huquqqa zid harakat qilishi mumkin. Shuningdek, fuqaro o‘ziga tegishli huquq va erkinliklardan kerakli maqsadda foydalanmagan paytda sodir bo‘ladi. Masalan, fuqaro nikohdan o‘tishda, mulkka egalik qilishda, saylovlarda ishtirok etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yishi mumkin. Bunday paytda shaxs o‘z manfaatini qanoatlantirish imkoniyatidan foydalanmaganligi natijasida unga nisbatan salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Bu jamiyatning zarar ko‘rishiga olib keladi. Fuqaroning sustligi sababli siyosiy va 279 huquqiy sohada, davlat ishlarida valyuntarizm kelib chiqadi, davlat tizimiga xalq ta’siri va jamoatchilik nazorati pasayadi. 4. Marginal huquqiy xatti-harakatda shaxs davlat tomonidan o‘rnatilgan jazo tizimidan qo‘rqishi oqibatida huquqqa rioya qiladi. Bu toifa shaxslar ijtimoiy faol yoki odatiy huquqiy xatti- harakatni amalga oshirmaydilar. Bular ko‘proq ertaga ozodlikdan mahrum etiladigan bo‘lsa, qiynalishi, erkinligining yo‘qolishi yoki nogiron bo‘lib qolishdan qo‘rqqanidan huquqqa rioya qiladi. 2-§. Huquqbuzarlik tushunchasi va mohiyati Huquqbuzarlik – bu huquq subyektining aybli, huquqqa zid, jamiyat, davlat va shaxs manfaatlariga zarar keltiruvchi qilmishidir. Huquqqa zid xatti-harakatlar – o‘rnatilgan huquq talablarini fuqarolar tomonidan bajarmaslik yoki ularga rioya qilmaslik. Fuqarolarning huquqqa zid harakatlarni amalga oshirishi ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. Chunki, huquqqa rioya qilmaslik ayrim fuqarolarning qabul qilingan qonunlardan xabardor emasligi yoki sodir etilgan xatti- harakatini huquqqa zid ekanligini bilmasligi, ya’ni huquqiy savodsizligi natijasida yuzaga keladi. Chunonchi, ayrim fuqarolar esa mavjud qonunlarni qabul qilinganligi va busiz mumkin emasligini bilsada, shunda ham unga rioya qilmaydi. Bu kabi shaxslarning harakatida uning huquqiy madaniyatsizligi ko‘zga tashlanadi. Huquq buzilishi shaxsga, mulkka, davlatga yoki umuman jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli, qonunga qarshi harakatdir. Ushbu tushuncha huquq buzilishining quyidagi to‘rtta muhim belgisini o‘z ichiga oladi: 1. Ijtimoiy xavflilik – bunda huquqbuzarlik jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni poymol etadi. Huquqbuzarlikning zararligi yoki xavfliligi shundan iboratki, u jamiyat hayotining maromiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 2. Huquqqa xiloflilik – huquqbuzarlikning ikkinchi belgisi. Bu o‘rinda gap qilmish oqibatida qonunning, muayyan huquqiy normaning buzilishi to‘g‘risida bormoqda. Boshqacha aytganda, 280 huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo‘yilgan taqiqni buzadi. Agar bunday taqiq bo‘lmasa, huquqbuzarlik ham bo‘lmaydi. Qonun kengaytirilgan holda yoki analogiya bo‘yicha talqin etilishi mumkin emas. 3. Ayblilik – huquqbuzarlikning uchinchi belgisi. Huquq normasini yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan shaxs buzadi va shaxs bu harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etadi. Ayb – shaxsning sodir etgan huquqqa xilof harakatiga va uning zararli oqibatlariga ruhiy munosabati. Qariyb har doim inson oldida huquqqa mos yoki huquqqa zid tarzda harakat qilishni tanlash imkoni bo‘ladi. Agar u ikkinchi yo‘lni tanlasa, huquqqa xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb hisoblanadi. 4. Jazoga sazovorligi. Bu ma’lum huquqbuzarlik uchun uni sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishini bildiradi. Ushbu javobgarlik huquqiy normaning sanksiyasida ifodalanadi. Huquqbuzarlik tarkibi. Huquqbuzarlik yuridik fakt bo‘lib hisoblanadi, u o‘z navbatida, qo‘riqlovchi xarakterga ega bo‘lgan huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Huquqbuzarlikning tarkibi muayyan (konkret) huquq normalarini sharhlashda, uning mazmunini ochib berishda hamda dunyoqarash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga egadir. U o‘z ichiga to‘rtta elementni qamrab oladi: huquqbuzarlikning obyekti, subyekti, obyektiv tomoni va subyektiv tomoni. Huquqbuzarlikning obyekti deb huquq bilan tartibga solinadigan va qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga aytiladi. Obyekt huquqiy normada aniq mustahkamlangan bo‘ladi. Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni shaxsning harakat va harakatsizligi oqibatida huquqning buzilishi hamda uning ijtimoiy xavfliligidir. Bu huquqqa qarshi qilmishning tashqi tomonini ifodalaydi. Aynan shu ifodalanish holatiga qarab, huquqbuzarlik to‘g‘risida, ya’ni u qanday sodir bo‘lganligi va qay darajada zarar keltirganligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi. Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: – huquqqa qarshi qilmish; 281 – huquqqa qarshi zararli oqibat; – huquqqa qarshi qilmish bilan zararli oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish; – huquqqa qarshi qilmish sodir etilgan joyi, vaqti, usuli va muhit. Huquqbuzarlikning subyekti bo‘lib huquqbuzarlikni sodir qilgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Subyektlarning xususiyatlari huquqbuzarlikning turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, jinoiy va ma’muriy huquqning subyektlari bo‘lib faqat shaxslar hisoblanadi. Huquqbuzarlikning subyektiv tomoni — bu shaxsning (jismoniy va yuridik) huquqqa qarshi qaratilgan harakat yoki harakatsizligi oqibatiga va ulardan kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli qilmishga nisbatan ruhiy-ongli munosabatidir. Huquqbuzarlik subyektiv tomonining zaruriy belgisi aybdir. Ayb – huquqbuzarning huquqqa xilof xatti-harakatiga va ularning ijtimoiy xavfli o q i b a t i g a n i s b a t a n qasd yoki e h t i y o t s i z l i k s h a k l i d a g i munosabatidir. Qasd – shaxsning huquqqa xilof xatti-harakatini sodir qilayotgan paytida, bu harakatning huquqqa xilofliligini, ijtimoiy xavfliligini, uning oqibatini anglash yoki tushunishidir (to‘g‘ri qasd) yoki bu xatti-harakatning ma’lum oqibatni keltirib chiqarishiga ongli ravishda yo‘l qo‘yishidir (egri qasd). Ehtiyotsizlik — shaxsning xatti-harakatlari natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarning oldini olishni nazarda tutib, beparvolik bilan o‘z-o‘ziga ishonib harakat qilishidir. Huquqbuzarlikning turlari ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi. 1. Jinoyat – sodir etilishi jinoyat kodeksiga jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Jinoyat natijasida davlat, jamiyat va shaxs manfaatlariga zarar yetkaziladi. 2. Nojo‘ya harakat – bu jinoyat singari zarar yetkazib, ijtimoiy darajasining rasmiyligi bilan farqlanadi. Nojo‘ya harakat quyidagi turlarga bo‘linadi: a) fuqaroviy huquqbuzarlik – f u q a r o l i k h u q u q v a majburiyatlarini buzilishi, ya’ni majburiyatlar bajarmaganligi bois, 282 mol-mulkka va kishi sog‘lig‘iga ziyon yetkazilishi tushuniladi; b) ma’muriy huquqbuzarlik deb jamoat yoki davlat tartibiga, davlatning yoki shaxsning mulkiga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan hamda sodir etilgani uchun qonunda ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan g‘ayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan) harakat yoki harakatsizlik. Ma’muriy huquqbuzarlik, xuddi jinoyatlar kabi, jamiyat uchun xavflidir, ulardan faqat ushbu xavf darajasi bilan farqlanadi; d) intizomiy huquqbuzarlik – korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning rahbariyati tomonidan o‘rnatilgan yurish-turish va ichki mehnat tartib-qoidalarini, xizmat intizomini xodimlar tomonidan buzilishi hamda xizmat vazifalarini bajarmasliklaridir. Mazkur huquqbuzarlik intizomiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. 3-§. Yuridik javobgarlik tushunchasi, belgilari va turlari Huquqshunoslik fanida yuridik javobgarlik masalasida turlicha fikrlar mavjud. Ko‘pchilik mualliflar yuridik javobgarlikni davlatning huquq talablarini bajarishga qaratilgan majburlov choralarini qo‘llashi deb tushunsalar, boshqa ba’zi olimlar unga amaldagi yuridik kategoriyalar doirasida yondashib, qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar, maxsus yuridik majburiyatlar yoki huquq normalari sanksiyalari ko‘rinishida talqin etishga intiladilar. Yuridik javobgarlik – bu huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan protsessual tartibda qonunchilikda belgilangan davlat majburlov choralarini qo‘llashdir. Yuridik javobgarlik – huquqbuzarning huquq normalariga asoslangan va huquqbuzarlik faktidan kelib chiqadigan qilmishi uchun javob berish va davlat majburlov choralari shaklidagi noxush oqibatlariga chidash majburiyati hamda shunday oqibatlarga haqiqatan duchor bo‘lishidir. Yuridik javobgarlikning asosi – huquqbuzarlikdir ya’ni, huquq normalarini buzuvchi muayyan harakat yoki harakatsizlikdir. Yuridik javobgarlikning asosiy vazifasi jarima solish, Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling