Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish
Jamoatchilik palatasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga fuqarolik jamiyatining holati va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida yillik milliy maʼruzalarni taqdim etadi
Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari aʼzolari har bir davlat organining ochiq hayʼat majlisida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida, «Hukumat soati»da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlari majlislarida ishtirok etishga haqli
Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari davlat organlari va tashkilotlariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan Jamoatchilik palatasi so‘rovini yuborish huquqiga ega. Bunda davlat organlari va tashkilotlari so‘rovga javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, u olingan kundan eʼtiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
1
2
3
Do'stlaringiz bilan baham: |