13-modda. Deputatning mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi
Deputat o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini ko‘rsatib, tegishli viloyat, tuman va shahar hududida joylashgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek, ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Faoliyati davlat siri hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bilan bog‘liq korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga deputatning kirish tartibi qonunda belgilanadi.
14-modda. Deputatlik faoliyatini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifasini bajarish bilan uyg‘un tarzda olib borish
Deputat o‘z vakolatlarini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshiradi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari deputatni u o‘z deputatlik vazifalarini bajaradigan vaqtda, uning ish joyini (lavozimini) saqlagan holda, ishdan ozod qilishlari shart. Deputatlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda deputatning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
15-modda. Deputatni harbiy yig‘inlardan ozod qilish
Deputat o‘z vakolatlari amal qilayotgan muddat mobaynida harbiy yig‘inlardan ozod qilinadi.
16-modda. Deputat faoliyatining axborot hamda moddiy-texnika ta’minoti
Oldingi tahrirga qarang.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatini hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan ta’minlaydi, shuningdek, deputatlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlarini uyushtiradi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-636-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2020-y., 03/20/636/1276-son)
Deputatga texnik vositalar, aloqa vositalari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish uchun shart-sharoit yaratiladi.
17-modda. Deputatning transportda tekin yurish huquqi
Deputat tegishli viloyat, tuman, shahar hududida havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida (taksi va shahar yo‘lovchilar transporti bundan mustasno) tekin yurish, shuningdek, yo‘l pattalarini navbatsiz sotib olish huquqidan foydalanadi.
Deputatning transportda tekin yurish tartibi va shartlari, transport tashkilotlari bilan bu borada hisob-kitob qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-dekabr,
706-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 3-4-son, 20-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son, 15.09.2020-y., 03/20/636/1276-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |