Davlat va «prinsipal-agent» muammosi
Download 117 Kb.
|
Davlat xususiyatini baholashning empirik usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. 3. «Ekspluatatorlik» davlati II.bob 1. Davlat va «prinsipal-agent» muammosi
Mavzu : Davlatlar tipologiyasi Mundarija: Kirish Asosiy qism I.bob. Davlat va «prinsipal-agent» muammosi 1.1. Davlat xususiyatini baholashning empirik usullari 1.2. «Shartnomaviy» davlat 1.3. «Ekspluatatorlik» davlati II.bob 1. Davlat va «prinsipal-agent» muammosi Davlatni fuqarolar va davlat apparati o`rtasidagi ijtimoiy shartnoma orqali ta’riflash «prinsipal-agent» muammosini oldingi o`ringa suradi. Bu yerda birinchi galda kim «prinsipal» va kim «agent» ekanligini aniqlab olish talab etiladi. Javob umuman aniq emas. Fuqaro ham, davlat ham ikki taraflama rol o`ynaydi. Bir tomondan, fuqaro davlatga ayrim funksiyalarning bajarilishini yuklagan holda uning tarkibini belgilaydi, ya’ni u «prinsipal», davlat esa «agent» hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, fuqaro «agent» rolida ishtirok etib, shartnomalar bajarilishining kafili sifatida davlatning qarorlariga bo`ysunadi. J.Byukenen ushbu ikki taraflamalilikni «bo`ysunuvchining paradoksi» deb nomladi: inson o`zini bir vaqtning o`zida ham davlat boshqaruvining ishtirokchisi – ob’ekti sifatida, ham o`zi tanlamagan xatti-harakat me’yorlariga amal qilishga majbur etiladigan sub’ekt sifatida qabul qiladi. Shunday qilib, «prinsipal-agent» muammosi mazkur holatda ikki taraflama xususiyatga ega va uni quyidagi sxema yordamida tasvirlash mumkin: «Prinsipal-agent» modeli davlatning faoliyat ko`rsatishi bilan bog`liq quyidagi xavf-xatarlarni aniqlash imkonini beradi. Birinchidan, davlat buyuk monstr – Leviafanga aylanib, o`z nazorati sohasini tomonlar bilan aniq kelishilgan bitimlar doirasidan tashqariga ham yoymaydimi, degan xavf-xatar haqida 1651 yildayoq mashhur ingliz faylasufi Tomas Gobbs o`zining aynan «Leviafan» deb nomlanuvchi kitobida ogohlantirgan edi. Ikkinchidan, bir tomondan, davlat kuch ishlatishni qo`llash uchun monopoliya huquqidan foydalangan holda, fuqarolarning manfaatlarini inkor etmaydimi? Ikkinchi tomondan, fuqarolar davlat tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar haqini to`lashdan bosh tortishga urinib, huddi jamoat transportidagi oddiy chiptasiz kimsa kabi, o`zlarini opportunistlarcha tutishmaydimi? Chunki davlat xizmatlari va jamoat transporti xizmatlari ijtimoiy farovonlik xususiyatiga ega. Ikki taraflama «prinsipal-agent» muammosining qay tarzda hal etilishiga qarab, davlatning turli modellari shakllanadi. Nazariy jihatdan yakka hisob-kitoblardan hosil bo`lgan davlat shartnoma vositasi sifatida, murakkab almashuvga ko`maklashish va uni amalga oshirish vositasi sifatida paydo bo`ladigan davlatdan mutlaq farq qiladi. O`z navbatida, davlatning ikkita ideal modeli mavjud. Biz, D.Nort bo`yicha, «shartnomaviy» deb ataydigan birinchi model yuqorida sanab o`tilgan muammolarni hal etish chog`ida paydo bo`ladi. Ikkinchi – «ekspluatator» modeli unda davlatning ham, fuqaroning ham opportunistik xatti-harakatiga to`siq mavjud bo`lmagan davlat faoliyatini yoritadi. O`zaro munosabatlarning ikkala tomoni ham, bir-birida birinchi navbatda dushmanni ko`rgan holda, o`z zimmasiga olgan majburiyatlarni ado etmaydi. Shu o`rinda har bir modelni batafsil ko`rib chiqamiz. Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling