Davlat va «prinsipal-agent» muammosi
Davlat xususiyatini baholashning empirik usullari
Download 117 Kb.
|
Davlat xususiyatini baholashning empirik usullari
4. Davlat xususiyatini baholashning empirik usullari
Davlatning xilini aniqlash (shartnomaviy yoki ekspluatatorlik) davlat byudjetining tarkibini tahlil qilish imkonini beradi. Firmaning balansi kabi davlat byudjeti ham institutsional tahlil uchun zarur bo`lgan yetarli miqdordagi axborotni beradi. Talab etiladigan ma’lumotlar qabul qilingan va real ijro etilgan davlat byudjeti daromadlar va xarajatlar qismlarining qator moddalarida mujassamlangan. Bundan tashqari, agar byudjet taqchilligi mavjud bo`lsa, uni qoplash usullari davlatning muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Quyida davlat byudjetining taxminiy tarkibini keltiramiz:
Davlatni u yoki bu xilga kiritishning birinchi mezoni – bu daromadlar turli moddalarining nisbati. Soliqdan tashqari tushumlarning ulushi qanchalik yuqori bo`lsa, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi shunchalik faol bo`ladi – bunday holatda uning roli shartnomalar bajarilishining oddiy kafili doirasidan tashqariga chiqadi. Byudjet soliqdan tashqari daromadlari ulushining dinamikasi barqaror tendensiyaning mavjudligi haqida gapirish imkonini bermaydi. Buning ustiga turli xildagi soliq tushumlari nisbatining tahlili ularning musodara xususiyati haqida (renta to`lovlari va maxsus soliqlar ustinlik qilishida), yoki soliq tizimining ishlab chiqarish faoliyatini rag`batlantirish maqsadlariga bo`ysunishi («bozor» soliqlari: foyda solig`i, QQS, aksizlar, daromad solig`i, mol-mulk solig`i ustunlik qilgan holatda) haqida fikr yuritishga imkon beradi. Ta’kidlash lozimki, byudjetda «bozor» soliqlarining ulushi barqaror qisqarish tendensiyasiga ega. Shuningdek, soliqlarning yig`ilishi, ya’ni amaldagi soliq tushumlari va soliq solish bazasining real miqdorlaridan kelib chiqib hisoblab yozilgan soliqlar o`rtasidagi nisbat to`g`risidagi ma’lumotlar ham muhim axborotni o`zida mujassamlantiradi. Soliqlarning yig`ilishi qanchalik yuqori bo`lsa, davlat shartnomaviy modelga shunchalik yaqin bo`ladi. Ikkinch mezon – davlat xarajatlarining tarkibi va birinchi navbatda real moliyalangan hamda davlat byudjeti to`g`risidagi qonunda qayd etilgan xarajatlar nisbati. Ekspluatatorlik davlatida uning majbur qilish salohiyatini saqlab qolish va kuchaytirish bilan bog`liq xarajatlar («kuch ishlatuvchi» vazirliklarni saqlab turish xarajatlari) hamda bevosita davlat apparatini saqlab turish uchun yo`naltirilgan xarajatlarni moliyalashning ustuvorligi o`rin tutadi. Mudofaa, huquqni muhofaza qilish faoliyati va davlat apparati xarajatlarni katta tayyorgarlik bilan amalga oshiradi.
Uchinchi mezon – byudjet taqchilligini moliyalash usullari. Byudjet taqchilligini qoplashning uchta asosiy usuli – markaziy bankning hukumatga kreditlari, tashqi va ichki qazlardan ekspluatatorlik davlati birinchisini afzal ko`radi. Bundan tashqari, markaziy bankning kreditlaridan foydalanish davlatga musodara xususiyatiga ega bo`lgan «inflyatsiya solig`i» (senoraja) orqali daromad olish imkonini beradi. Aksincha, shartnomaviy davlat byudjet taqchilligini moliyalashning eng kam inflyatsiya usuli – tashqi bozordagi qarzlarni afzal ko`radi. Ichki bozordagi qarzlar uzoq muddatli davrda inflyatsiya xavfini tug`diradi va jamiyat umumiy farovonligining o`sishiga to`sqinlik qiladi, chunki moliyaviy resurslar real sektordan davlat qarz majburiyatlari bozoriga oqib ketadi.
Xulosa Davlatning ikkita ideal xilini taqqoslashga yakun yasaymiz:
Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling