Davlat xarajatlari tahlili va taqsimot siyosati Reja: Davlat byudjeti harajatlari tahlili


Download 74 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi74 Kb.
#192101
1   2   3
Bog'liq
davlat harajatlari

Harajatlarni taqsimot siyosati


Ijtimoiy yo’nalishi bo’yicha davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni o’zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq

davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi gu-ruhlarga bo’lish mumkin:



  • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

  • milliy xo’jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;

  • mudofaa xarajatlari;

  • boshqaruv xarajatlari.

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z tarkibiga maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o’zida aks ettirib, bu guruhdagi davlat byudjetiningxarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo’lgan talabini qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo’l ochib beradi.

Iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo’jalik yurituvchi asosiy sub’yektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-tirish xarajatlari alohida o’rin egallaydi.



Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o’z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bog’liq-dir. Qurolli Kuchlarning barcha turlari davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga oshirilishi, uning xo’jalik-tashkilotchilik funksiyasi davlat byudjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura fuqaro-larning o’zini-o’zi boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.

Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi to’rtta guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o’zlarining aniq maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha ham bir necha qismlarga bo’linadi. Bu qismlar davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlaridan tarkib topadi. Kapital qo’yilmalar, dotatsiyalar, subventsiyalar, subsidiyalar, davlat

byudjeti ssudalari, ish haqi, ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy remont, kantselyariya va xo’jalik xarajatlarini davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlari sifatida ko’rsatish mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining ma’lum aniq maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha turkumlanishi davlat byudjeti mablag’la-ridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.



Davlat byudjetini iqtisodiy nuqtai nazardan turkumlarga ajratish bilan birga xarajatlarning tashkiliy jihatidan ham guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar, assotsiatsiyalar, birlashmalar, kontsernlar, kompaniyalar va h.k.), davlat byudjeti xarajatlari va hududiy belgilar yotishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining yuqori tashkilotlar bo’yicha guruhlanishi davlat byudjeti mablag’larini aniq oluvchilarni ko’rsatadi va ular tarmoq ichida pul fondlarini shakl-lantirishda mas’ul bo’lib, ajratilgan davlat byudjeti mablag’-laridan o’z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan javobgardirlar.

Davlat byudjeti xarajatlarini hududiy belgiga mos holda bo’linishi ular markazlashuvining turli darajalarini o’zida aks ettiradi. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining xarajatlari respublika va mahalliy byudjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi.

Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat69:


    • ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

    • nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;

    • iqtisodiyot xarajatlari;

    • markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;

    • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;

    • sudlarni saqlab turish xarajatlari;

    • fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;

    • boshqa xarajatlar.

Davlat byudjetining xarajat qismi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpo-g’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudje-tining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalari hisobga olinadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, davlat byudjeti xarajatlarining hajmi davlat byudjeti daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda davlat byudjeti xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo’ja- likda pul fondlarini shakllantirishda davlat byudjeti mablag’-laridan foydalanishning shunday muddatlarini o’rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin. Boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning o’sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo’jalikdagi proportsiyalarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xo’jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni dolzarb muammoga aylantirib qo’yadi. Bunda milliy xo’jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo’lgan daromadlarning qo’shimcha ravishda o’sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning o’zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muam- molarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xo’jalikning yakuniy natijasi davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy tuzilishiga, davlat byudjeti mablag’laridan to’g’ri, tejamli va samarali foydalanishga bevosita bog’liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining ilmiy asoslangan holda rejalashtirilishiga, davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish ustidan o’rnatilgan moliyaviy nazorat tizimiga alohida e’tibor berish lozim.

Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositalaridan biri ham davlat byudjetining xarajat-laridir. Moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy xo’jalikdagi oqilona nisbat (proportsiya)larni ta’minlash maqsadida davlat byudjeti

mablag’larini tarmoqlar va hududlar bo’yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va metodlari majmui tushuniladi. Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga solishning ob’yektiv zarurligi katta o’zgaruvchanlik bilan

Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byud-jetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan

tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’yektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag’larini taqdim etishning o’ziga xos bo’lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir printsiplarga tayanadi. Byudjetdan moliya- lashtirishning printsiplari, shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy elementlari bo’lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan paytda byudjetdan oqilona va samarali moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.

Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, moliyalashtirish printsiplari muhim rol o’ynaydi. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan byudjetdan moliyalashtirishning printsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy printsiplar byudjetdan mablag’ oladigan barcha sub’yektlarning faoliyatiga tegish-lidir. Xususiy printsiplar esa sub’yektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog’liq ravishda davlat byudjeti mablag’larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.

Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy printsiplari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:



  • minimum xarajatlardan maksimum samara olish;

  • davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi;

  • ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan mablag’lardan foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat byudjeti mablag’larini taqdim etish.

Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamo-yillar bilan birgalikda xususiy printsiplardan ham foyda-laniladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

–davlat byudjeti mablag’larini faqat ishlab chiqarishni kengay- tirish xarajatlariga ajratish;



  • davlat byudjeti mablag’larining miqdorini aniqlashda “qoldiq” yondashuvidan foydalanish;

  • byudjetdan moliyalashtirish rejalashtirilayotgan xara-jatlardan kredit metodini ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;

  • korxonalarning moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish printsipi va boshqalar.

Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirishning turli shakl-laridan foydalaniladi subsidiya, davlat byudjeti ssudalari, baholardagi farqni qoplash va boshqalar byudjetdan moliyalashtirishning shakllaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:



    1. Abdullaev Yo.A., Srojiddinova Z.X., Usipbaev N.I. Gosudarstvennie finansi Respubliki Uzbekistan. Uchebnoe posobie. – T.: TFI, 2001.

    2. Aleksandrov I.M. Byudjetnaya sistema Rossiyskoy Federatsii: Uchebnik. –M.: Dashkov i K, 2006.

    3. Alle M. Za reformu nalogovoy sistemi / Per. s fr. – M. 2001.

    4. Afanasev M. Byudjetnaya politika i byudjetniy protsess. Materiali k lektsiyam. Ch.1,2. – M.: GU VShE, 2000.

    5. Afanasev M. Predposilki kontseptsii byudjetnogo ustroystva i byudjetnogo protsessa // Voprosi ekonomiki, 2000. №11.

    6. Amerika Qo’shma Shtatlarining federal byudjet tizimi: shakllantirish, muvofiqlashtirish va ijro etish tamoyillari. - T.: Fan, 2004.

    7. Babich A., Pavlova L. Gosudarstvennie i munitsipalnie finansi: Uchebnik dlya vuzov. – M.: Finansi: YuNITI, 1999.

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling