Davlat xarajatlari tahlili va taqsimot siyosati Reja: Davlat byudjeti harajatlari tahlili


Download 74 Kb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi74 Kb.
#192101
1   2   3
Bog'liq
davlat harajatlari

Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish idoralari, davlat byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan davlat byudjeti xara-jatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subventsiya shaklida ko’rsatiladigan, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xara-jatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar davlat byudjetiningjoriy xarajatlari deyiladi.


Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra davlat byud-jetining xarajatlari iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlariga bo’linadi. Bu xarajatlarga, dastlab, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo’lga

korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi.



Davlat byudjetiningijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog’liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining shaxsiy, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan. Bunda davlat byudjetining xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni to’liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman (markazlash-tirilmagan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, davlat byudjeti mablag’larining katta qismidan shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o’rtasidagi farqlarni qoplash, ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli bo’lgan qismini shakllantirishda keng foyda-laniladi.

Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo’yicha guruhlarga ajratishga asos qilib milliy iqtisodiyotning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo’linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq ravishda davlat byudjeti xarajatlari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bo’linishi mumkin.

Davlat byudjeti xarajatlari milliy iqtisodiyot (xo’jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bo’linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarini aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo’jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo’nalishga o’zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi davlat byudjeti mablag’-larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo’llab- quvvatlashga yo’naltirish imkonini bera-yapti. Bir vaqtning o’zida iqtisodiyotning ustuvor tarmoq-larini (mashinasozlik, qishloq xo’jaligi, elektroenergetika va boshqalar) keng ko’lamlarda byudjetdan moliyalashti-rilishi

ham ta’minlanmoqda.




Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling