Davlat xaridlari to‘G‘risida


-modda. Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/45
Sana14.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1356491
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
O‘RQ-684 22.04.2021

76-modda. Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati 
Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati davlat xaridlarini rivojlantirish va 
takomillashtirishga ko‘maklashish, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari 
buzilishlarining oldini olish va ularni aniqlash hamda davlat buyurtmachilarini, vakolatli davlat 
organlarini aniqlangan qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish maqsadida amalga oshiriladi. 
Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati ochiqlik va shaffoflik 
prinsiplarini ro‘yobga chiqarish vositasida amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari 
va ommaviy axborot vositalari davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan 
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli. 
Jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari: 
davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashga; 
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish va shartnomalarni bajarishning borishi 
to‘g‘risida axborot taqdim etish haqidagi so‘rovlarni davlat buyurtmachilariga yuborishga


xarid qilish tartib-taomillari yuzasidan mustaqil monitoringni va davlat xaridlari 
samaradorligini baholashni, shu jumladan ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini baholashni 
amalga oshirishga; 
tekshiruv tadbirlarini o‘tkazish tashabbusi bilan davlat organlariga murojaat qilishga; 
davlat buyurtmachisi, davlat xaridlari elektron tizimi operatori, vakolatli organ, xarid 
komissiyalari va ularning a’zolari harakatlarida (harakatsizligida) qoidabuzarliklar aniqlangan 
hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga; 
qonunchilikka muvofiq sudga murojaat qilishga haqli. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling