Davlat xaridlari to‘G‘risida


-bob. Davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/45
Sana14.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1356491
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
Bog'liq
O‘RQ-684 22.04.2021

4-bob. Davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar 
26-modda. Davlat xaridlari jarayoni 
Davlat xaridlari jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
davlat xaridlarini rejalashtirish
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish; 
shartnomani tuzish va bajarish
davlat xaridlari monitoringi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasining Investitsiya dasturiga va boshqa davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni 
“foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlari asosida “fast-track” usulida (bir vaqtning o‘zida 
loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi. 
27-modda. Maxsus axborot portali 
Maxsus axborot portali vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga 
oshirilishi to‘g‘risidagi e’lonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi 
axborotni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda ko‘zdan kechirishni, 
shuningdek amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari to‘g‘risida davlat xaridlari elektron 
tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni to‘plashni ta’minlovchi 
veb-saytdir (maxsus elektron platforma). 
Maxsus axborot portalida: 
davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborotning jamoatchilik uchun ochiqligi
davlat xaridlari sohasidagi axborotni jamlash, unga ishlov berish va tahliliy hisobotni 
shakllantirish; 
davlat xaridlarining elektron tizimlari va boshqa axborot tizimlari bilan hamkorlikni amalga 
oshirish; 
xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat 
organlari tomonidan davlat xaridlari subyektlarining o‘z vazifalarini ushbu Qonun va davlat xaridlari 
sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablari doirasida amalga oshirayotganligi ustidan 
monitoring va nazorat o‘tkazish ta’minlanadi. 
Maxsus axborot portalida davlat xaridlarini rejalashtirish, xarid qilish tartib-taomillarini 
amalga oshirish, shartnoma tuzish, davlat xaridlari monitoringi va nazoratini o‘tkazish jarayonlari 
tizimlashtiriladi. 


Budjet buyurtmachilarining davlat xaridlari bo‘yicha to‘lovlari maxsus axborot portalida 
davlat xaridlarini rejalashtirish, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish, shartnoma tuzish va 
ular to‘g‘risida axborot joylashtirish jarayonlari tugaganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining G‘aznachiligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-sonli 
“Davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi 
qarori


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling