Davlat buyurtmachilari, davlat xaridlari
elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan
tashkilotlar, ekspert tashkilotlari davlat xaridlarini amalga oshirish
uchun quyidagilarni nazarda
tutuvchi Odob-axloq qoidalarini qabul qiladi:
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish chora-tadbirlari;
tegishli xodimlarning kasbiy tayyorgarligini amalga oshirish tartib-taomillari va unga doir
talablar.
Odob-axloq qoidalarida
davlat buyurtmachilari, davlat xaridlari elektron tizimining
operatori,
ixtisoslashgan tashkilotlar, ekspert tashkilotlari xodimlarining,
xarid komissiyasi
a’zolarining kasbga doir va xizmatdan tashqari faoliyatida odob-axloqning yagona prinsiplari va
qoidalari, kasbiy tayyorgarligiga doir talablar belgilanadi.
Davlat buyurtmachisining va davlat xaridlari elektron tizimi operatorining mas’ul shaxslari,
ixtisoslashgan va ekspert
tashkilotlarining xodimlari, xarid komissiyasi a’zolari, shuningdek
ekspertlar tomonidan ishtirokchilar hamda ijrochilardan moddiy va
nomoddiy boyliklarni olish
taqiqlanadi.
Odob-axloq qoidalari davlat buyurtmachilarining yoki ularning yuqori turuvchi
organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: