Davlat xaridlari to‘G‘risida


-modda. Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/45
Sana14.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1356491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
O‘RQ-684 22.04.2021

5-modda. Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari 
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 
kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik; 
asoslanganlik; 
moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi
ochiqlik va shaffoflik; 
raqobat va xolislik
mutanosiblik; 
davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi; 
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik. 
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida 
qo‘llanilishi kerak. 
6-modda. Kasbiy mahorat va mas’uliyatlilik prinsipi 
Davlat buyurtmachisi, davlat xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilot 
mas’ul shaxslarining kasbiy mahorati tegishli bo‘linmalar xodimlariga nisbatan soha bo‘yicha 
ma’lumoti bo‘lishi, malakasini muntazam ravishda oshirishi, bosqichma-bosqich amaliy tajribaga ega 
bo‘lib borishi va kasbiy faoliyati to‘g‘risidagi talablarni belgilash yo‘li bilan ta’minlanadi. 
Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul 
bo‘lgan shaxsni belgilashi shart. 
Kasbiy mahoratga ega bo‘lish maqsadida xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va 
o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning malakasini muntazam ravishda oshirib borish davlat 
xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan o‘qitishni tashkil etish orqali ta’minlanadi. 
Manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomilini tashkil etish va 
o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs bajariladigan vazifalardan chetlashtirilishi lozim. 
7-modda. Asoslanganlik prinsipi 
Davlat xaridlari davlat buyurtmachisining o‘z oldida turgan vazifalarni hal etishni 
ta’minlaydigan haqiqiy talablari va ehtiyojlarini samarali qanoatlantirish uchun davlat xaridlarini 
o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi va zarurligi, tovarni (ishni, xizmatni) tanlashning, uning 
iste’mol xususiyatlari (tavsifi), sifat ko‘rsatkichlarining va qiymatining asoslanganligi hisobga 
olingan holda amalga oshirilishi kerak. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling