Davlat xaridlari to‘G‘risida
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-684 22.04.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solish 16-modda. Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari
15-modda. Maxfiylik
Davlat buyurtmachisining yoki davlat xaridlari elektron tizimi operatorining xodimi o‘zining davlat xaridlari ijrochilari yoki har qanday boshqa shaxs bilan munosabatlarida, agar bunday axborotni oshkor etmaslik davlat xavfsizligi manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lsa yoki agar bunday axborotning oshkor etilishi qonunchilikka zid bo‘lsa, ularga rioya etilishini ta’minlashga monelik qilsa, davlat xaridlari subyektlarining qonuniy manfaatlariga zarar yetkazsa yoxud insofli raqobatga to‘sqinlik qilsa, agar davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bunday axborotni oshkor etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, hech bir axborotni oshkor etishga haqli emas. Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bunday axborotni oshkor etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu qarorning shartlariga rioya etiladi. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etib, uning xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etishi bilan bog‘liq taklifda o‘zi ko‘rsatgan barcha ma’lumotlarning e’lon qilinishiga rozilik bildiradi. 2-bob. Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solish 16-modda. Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari: davlatning strategik maqsadlari va vazifalariga erishish; davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini va boshqa davlat dasturlarini bajarish; davlatning ijtimoiy vazifalarni hal qilish bo‘yicha funksiyalarini bajarish; davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat xaridlari subyektlariga qulay muhitni shakllantirishdan, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaga va qonunchilikning boshqacha tarzda buzilishlariga qarshi kurashishdan iborat. Davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ustuvorliklari, shu jumladan yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarning yaratilishi, qulay ekologik vaziyatning saqlanishi hisobga olinadi. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda kamida uchta mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etsa, agar O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga ko‘ra ushbu mahalliy ishlab chiqaruvchilarga takliflarni baholashda foydalaniladigan imtiyozlar va preferensiyalar berilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi chet davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin. Bunday davlat xaridini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida belgilanadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling