Davlat xaridlari to‘G‘risida


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/45
Sana14.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1356491
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
O‘RQ-684 22.04.2021

15-modda. Maxfiylik 


Davlat buyurtmachisining yoki davlat xaridlari elektron tizimi operatorining xodimi 
o‘zining davlat xaridlari ijrochilari yoki har qanday boshqa shaxs bilan munosabatlarida, agar bunday 
axborotni oshkor etmaslik davlat xavfsizligi manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lsa yoki agar 
bunday axborotning oshkor etilishi qonunchilikka zid bo‘lsa, ularga rioya etilishini ta’minlashga 
monelik qilsa, davlat xaridlari subyektlarining qonuniy manfaatlariga zarar yetkazsa yoxud insofli 
raqobatga to‘sqinlik qilsa, agar davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bunday axborotni oshkor 
etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, hech bir axborotni oshkor etishga haqli emas.
Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bunday axborotni oshkor etish to‘g‘risida qaror 
qabul qilgan taqdirda, ushbu qarorning shartlariga rioya etiladi. 
Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etib, uning 
xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etishi bilan bog‘liq taklifda o‘zi ko‘rsatgan barcha 
ma’lumotlarning e’lon qilinishiga rozilik bildiradi. 
2-bob. Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solish 
16-modda. Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy 
maqsadlari 
Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari: 
davlatning strategik maqsadlari va vazifalariga erishish; 
davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini 
ta’minlash; 
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini va boshqa davlat dasturlarini bajarish
davlatning ijtimoiy vazifalarni hal qilish bo‘yicha funksiyalarini bajarish; 
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat xaridlari subyektlariga qulay muhitni 
shakllantirishdan, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaga va qonunchilikning 
boshqacha tarzda buzilishlariga qarshi kurashishdan iborat. 
Davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ustuvorliklari, shu jumladan 
yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarning yaratilishi, qulay ekologik vaziyatning 
saqlanishi hisobga olinadi. 
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar 
bilan bir qatorda kamida uchta mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etsa, agar O‘zbekiston 
Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga ko‘ra ushbu mahalliy ishlab chiqaruvchilarga 
takliflarni baholashda foydalaniladigan imtiyozlar va preferensiyalar berilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovarlarning 
(ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi chet davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin. 
Bunday davlat xaridini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida 
belgilanadi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling