Mavzu: Quritishning turli XIL variantida havo va issiqlikning sarf bo’lishi. Maqsad


Download 321.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.09.2023
Hajmi321.71 Kb.
#1683356
  1   2   3
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot (1)



Mavzu: Quritishning turli xil variantida havo va issiqlikning sarf 
bo’lishi. 
 
Maqsad: Quritishnng turli xil variantlari bilan tanishish va har bir variantda 
havo va issiqlikning sarf bo’lishini hisoblash. 
Nazariy qism. 
Qattiq va pastasimon materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish 
jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik qattiq faza tarkibidan gaz (yoki 
bug’) fazasiga o’tadi. 
Nam materialni quritish jarayonini sanoatda tashkil etish katta ahamiyatga 
ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzonlashadi, ularning 
tegishli xossalari yaxshilanadi, apparat va trubalarning korroziyaga uchrashi 
kamayadi. 
Materialni uch xil usulda: mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida 
suvsizlantirish mumkin. 
Mexanik usulda suvsizlantirish tarkibida ko’p miqdorda suv tutgan 
materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish 
yoki sentrifugalarda markazdan qochma kuch yordamida ajratib olinadi. Odatda, 
mexanik yo’l bilan namlikni ajratish – materiallarni suvsizlantirishda birinchi 
bosqich hisoblanadi. Mexanik suvsizlantirishdan so’ng materilda yana bir qism 
namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yo’li bilan 
ajratib chiqariladi. 
Fizik-kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish laboratoriya 
sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o’ziga tortuvchi moddalar (masalan, H
2
SO
2

CaCl
2
) dan foydalanishga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda 
ustiga nam material joylashtirish yo’li bilan uni suvsizlantirish mumkin. 
Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish (quritish) kimyo sanoatida keng ishlatiladi. 
Quritish ko’pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan 
oldingi jarayon hisoblanadi. 
Quritish ikki xil (tabiiy va sun’iy) yo’l bilan olib boriladi. Materialni ochiq 
havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq davom etadi. 
Kimyo va farmatsevtika sanoatlarida materiallarni suvsizlantirish uchun 
sun’iy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon quritkich qurilmalarida olib boriladi. 
Issiqlik tashuvchi reagentning quritilayotgan material bilan o’zaro 
ta’sirlashuv usuliga ko’ra quritish quyidagi turlarga bo’linadi: 
1) konvektiv quritish – nam material bilan qurituvchi reagent to’g’ridan-
to’g’ri o’zaro aralashadi; 
2) kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi reagent va nam material o’rtasida 
ularni ajratib turuvchi devor bo’ladi; 
3) radiatsiyali quritish – issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi; 
4) dielektrik quritish – material yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi; 
5) sublimatsion quritish – material muzlagan holda, yuqori vakuum ostida 
suvsizlantiriladi. 
Radiatsiyali, dielektrik, sublimatsion quritish – maxsus quritish usullariga 
kiradi. 


Qattiq material va nam havo o’zaro ta’sir ettirilganda asosan ikki xil jarayon 
sodir bo’ladi: 1) quritish (materialdan namlikning desorbsiyalanishi, agar P
m
>P
h
); 
2) namlanish (namlikning material tomonidan sorbsiyalanishi, agar P
m

h
; bu yerda 
P
m
– bug’ning material yuzasidagi parsial bosimi; P
h
– bug’ning havo yoki gazdagi 
parsial bosimi). 
Quritish paytida P
m
 ning qiymati kamayadi va P
m
=P

chegarasiga yaqinlashib 
boradi. Bunday holat dinamik muvozanat holati deb ataladi, materialning bu 
muvozanat holatiga to’g’ri kelgan namligi muvozanat namligi deyiladi. 
Materialning muvozanat namligi W
m
suv bug’ining material ustidagi parsial 
bosimiga yoki unga proporsional bo’lgan havoning nisbiy namligiga bog’liq va u 
tajriba yo’li bilan topiladi.
 

f
W
m

funksiya o’zgarmas temperatura sharoitida 
aniqlanadi, shu sababli u izotermani tashkil qiladi. 
1-rasmdagi 1 egri chiziq nam materialni quritish jarayoni uchun hosil qilingan 
va u desorbsiyalanish izotermasi deyiladi. 
2 egri chiziq esa quruq materialni namlash uchun hosil qilingan, u 

Download 321.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling