Suv ta’minotini mexanizatsiyalash Reja: Suv nasosi va suv ko‘taruvchi inshootlar Suv o‘tkazish tarmoqlari va bosim inshootlari Chorva mollarini sug‘orish uchun avtosug‘orgich va jihozlar


Download 0.9 Mb.
bet1/7
Sana07.03.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1244318
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suv ta’minotini mexanizatsiyalash

Suv ta’minotini mexanizatsiyalash Reja: 1.Suv nasosi va suv ko‘taruvchi inshootlar 2. Suv o‘tkazish tarmoqlari va bosim inshootlari 3. Chorva mollarini sug‘orish uchun avtosug‘orgich va jihozlar

SUV NASOSI VA SUV KO‘TARUVCHI INSHOOTLAR

Qishloq xo‘jaligida suvdan maishiy-xo‘jalik ehtiyojlari uchun, ishlab chiqarish maqsadlarida va o‘t o‘chirishda foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini yetarli miqdorda suv bilan ta’minlash ishlab chiqarishning rivoji, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorining ko‘payishi, mehnat unumdorligining oshishi va sanitariya-gigiyena sharoitlarining yaxshilanishi uchun muhim omillardan biridir.

Qishloq xo‘jaligi sanoatini suv bilan ta’minlash uchun suv o‘tkazgichlar quriladi. Suv o‘tkazgich quyidagi asosiy elementlardan iborat: suv olish inshooti, suv ko‘targich (nasos stansiyasi); tozalash inshooti, katta rezervuarli bosim minorasi; suv o‘tkazgichlar, suv o‘tkazgich tarmoqlari va suv olish qurilmalari.

57-rasmda yer yuzidagi suv manbayidan suv bilan ta’minlash sxemasi ko‘rsatilgan. Suv manbayidan qabul qilgich 1 va quvur 2 orqali o‘z oqimi bilan kelib, qabul qiluvchi quduq 3 ga tushadi, undan birinchi ko‘tarish nasos stansiyasi 4 ning nasoslari yordamida tozalash inshootlari 5 ga uzatiladi. Tozalangan va zarar-


3
4
5
6
7
8
9
10

1—suv qabul qilgich; 2—o‘z oqimli quvur; 3—qabul qiluvchi quduq; 4—suvni birlamchi ko‘tarish nasos stansiyasi; 5—tozalash inshootlari; 6—toza suv

rezervuari; 7—suvni ikkilamchi ko‘tarish nasos stansiyasi; 8—bosim minorasi; 9—suv iste’molchi; 10—tashqi suv o‘tkazgich tarmog‘i.

sizlantirilgan suv, toza suv rezervuari 6 ga yig‘iladi. So‘ngra ikkinchi ko‘tarish nasos stansiyasi 7 ning nasoslari bilan suv o‘tkazgichlar orqali bosim minorasi 8 ga uzatiladi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling