Suv ta’minotini mexanizatsiyalash Reja: Suv nasosi va suv ko‘taruvchi inshootlar Suv o‘tkazish tarmoqlari va bosim inshootlari Chorva mollarini sug‘orish uchun avtosug‘orgich va jihozlar
Download 0.9 Mb.
|
Suv ta’minotini mexanizatsiyalash
Suv o‘tkazish tarmog‘i. Chorvachilik fermalarini suv bilan ta’minlash uchun daryo, ko‘llar, sun’iy suv havzalari, yerosti manbalari va atmosfera suvlaridan foydalanish mumkin. Yer yuzidagi suvlar (daryo, kanal va suv havzalari suvlari) sanitariya holati jihatidan yerosti suvlariga qaraganda yomonroq, chunki u har xil narsalar bilan ifloslanishi oson, bunday suvning miqdori va sifati, shuningdek, temperaturasi ham yil fasliga qarab o‘zgarib turadi. Bunday suvlar tozalab turishni talab qiladi, bu esa uni ancha qimmatlashtiradi. Masalan, yer yuzasidagi manbadan olinadigan va sust filtrda tozalanadigan 1m3 suvning qiymati 1m3 yerosti suvinikiga qaraganda taxminan 4 barobar ortiq.Yerosti suvlaridan suv bilan ta’minlash manbayi sifatida keng foydalaniladi. Odatda, ular yer yuzidagi suvlarga qaraganda sifati jihatidan afzal turadi, temperaturasi ham uncha o‘zgarmaydi. Yerosti suvlari yog‘in va yerosti suvlarini filtrlovchi gruntlar (qum, shag‘al, mayda tosh va boshqalar) qatlamidan sizib o‘tib, suv o‘tkazmaydigan qatlamlar (loy, mergel va boshqalar) ustidato‘planishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday suvlar suv o‘tkazadigan tog‘ jinslarining g‘ovaklarini va bo‘shliqlarini to‘ldiradi. Yerosti suvlari erkin sizot suvlarga va qatlamlararo (bosimsiz va bosimli) suvlarga bo‘linadi.Erkin sizot suvlar yer sirtida eng yaqin suv o‘tkazmaydigan birinchi qatlam ustida ancha yuza joylashgan bo‘ladi. Bunday suvlar sifat jihatidan ko‘pincha hayvonlarni sug‘orish uchun to‘la yaroqli bo‘ladi; biroq suv bilan birga sizib o‘tgan narsalar bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin.Qatlamlararo yerosti suvlari o‘tkazmaydigan ikki qatlam orasida joylashadi. Ular bosimli (artezian) va bosimsiz bo‘lishi mumkin. Agar qatlamlar qiya joylashgan va suv shu ikki qatlam orasidagi jinsni butun qalinligini to‘ldirgan bo‘lsa, suv bosim ostida bo‘ladi, binobarin, bunday joylarga qurilgan quduq yoki skvajinalarda suv o‘z bosimi bilan yuqoriga ko‘tariladi. Agar suv skvajinadan fontan bo‘lib otilsa, bunday manba otilib chiqadigan manba deyiladi. Ba’zan qatlamlararo suvlar suv saqlaydigan qatlamni batamom to‘ldirmaydi, ya’ni erkin yuzaga ega bo‘ladi; bunday holda manba bosimsiz bo‘ladi. Bosimsiz yerosti suvlari yer sirtiga qaynar buloq yoki oqar buloq shaklida bo‘lishi mumkin.Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling