Silindrdagi yuqori sath bilan suyuqlik ko‘tarilgan eng yuqori sathlarning farqi haydash balandligi deyiladi. So‘rish balandligi bilan haydash balandligining yig‘indisi Hst =Hs+Hh nasosning tortish balandligi yoki to‘liq statik bosimdan iboratdir. Porshenli nasoslarning ishchi silindrlaridagi suyuqlik ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi porshen yoki plunjer vositasida, krivoshið-shatunli mexanizmlar yordamida, haydash quvuriga siqib chiqariladi. Porshenli nasoslar turlari, tuzilishi va qo‘llanish sohalari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Porshenlarning ko‘rinishi bo‘yicha porshenli va plunjerli nasoslar guruhi mavjud. Porshenlar (plunjerlar) soniga ko‘ra, bir va undan ortiq porshenli (plunjerli) nasoslar mavjud. Ishchi silindrlarning nasos qobig‘ida joylashuviga ko‘ra gorizontal va vertikal silindrli nasoslar bo‘ladi. Barcha porshenli (plunjerli) nasoslar ishlash prinsiðiga ko‘ra oddiy, ikki bosqichli va ko‘p bosqichli bo‘lishi mumkin. Ishchi bosim qiymatiga ko‘ra past va yuqori bosimli nasoslar turkumi mavjud. Oddiy porshenli nasosda suyuqlik porshenning oldingi tomoni bilan bir tomonga (ishchi kameraga) so‘riladi va undan haydaladi. Suyuqlikni so‘rish jarayonida porshen 2 ishchi silindr 1 bo‘ylab o‘ng tomonga suriladi. Bu paytda ishchi kamera hajmi kattalashadi, undagi bosim atmosfera bosimidan kichik (vakuum) bo‘ladi. Natijada, suyuqlik bosimi va vakuum qiymatlarining farqi ta’sirida klapan 3 ochilib, suyuqlik ishchi kamerani to‘ldiradi. Bu paytda haydash klapani 4 yopiq bo‘ladi. Porshen o‘ng chetki holatni egallagach, uning harakat yo‘nalishi teskari tomonga (chapga) o‘zgaradi ADABIYOT Iofinov S. A., Babenko E.P., Zuyev Y.A. Mashina-traktor parkidan foydalanishga oid spravochnik. T., „Mehnat“, 1988. Shoumarova M., Abdullayev T. Qishloq xo‘jaligi mashinalari T., „O‘qituvchi“, 2002. B.M.Tojiboyev. Chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish. T., „Mehnat“, 2002. B.M. Tojiboyev, A.S.Sirojiddinov. Chorvachilik va chorvachilikni mexanizatsiyalashga oid ruscha-o‘zbekcha lug‘at. T., Uzgiðrozem, 1994. 5. Matchonov R.D., Usmonov A.S. Agrosanoat mashinalari. Ma’lumotnoma. T., „Yangi asr avlodi“, — 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |