Bundan tashqari, markazdan qochma nasoslar korpusining valga nisbatan biriktirilishiga qarab o‘q bo‘yicha va tores bo‘yicha ajraladigan xillariga bo‘linadi. Korpusi o‘q bo‘yicha ajraladigan nasoslar qurilish ekspluatatsiya amaliyoti talablariga yaxshiroq javob beradi, chunki stansiyaning mashina vali o‘lchamlarini kichraytirishni ta’minlaydi va markazdan qochma nasosni so‘rish trubasini olmay, qismlarga ajratishga imkon beradi. Markazdan qochma nasoslarning asosiy qismlari korpus, valga o‘rnatilgan aylanuvchi ish g‘ildiraklari bo‘lib, valga bir yoki bir necha ish g‘ildiragi o‘rnatish mumkin. Birinchi holda nasos bir g‘ildirakli yoki bir bosqichli deyiladi. Ikkinchi holda esa u ko‘p bosqichli deyiladi. Bir bosqichli markazdan qochma nasoslar kichik bosimli nasoslar gruppasiga taalluqli bo‘lib, bosimni oshirish uchun valga bir necha ish g‘ildiragi o‘rnatiladi. Bu holda bosim ish g‘ildiraklari nechta bo‘lsa, taxminan shuncha ortadi. Odatda markazdan qochma nasoslarning bosqichlari soni o‘n ikkitadan oshmaydi. Markazdan qochma nasoslarning boshqa turdagi nasoslardan asosiy ustunligi ularning ixchamligidir. Bu nasoslarda turli inersiya kuchlarini vujudga keltiradigan ilgarilanma-qaytma harakatning yo‘qligi sababli ularning poydevori ham ixcham bo‘ladi. Natijada nasos va unga tegishli asosning, xizmat va ta’mirlash ishlarining qiymati kam bo‘ladi. Porshenli nasoslar. Porshen (plunjer) ilgarilanma (oldinga) harakat qilganda esa ish bo‘lmasidagi bosim ortib, so‘rish klapani yopiladi. Bo‘lmadagi bosim ortishida davom etib haydashga yetarli bosimga yetganida haydash klapani ochilib, suyuqlik haydash trubasiga o‘ta boshlaydi. Suyuqlikni haydash porshen eng chekka haydash chegarasiga yetguncha davom etadi. Nasosni ishga tushirganimizda u avval so‘rish trubasidagi havoni tortadi va suyuqlik so‘rish trubasiga ko‘tariladi. Nasos biroz vaqt ishlagandan so‘ng so‘rish trubasi va silindrdagi havo haydab chiqarilib, suyuqlik silindrni to‘ldiradi. Shundan so‘ng nasos moslangan tartibda ishlay boshlaydi. Natijada ta’minlovchi idishdagi suyuqlik qabul qiluvchi idishga o‘ta boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |