Davlat xaridlari to‘G‘risida


-modda. Davlat xaridlari sohasidagi monitoring va nazorat


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/45
Sana14.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1356491
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
O‘RQ-684 22.04.2021

74-modda. Davlat xaridlari sohasidagi monitoring va nazorat 
Davlat xaridlari sohasidagi monitoring davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya 
etilishini, davlat xaridlarining ushbu Qonunda belgilangan maqsadlari, prinsiplari va cheklovlari 
amalga oshirilishini davlat xaridlarining o‘tkazilishi haqidagi axborotni to‘plash, umumlashtirish
tizimlashtirish va baholash orqali doimiy asosda kuzatish tizimidir. 
Davlat xaridlari sohasidagi nazorat mazkur sohadagi qonunchilik talablari buzilishining 
oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidir. 
Qonunchilikda belgilangan tartibda statistik va boshqa axborotni taqqoslash hamda tahlil 
qilish orqali amalga oshiriladigan tekshirishlar davlat organlarining davlat xaridlari to‘g‘risidagi 
qonunchilikka rioya etishi ustidan nazorat qilishning asosiy shaklidir. 
Davlat xaridlari sohasidagi monitoring va nazorat tegishli vakolatli davlat organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat xaridlarini amalga oshiruvchi davlat organlari o‘z tasarrufidagi davlat 
buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari bo‘yicha monitoring va nazorat 
o‘tkazishga haqlidir. 
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish chog‘ida qonunchilikda nazarda 
tutilmagan tekshirishlar o‘tkazilishiga va hisobot berish shakllarini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
75-modda. Xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazorati 
Ushbu Qonunning va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlarining to‘g‘ri 
qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini quyidagilar o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi: 
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; 
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; 
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi. 
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga 
oshirilgan davlat xaridlarini auditdan o‘tkazadi va audit natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasiga har yilning yakuni bo‘yicha kiritadigan hisobotida ko‘rsatadi, 
shuningdek ochiq axborot manbalariga joylashtiradi. 
Ushbu Qonunning va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlarining to‘g‘ri 
qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatli davlat organlari ham 
o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling