Davlat xizmati asoslari fanidan mustaqil ishi


Download 134.46 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi134.46 Kb.
#1464673
  1   2   3
Bog'liq
Davlat xizmati asoslari




O’ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI

SIYOSATSHUNOSLIK YO’NALISHI TALABASI



DAVLAT XIZMATI ASOSLARI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Davlat xizmatining asosiy prisiplari, oshkoralik prinsipi

33 - 20 GURUH
Bajardi: Normuhammedov N. ____
Qabul qildi: Omonov B. ____

Toshkent – 2022

REJA:
1)Kirish.
2)Asosiy qisim.
3)Oshkoralik prinsipi haqida.
4) Xulosa.
5)Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Mamlakatimizda demokratik islohotlarning tizimli, bosqichma-bosqich, eng avvalo, inson manfaatlarini koʼzlab amalga oshirilayotgani erkin va demokratik saylovlarni oʼtkazishda muhim oʼrin tutadi. Saylovlar, Konstitutsiyada koʼrsatilgan mezonlar va printsiplar, saylov haqidagi qonunlar va normalarga toʼliq javob beradigan, ochiq va oshkora, bir soʼz bilan aytganda, saylovchilarimizning xohish-irodasini erkin namoyon qiladigan tarzda oʼtishi shart.
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan yangilikka koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʼtkazish uchun Oliy Majlis tomonidan faoliyatining asosiy printsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat boʼlgan Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.
Markaziy saylov komissiyasi oʼz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi. Komissiya aʼzolari Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi boʼyicha Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi. Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya aʼzolari orasidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi boʼyicha komissiya majlisida saylanadi.
Konstitutsiyaga kiritilgan oʼzgartish va qoʼshimchalar birinchidan, Markaziy saylov komissiyasini demokratik shakllantirishning konstitutsiyaviy ustuvor normalarini ifodalash imkonini berdi. Ikkinchidan, uning faoliyatini tashkil etishning eng muhim printsiplari boʼlmish mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik printsiplari Аsosiy qonunimizda qatʼiy mustahkamlab qoʼyildi. 2014 yil 4 sentyabrda qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonunga koʼra, “Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʼgʼrisida”gi qonunga ham tegishli oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritildi. Ushbu Qonunning 2-moddasi birinchi qismining yangi tahririga koʼra, Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy printsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilikdan iborat.



Download 134.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling