Davlat xususiy sherikligining mexanizmini samarali shakllantirishda davlat siyosati
-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Download 31.6 Kb.
|
DAVLAT XUSUSIY SHERIKLIGINING MEXANIZMINI SAMARALI SHAKLLANTIRISHDA DAVLAT SIYOSATI
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
10. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: davlat-xususiy sheriklik loyihalarining tashabbuskorlari va ishtirokchilaridan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi, texnik-iqtisodiy hamda moliyaviy ko‘rsatkichlarning bajarilish holati haqida axborot so‘rash hamda olish; vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan hujjatlar, statistika ma’lumotlari, tahliliy materiallar, xulosalar hamda boshqa axborotni so‘rash hamda olish; davlat-xususiy sheriklik loyihalarining davlat sheriklari va ishtirokchilaridan davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida budjet mablag‘lari va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘laridan maqsadli foydalanish haqidagi axborotni belgilangan tartibda olish, Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish; Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritish; Agentlik mutaxassislari va maslahatchilarini xorijiy davlatlarga belgilangan tartibda yuborish; davlat-xususiy sheriklik sohasidagi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlikda ishlash uchun belgilangan tartibda jalb qilish; konsalting va auditorlik kompaniyalar bilan hamkorlik qilish, muzokaralar o‘tkazish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzish; davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb qilish masadida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlik o‘rnatish; davlat-xususiy sheriklik sohasida mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazlari tashkil qilish. Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 11. Agentlik: davlat-xususiy sheriklik sohasidagi yagona davlat siyosatining sifatli va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat-xususiy sheriklik loyihalari tayyorlanishi va amalga oshirilishini uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun mas’ul. Download 31.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling