Davlat xususiy sherikligining mexanizmini samarali shakllantirishda davlat siyosati
Download 31.6 Kb.
|
DAVLAT XUSUSIY SHERIKLIGINING MEXANIZMINI SAMARALI SHAKLLANTIRISHDA DAVLAT SIYOSATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Referat ishining vazifalari.
- Referat ishining ilmiy va amaliy ahamiyati
- Referat ishining tuzilishi va hajmi.
- I BOB. Davlat xususiy sherikligining mexanizmini samarali shakllantirishda davlat siyosati 1.1. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasi
Referat ishining maqsadi Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat ro’lining o’zgarishi. Institutsional muhitni shakllantirish. Mahalliy-xususiy hamkorlik. DXSHda davlatning ishtiroki va tartibga solish tizimining usullari. DXSHning tamoyillari. DXSH ning huquqiy asoslari: “Davlat-xususiy sherikligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun osti hujjatlar.
Referat ishining vazifalari. Davlat-xususiy sherikligi mexanizmlaridan foydalanish orqali infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, ularni tizimli monitoring qilishda davlat va biznes oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlovchi maxsus organ mavjud emas. Referat ishining obyekti. 1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Savdo-sanoat palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligini (keyingi oʻrinlarda – Agentlik deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Referat ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholash uslubini ishlab chiqish, ushbu loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash; davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlash, shuningdek, loyihalar toʻgʻrisidagi axborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish; Referat ishining tuzilishi va hajmi. Referat ishi 22 betdan iborat bio‘lib, kirish, bitta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Xulosa va takliflar qismida referat ishi bo‘yicha asosiy natijalar umumlashtirib, asoslangan bir qator xulosa va takliflar berilgan. I BOB. Davlat xususiy sherikligining mexanizmini samarali shakllantirishda davlat siyosati 1.1. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasi Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va institutsional islohotlar investitsiya muhitini yaxshilashga, xorijiy va mahalliy investorlar sonining ortib borishiga koʻmaklashmoqda. Shu bilan birga, anʼanaviy ravishda davlat tasarrufida va boshqaruvida boʻlgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada toʻplanib qolgan muammo va kamchiliklar davlat-xususiy sheriklik tizimini joriy etishni jadallashtirish yuzasidan muhim choralar koʻrishni taqozo etmoqda. Ijtimoiy va kommunal sohalar, shaharsozlik va obodonlashtirish, yoʻl xoʻjaligi, energetika sohasidagi davlat monopoliyasi tovarlar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sifatini, davlat mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini pasaytirmoqda. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning tamoyillari, shartlari va yoʻnalishlarini belgilovchi huquqiy va institutsional baza, shuningdek, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda byudjet tizimiga moliyaviy, texnik va tijorat tavakkalchiliklarining taʼsirini baholash mexanizmi ishlab chiqilmagan. Davlat-xususiy sherikligi mexanizmlaridan foydalanish orqali infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, ularni tizimli monitoring qilishda davlat va biznes oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlovchi maxsus organ mavjud emas. Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan vazifalarni oʻzaro manfaatli sharoitlarda tezkorlik bilan hal etish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik tizimini samarali boshqarish va muvofiqlashtirish uchun institutsional imkoniyatlar kompleksini yaratish maqsadida: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Savdo-sanoat palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligini (keyingi oʻrinlarda – Agentlik deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. 2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholash uslubini ishlab chiqish, ushbu loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash; davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlash, shuningdek, loyihalar toʻgʻrisidagi axborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish; davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan, muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarga koʻmaklashish; davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, xalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish; davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama koʻmaklashish, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, shu jumladan, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni aniqlash va taqsimlash yuzasidan ularning takliflarini koʻrib chiqish; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan, loyihalarga jalb qilingan byudjet tizimi mablagʻlaridan foydalanilishini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilish. 3. Belgilansinki: Agentlik davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi va Oʻzbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, tanlov hujjatlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar loyihalari va ularga kiritiladigan oʻzgartirishlar majburiy tartibda Agentlik bilan kelishilishi lozim; Agentlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi, texnik-iqtisodiy hamda moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi axborotni ularning tashabbuskorlari va ishtirokchilaridan soʻrab olish huquqiga ega; Agentlikni taʼminlab turish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladi; Agentlikka direktor – Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari rahbarlik qiladi; Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi; Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan xodimlari, ekspertlari va maslahatchilari xizmatlariga haq toʻlash belgilangan tartibda xorijiy valyutada amalga oshirilishi mumkin. 4. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari, xalqaro va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari, moliya institutlari hamda boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari); yuridik va jismoniy shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 30 nafar etib belgilansin. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga: Agentlikning cheklangan soni va tuzilmasiga, zarur hollarda, oʻzgartirishlar kiritish; Agentlikning va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, egallab turgan asosiy lavozimi boʻyicha lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va ragʻbatlantiruvchi boshqa toʻlovlarni belgilash; xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilash huquqi berilsin. 6. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, zarur hollarda, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarni tashkil etsin, ularni boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni doirasida kamida ikki nafar malakali mutaxassis bilan taʼminlasin. 7. Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda: a) 2018 yil 1 dekabrgacha davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishi nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazib, yondashuvlar, tartiblar va ularni amalga oshirish mexanizmlari birxillashtirilishini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritsin; b) 2018 yil 1 dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; v) 2019 yil 1 yanvargacha quyidagilarga alohida eʼtibor qaratgan holda Oʻzbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin: iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha kesimida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha kompleks yondashuv va strategik vazifalar; davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va taʼminlash boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash; davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida xalqaro moliya institutlari, donor-davlatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni oʻrnatish. 8. Agentlik Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 26-uy manzilida begʻaraz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni belgilangan tartibda zarur aloqa bilan, shuningdek, yuqori tezlikda ishlaydigan Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanilishini taʼminlasin. 10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: bir hafta muddatda Agentlik tuzilmasi va nizomini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; bir oy muddatda Agentlikni yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash uchun zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni taʼminlasin; bir oy muddatda Agentlikni zarur mebel, jihozlar, kompyuter uskunalari, shuningdek, zarurat boʻlganda, transport vositalari bilan taʼminlasin; ikki oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z. Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G. K. Saidova va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – moliya vaziri J. A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini va faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi. Oldingi tahrirga qarang. 2. Agentlik O‘zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 09/20/259/0507-son) 3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 4. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. 5. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida davlat-xususiy sheriklik masalalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 6. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna hisob raqamlariga va bank hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va Agentlik nomi yozilgan blankalarga ega bo‘ladi. 7. Agentlikning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi; qisqartirilgani — DXSh agentligi; b) ingliz tilida: to‘liq — Public-private partnership development agency under Ministry of finance of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgani — PPP development agency; v) rus tilida: to‘liq — Agentstvo po razvitiyu gosudarstvenno-chastnogo partnerstva pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgani — Agentstvo GChP. Download 31.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling