Davlat yer kadastri yerlarni hisobga olish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar kafolatlanishini ta’minlash, yerning tabiiy xossalarini, yerdan foydalanishni har tomonlama o‘rganish va baholash maqsadida yuritiladi
Download 7.38 Kb.
|
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi tegishli qarori bilan
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi tegishli qarori bilan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda “Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan. Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir. Davlat yer kadastri yerlarni hisobga olish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar kafolatlanishini ta’minlash, yerning tabiiy xossalarini, yerdan foydalanishni har tomonlama o‘rganish va baholash maqsadida yuritiladi. Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bo‘yicha tashkil etiladi va ob’ektlarning huquqiy, xo‘jalik va arxitektura-qurilish maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimini tashkil etadi. Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlar mulkdorlari va bu ob’ektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek, binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash uchun axborot tizimi yordamida raqamli shaklda davlat tilida yuritiladi. Davlat yer kadastri va Binolar va inshootlar davlat kadastri bir biri bilan uzviy bog‘langan va doim bir birini to‘ldirib turadi. Albatta dastlab yer uchastkasi vujudga keladi, bunda yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planadi. Shundan so‘ng, vujudga kelgan yer uchastkasida bino inshootlar vujudga keladi. Binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, aholi punktlarining bosh rejalariga, qishloq va mahalla fuqarolari yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga va boshqa shaharsozlik hujjatlariga, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), egallab turgan yer uchastkasi, qurilgan sanasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarning mavjudligi, seysmik chidamliligi to‘g‘risidagi va boshqa texnik ma’lumotlar to‘planadi. Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir. Davlat yer kadastri yerlarni hisobga olish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar kafolatlanishini ta’minlash, yerning tabiiy xossalarini, yerdan foydalanishni har tomonlama o‘rganish va baholash maqsadida yuritiladi. Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bo‘yicha tashkil etiladi va ob’ektlarning huquqiy, xo‘jalik va arxitektura-qurilish maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimini tashkil etadi. Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlar mulkdorlari va bu ob’ektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek, binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash uchun axborot tizimi yordamida raqamli shaklda davlat tilida yuritiladi. Download 7.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling