MA’RUZA №1:
1-Mavzu. Shaharsozlik asoslari va barqaror rivojlanish faniga kirish.
Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi.
Ma’ruza rejasi:
1.
Kirish. Shahar va Shaharsozlik haqida tushuncha.
Shaharsozlik asoslarining
asosiy tushunchalari.
2.
Barqaror rivojlanish tushunchasi va asosiy komponentlari.
3.
Barqaror shaharsozlik
.
4.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi, barqaror rivojlanish masalalari.
1.K i r ish. Shahar va Shaharsozlik haqida tushuncha. Shaharsozlik
asoslarining asosiy tushunchalari.
Arxitektura eng qadimiy san’at turidir. Odam o’zi uchun birinchi turar joy
qurgandan boshlab
arxitektorlik kasbi shakllana boshlagan. Odamlar alohida turar
joylardan
asta-sekin yashash
manzillari, so’ngra shaharlar qurishga o’ta
boshlaganlar.
Arxitektor - keng soha mutaxassisi. U san’at, zamonaviy texnika fan va
iqtisodiyotni
yagona birlikka birlashtirishi hamda bilim doirasini doimo
kengaytirib borishi lozim.
Arxitektor loyihada bino va inshootning barcha jihatlarini nazarda tutishi
kerak.
Bunda u
kelajak avlodlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ham
unutmasligi lozim.
Shaharsozlik keng mazmunga ega tushuncha. U ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirish bilan
bog’liq bo’lgan aholi yashash joylarini tashkil qilish
muammolari
hamda aholi turmush
tarzi bilan aloqador bo’lgan turar joylarni
yaratish masalalarini ham o’z ichiga oladi.
Shaharsozlik -bu ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiyenik,
texnik qurilish,
transport va
arxitektura-badiiy masalalarni birgalikda xal qiluvchi shahar va aholi
yashash joylarini rejalashtirish
va qurish nazariyasi va amaliyotidir.
Shaharsozlik- aholi yashash joylari va aholini joylashtirish tizimining
urbanizasiyalashgan
muhiti shakllanishida kompleks va ko’p
tomonlama ishlab
chiquvchi jarayon hisoblanadi.
Shaharsozlik faoliyatining obyektiga rejaviy
hududlar va aholi punktlari, turar joy tumanlari va
sanoat, dam olish hududlari va
shahar hududining boshqa rejalashtirish elementlari kiradi.
Shahar - bu bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan turli
xil korxona va zavodlar
majmuasidan
iborat. Har kuni shahar minglab tonna xomashyo va oziq ovqatlar
iste’mol qiladi, minglab tonna
sanoat va boshqa chiqindilarni chiqaradi. Shahar- bu
qudratli muhandislik xo’jaligi. Bu yuzlab km
suv o’tkazgich
quvurlari, elektr
quvvati bilan ta’minlash, qozonxonalar, oqova suvlarni
tozalash inshootlari.
Shahar- bu moddiy va ma’naviy madaniyat
durdonalari yaratilib
kelingan
taraqqiyot o’chog’idir.