Ma’ruza №1: 1-Mavzu. Shaharsozlik asoslari va barqaror rivojlanish faniga kirish. Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi. Ma’ruza rejasi


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana21.04.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1372017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 Лекция

Ijtimoiy-iqtisodiy masala shahar va qishloq rivojlanishining kelajagini,
tabiiy va hududiy 
resurslardan iqtisodiy samarali foydalanishni, aholining
o’sishini, unga yuqori darajada 
ma’daniy maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil
qilishni hisobga olgan holda aholi joylashuvi tizimini 
tanlashda hal qilinadi.
Sanitariya-gigiyenik masalalar aholi hayoti uchun sog’lom sharoit yaratish,
sanoat va aholi 
yashash tumanlari orasida sanitariya- himoya qismini belgilash,
ko’kalamzorlashtirish, tuproqning, 
havoning va suvning ifloslanishiga va
shovqinga qarshi kurashni nazarda tutadi.
Texnikaviy qurilish masalalari aholi yashash joylarida qurilishi uchun
tanlangan 
hududlarning muhandislik-geologik sharoitlarini o’rganish, qurilish
texnikasining darajasi va 
zamonaviy vositalarini aniqlash, transport va piyodalar
harakatining oqilona tizimini hal etish
hududlarni obodonlashtirish (ichimlik suvi
yetkazish, oqova suvlar o’tkazgich, issiq suv, gaz, elektr 
ta’minoti) va hokazolarni
hal qilish bilan bog’liqdir.


Arxitekturaviy-badiiy masalalar shaharning umumiy arxitektura-rejali
tuzilishini, ko’cha 
va shohko’chalar tarmoqlarini aniqlash, shahar alohida
qismlarining funksional tuzilishini 
hal qilish, shu jumladan, markaz
kompozisiyasini yechish bilan bog’liqdir.
Shaharlarning rivojlanish jarayoni murakkab va ko’p qirralidir. Bugun biz
XXI asr 
arxitekturasi haqida o’ylashimiz lozim. Hozirgi zamon arxitekturasi
faqatgina san’at yemas, balki fan 
va texnika birligi hamdir. Bilimning ko’p sohalari
yutuqlarini arxitekturachalik yuqori darajada 
birlashtiradigan san’at yo’q.
Arxitektura - eng qadimiy san’at turidir. Odam o’zi uchun birinchi turar-joy
qurgandan boshlab 
arxitektorlik kasbi shakllana boshlagan. Odamlar alohida turar-joylardan asta-sekin yashash guruhlari, 
so’ngra shaharlar qurilishiga o’ta
boshlaganlar.
Arxitektor - keng soha mutaxassisi. U san’at, zamonaviy texnika, fan va
iqtisodiyotni yagona 
birlikka birlashtirishi lozim. Uning bilim doirasi doimo
kengayib boradi. Hayot arxitektorni 
sotsiologik tushunchalar bilan fikr qilishini
talab etmoqda. Sotsiologiya va u bilan bog’liq ijtimoiy 
jarayonlarni oldindan aytish
ko’pgina shaharsozlik masalalarini hal qilishda zarurdir.
Arxitektor loyihaning o’zida bino va inshootning kelajak hayotini nazarda
tutishi muhimdir. 
Bunda arxitektor kelajak avlodlar uchun qiyinchiliklar
tug’dirmasligini unutmasligi lozim.
Kelajak shaharlarini yaratish katta ilmiy bashoratni talab etadi. Boshqa
sohalarda bo’lgani 
kabi shaharsozlikda ham har gal ishni boshidan qaytadan
boshlash imkoniyati yo’q. Tarixiy va 
zamonaviy tajribaning har bir qimmatli
tomonlaridan foydalanish lozim.
O’tmishdagi ko’pgina g’oyalar ularning mualliflari o’tib ketganidan keyin
o’z natijalarini 
bergan. Go’zal shaharlar, dam olish va istirohat bog’lari, klassik
arxitektura ansambllari o’z 
mualliflaridan keyin bir necha yuz yillar ko’proq umr
ko’rmoqda, kelajak avlodlargina ularni qimmatiga 
yarasha baholashadi.
Shaharsozlik keng mazmunga ega tushuncha. U ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirish bilan 
bog’liq bo’lgan aholi yashash joylarini tashkil qilish
muammolari, hamda aholi turmush tarzi 
bilan bog’liq bo’lgan turar-joylarni
yaratish masalalarini ham o’z ichiga oladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling