Davlat yong`in xavfsizligi xizmati Reja: Davlat yong`in xavfsizligi xizmati. Olovdan foydalanishga oid qoidalar


Download 30.52 Kb.
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi30.52 Kb.
#1156638
  1   2
Bog'liq
Davlat yong`in xavfsizligi xizmati


Davlat yong`in xavfsizligi xizmati
Reja:
1. Davlat yong`in xavfsizligi xizmati.
2. Olovdan foydalanishga oid qoidalar.
3. Yong’in o’chiruvchi vositalar.

Ob’ektda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha standartlar va normalar buzilishini aniqlash, yong‘in profilaktikasi ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda yong‘indan saqlash xizmatlariga ko‘maklashish, yong‘in xavfsizligi va ob’ektning yong‘inga qarshi himoyasini yaxshilash masalalari bo‘yicha ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini tashkil etish, xodimlar o‘rtasida ommaviy tushuntirish ishlarini olib borish shular jumlasidandir. YoTK vazifalari va majburiyatlariga oid yangi normalar joriy etildi va eskilariga aniqlik kiritildi. YoTK ishlarini tashkil etish tartibi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. Ilgari ular o‘z ishini ish vaqtida va barcha ish smenalarida tashkil etgan bo‘lsa, endi majburiy talab joriy qilindi, ya’ni ular o‘z ishini yil choragi yoki yarim yil uchun ishlab chiqiladigan, tashkilot komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshiradi.


Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va tegishli jamoat birlashmalari vakillari yordamida ixtiyoriy asosda umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tashkil etilishi mumkin. Ular yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash uchun o‘qituvchilar yoki yong‘in xavfsizligi xodimlaridan iborat jamoat tashkilotchisini tasdiqlaydi.
Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash bir qancha yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi navbatda, bu yigit-qizlarga yong‘in xavfsizligi qoidalari va yong‘in sodir bo‘lganda harakat qilish qoidalarini o‘rgatish, birlamchi o‘t o‘chirish vositalari va yong‘in-texnika uskunalari bilan tanishtirishdan iboratdir. Bunda yong‘in xavfsizligi qismlari, yong‘in-texnik ta’lim muassasalariga borish, sohaning xizmat ko‘rsatgan xodimlari hamda faxriylari bilan turli uchrashuvlar tashkil qilish, mavzuga oid to‘plamlarni tuzish ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga, yoshlarni ijodiy rivojlantirish uchun yong‘in-texnik modellashtirish to‘garaklarini ham tashkil etish mumkin.

  • Yosh yong‘in o‘chiruvchilarni tayyorlash borasida ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Avval ular kattalarga davlat mulki, fuqarolar hayoti, salomatligi va mol-mulkini yong‘inlardan saqlashda amaliy ko‘maklashishi, ya’ni yong‘inlarni o‘chirishda bevosita ishtirok etishi ko‘zda tutilgan edi. Yangi hujjatda esa bu holat istisno etilib, asosiy e’tibor yigit-qizlarni sport bo‘yicha tayyorlashga qaratilgan.

  • Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash bir qancha yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi navbatda, bu yigit-qizlarga yong‘in xavfsizligi qoidalari va yong‘in sodir bo‘lganda harakat qilish qoidalarini o‘rgatish, birlamchi o‘t o‘chirish vositalari va yong‘in-texnika uskunalari bilan tanishtirishdan iboratdir. Bunda yong‘in xavfsizligi qismlari, yong‘in-texnik ta’lim muassasalariga borish, sohaning xizmat ko‘rsatgan xodimlari hamda faxriylari bilan turli uchrashuvlar tashkil qilish, mavzuga oid to‘plamlarni tuzish ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga, yoshlarni ijodiy rivojlantirish uchun yong‘in-texnik modellashtirish to‘garaklarini ham tashkil etish mumkin.

  • Mamlakatimizda sportning yong‘in-amaliy turi rivojlanmoqda, respublika darajasidagi maxsus musobaqalar o‘tkazilmoqda va ular yildan- yilga ommaviy tus olmoqda. Har yili ularda g‘olib chiqqanlar xalqaro bellashuvlarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallamoqda. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda yosh yong‘in o‘chiruvchilar harakatini rivojlantirish bolalarning foydali dam olishini tashkil qilish, sportning yong‘in-amaliy turi bo‘yicha sportchilar zaxirasini tayyorlashda va yoshlarni kasbga yo‘naltirishda ko‘maklashmoqda.

  • Bu boradagi ishlar ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Yong‘in-texnik komissiyalari faoliyatini to‘la qayta ko‘rib chiqish, ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati va yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etish ishlarini takomillashtirish, shuningdek, mamlakatimizdagi barcha idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish davom ettirilmoqda. Ayni paytda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonunida belgilangan talablarni bajarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

  • Yong`inni o`chirish uslublari va o`t o`chirgich moddalarning xususiyatlariga mos ravishda yong`inni o`chirish vositalari tanlab olinadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo`linadi. Asosiy vositalar - yong`inga o`t o`chirgich moddalarni (suv, ko`pik, kukun, karbonat angidrid gazi va boshq.) sepish uchun belgilangan. Bularga avtomobil, avtosisterna, motopompa, o`t o`chirgichlar ra boshqalar kiradi.


  • Download 30.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling