Davlat yong`in xavfsizligi xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-noyabrda imzolangan “Har yili yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori istiqlol yillarida bu borada qabul qilingan muhim
Download 1.91 Mb.
|
Yuldasheva Shirin.
. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-noyabrda imzolangan “Har yili yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori istiqlol yillarida bu borada qabul qilingan muhim hujjatlardan biridir.
Yong‘in-texnik komissiyalarining asosiy vazifalari avvalgidek saqlab qolingan. Ob’ektda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha standartlar va normalar buzilishini aniqlash, yong‘in profilaktikasi ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda yong‘indan saqlash xizmatlariga ko‘maklashish, yong‘in xavfsizligi va ob’ektning yong‘inga qarshi himoyasini yaxshilash masalalari bo‘yicha ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini tashkil etish, xodimlar o‘rtasida ommaviy tushuntirish ishlarini olib borish shular jumlasidandir. YoTK vazifalari va majburiyatlariga oid yangi normalar joriy etildi va eskilariga aniqlik kiritildi. YoTK ishlarini tashkil etish tartibi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. Ilgari ular o‘z ishini ish vaqtida va barcha ish smenalarida tashkil etgan bo‘lsa, endi majburiy talab joriy qilindi, ya’ni ular o‘z ishini yil choragi yoki yarim yil uchun ishlab chiqiladigan, tashkilot komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshiradi.
Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling