"davlatiy moliya" kafedrasi "davlat moliyasi" fanidan
Download 44.01 Kb.
|
Давлат молияси фанидан мустакил
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI“TASDIQLAYMAN” O’quv ishlari bo’yicha prorektor ____________ prof. A.To’ychiyev “_____” _____________2019-yil “DAVLATIY MOLIYA” KAFEDRASI “DAVLAT MOLIYASI” FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMA Bakalavriatning 5230600 – Moliya ta’lim yo’nalishi uchun TOSHKENT - 2020
Mustaqil ta’limni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma kafedra (201__ yil ___ ____________dagi ___-sonli bayonnoma) majlisida muhokama qilingan va tasdiqlash uchun institut o’quv-uslubiy Kengashiga tavsiya etilgan. Kafedra mudiri T. Malikov Mustaqil ta’limni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma institut o’quv-uslubiy Kengashining 201__ yil ___ ____________dagi ___-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan. O’quv ishlari bo‘yicha prorektor A. To’ychiyev KIRISH Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlari paytida talabalarga etkazish qiyin. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi. Talaba mustaqil ishi – muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahatlari va tavsiyalari asosida auditoriyada va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan tizimli faoliyatdir. Mustaqil ta’limning asosiy maqsadi pedagog-xodimning rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Mustaqil ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat: kerakli ma’lumotlarni izlab topish, bilim olish va uni mustahkamlashning qulay usullari va vositalarini aniqlash; axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish; an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash; elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash; yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish; Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish, berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash; ma’lumotlar bazasini tahlil etish; ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish; ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g’oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish. “Davlat moliyasi” fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo’yicha ushbu uslubiy ko’rsatma Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 14-avgustdagi 286-sonli buyrug’iga ilova qilingan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo’yicha yo’riqnoma” va boshqa huquqiy hujjatlar va adabiyotlar asosida tayyorlandi. Download 44.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling