Davlatiy moliya
Korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati bo’yicha risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari
Download 133.71 Kb.
|
ON Maxmudov M.K. MM-70-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari
- Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyoti
Korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati bo’yicha risklarni boshqarish metodlari va prinsiplariRisklarni boshqarish keng ma’noda amalga oshiriladigan moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalari natijalariga risklarning salbiy ta’sirini kamaytirish yoki toʻlaligicha bartaraf etishga qaratilgan alohida faoliyat turini oʻzida aks ettiradi. Amaliyotda bu jarayon risklarni kamaytirish natijasida erishiladigan natija va buning uchun talab qilinadigan xarajatlar oʻrtasidagi nisbatni (kompromiss) qidirib topish, shuningdek amalga oshirish lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi. Risklarni boshqarishdan asosiy maqsad biznesni yuritishning umumiy strategiyasini amalga oshirishga sharoit yaratib berishdir. Moliyaviy menejmentda risklarni boshqarish tadbirkor uchun risk va daromad oʻrtasidagi nisbat optimal yoki qabul qilish mumkin boʻlgan sharoitda yuqori foydaga erishish bilan ifodalanadi. Mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning oldini olish boʻyicha qarorlar qabul qilishdagi, ya’ni risklarni boshqarishdagi yondashuvlarni faol, moslashuvchan va konservativ (passiv) yondashuvlarga boʻlish mumkin. Risklarni faol tarzda boshqarish risklarni minimallashtirish uchun mavjud axborot va barcha vositalardan maksimal foydalanishni bildiradi. Bunday yondashuvda boshqaruv ta’siri operatsiyani amalga oshirishga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan riskli omillar va hodisalarning oldini olishi lozim. Shubhasiz bunday yondashuv risklarni baholash va prognozlash, shuningdek ularning uzluksiz nazorati va monitoringini tashkil etish uchun ma’lum miqdordagi xarajatlarni talab etadi. Risklarni boshqarishda moslashuvchan yondashuv murakkab holatga nisbatan moslashuv asosiga quriladi. Bunday yondashuvda boshqaruv ta’siri moliyaviy- xoʻjalik operatsiyalarini oʻtkazish vaqtida muhit oʻzgarishiga reaksiya sifatida amalga oshiriladi. Bunday holatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar ma’lum bir qismining oldi olinadi. Konservativ yondashuvda boshqaruv ta’siri kechikadi. Agarda riskli hodisa yuz bersa, zarar operatsiya ishtirokchilari tomonidan oʻzlariga olinadi. Bunday holatda boshqaruv zarar ortib borishining oldini olishga, uning keyingi jarayonlarga ta’sirini neytrallashtirishga yoʻnaltiriladi. Bunday yondashuvda risklarni boshqarish boʻyicha xarajatlar odatda juda past darajada, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar esa yetarlicha yuqori boʻlishi kuzatiladi. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi ikki qismdan, ya’ni boshqariladigan (boshqaruv ob’ekti) va boshqaradigan (boshqaruv sub’ekti) qismlardan iborat. Bunda riskli operatsiyalar va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar boshqaruv ob’ekti hisoblanadi. Bunday munosabatlar sugʻurtalovchi va sugʻurtalanuvchi, qarzdor va kreditor, buyurtmachi va pudratchi, biznes boʻyicha hamkorlar va boshqalar oʻrtasida yuzaga keladi. Turli xil usullar va yoʻllar orqali boshqaruv ob’ektiga maqsadli yoʻnaltirilgan ta’sirni amalga oshiruvchi shaxslar guruhi (moliyaviy menejerlar, risk menejerlar va boshqalar) boshqaruv sub’ekti hisoblanadi. Mos axborot ta’minoti moliyaviy risklarni samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Bunda statistik, iqtisodiy, tijorat, moliyaviy, yuridik, texnik va boshqa axborotlarga talab yuzaga kelishi mumkin. Ishonchli va dolzarb ma’lumotga ega boʻlish risklarni kamaytirish va foydani oshirishga bevosita ta’sir koʻrsatuvchi boshqaruv qarorlarini zudlik bilan qabul qilishga imkon beradi. Riskli operatsiyalarni amalga oshirishda zaruriy darajadagi axborot ta’minoti va undan samarali foydalanish zarar va yoʻqotishlar ehtimolini minimal darajagacha pasaytiradi. Moliyaviy risklarni boshqarish quyidagi prinsiplarga asoslanadi. Risklarni ongli ravishda qabul qilish prinsipi. Agarda menejer biror bir operatsiya boʻyicha daromad olishiga ishonsa, ongli ravishda riskka borishi lozim. Risklardan qochish taktikasining qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ba’zi operatsiyalar korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan umuman chiqarib tashlanishi kerak. Qabul qilinadigan risklarning boshqarishga qulayligiprinsipi. Moliyaviy risklar portfeli tarkibiga ob’ektiv va sub’ektiv tabiatidan qat’iy nazar boshqarish jarayonida neytrallashtirish mumkin boʻlgan risklarni kiritish lozim. Boshqarilmaydigan risklarni tashqi sugʻurtalovchilarga yoki biznes boʻyicha hamkorlarga oʻtkazish maqsadga muvofiq. Bu prinsipning koʻpchilikka ma’lumligiga qaramasdan, korxona menejerlari risklarni boshqarish uchun zarur boʻlgan bilim, malaka va instrumentlarga ega boʻlmasalarda ayrim holatlarda risklarning boshqarilmaydigan turlarini oʻzlariga qabul qilishadi. Qabul qilinadigan risk darajasining oʻtkaziladigan operatsiyalar daromadlilik darajasi bilan taqqoslanishiprinsipi. Bu prinsip moliyaviy menejmentda eng muhim prinsip hisoblanib, moliyaviy risk darajasi kutilayotgan daromadlilik darajasiga mos tushgan holatdagina faoliyatni amalga oshirish lozimligini nazarda tutadi. Talab qilinadigan daromadlilik darajasiga mos kelmaydigan riskli operatsiyalardan voz kechish yoki risk uchun mukofot qayta koʻrib chiqilishi kerak boʻladi. Qabul qilinadigan risk darajasining mumkin boʻlgan yoʻqotishlar darajasi bilan taqqoslanishi prinsipi. Biror bir riskli operatsiyani oʻtkazish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar miqdori uni qoplash uchun shakllantirilgan zahira miqdoriga mos kelishi lozim. Aks holda riskli operatsiyaning yuzaga kelishi oʻz bilan korxonaning operatsion yoki investitsion faoliyatini moliyaviy ta’minlovchi aktivlarning ma’lum bir qismi yoʻqotilishiga olib keladi, ya’ni korxonaning foyda olish imkoniyatini va istiqboldagi rivojlanish darajasini pasaytiradi. Bunda risklar boʻyicha yoʻqotishlarni qoplash maqsadida shakllantiriladigan fond miqdori boshqa shaxslarga oʻtkazish mumkin boʻlmagan va korxona tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy risklar darajasidan kelib chiqqan holda oldindan aniqlanadi. Risklarni boshqarishda vaqt omilini hisobga olishprinsipi. Operatsiyalarni amalga oshirish davriga nisbatan ularga hamrohlik qiluvchi moliyaviy risklar diapazonining kengligi risklarning salbiy oqibatlarini neytrallashtirish imkoniyatlarini kamaytiradi. Korxona bunday operatsiyalarni amalga oshirishi zarurligi sharoitida talab qilinadigan daromad miqdorini aniqlashda risk uchun mukofot bilan bir vaqtda likvidlilik uchun mukofotni ham hisobga olish lozim. Risklarni boshqarish jarayonida korxona strategiyasini hisobga olish prinsipi. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi korxona tomonidan tanlangan rivojlanish strategiyasiga mos umumiy prinsiplarga, mezonlarga va yondashuvlarga asoslanishi lozim. Asosiy rivojlanish strategiyasiga intilish risklarni minimallashtirish uchun kuchlarni markazlashtirish, risklarning umumiy doirasini aniqlash, ularni boshqarish uchun zarur resurslarni belgilash imkonini beradi. Oʻz navbatida bu parametrlarni bilish boʻlinmalar rahbariyatiga oʻz strategiyasini “risk – daromadlilik” koordinatasida baholash va ularni umumiy korporativ strategiyaga moslashtirish imkoniyatini beradi. Risklarni oʻtkazish imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi. Bir qator moliyaviy risklarni qabul qilish ularning salbiy oqibatlarini neytrallashtirish boʻyicha korxona imkoniyatlari bilan oʻzaro mos kelmaydi, ya’ni ularni korxonaning oʻzi mustaqil bartaraf eta olmaydi. Bir vaqtning oʻzida bunday riskli operatsiyani amalga oshirishni korxonaning rivojlanish strategiyasi va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yoʻnalishi talab etadi. Mazkur holat yuzaga kelganda ularni qisman yoki toʻliq biznes boʻyicha hamkorlarga yoki tashqi sugʻurtalovchilarga oʻtkazish maqsadga muvofiq. Risklarni tashqi sugʻurtalash mezonlari korxonada moliyaviy risklar portfelini shakllantirishda hisobga olinishi lozim. Yuqorida keltirib oʻtilgan prinsiplar asosida korxonada moliyaviy risklarni boshqarish siyosati ishlab chiqiladi. Moliyaviy risklarni boshqarish siyosati moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq risklarning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini neytrallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishga qaratilgan korxona umumiy strategiyasining bir qismini oʻzida aks ettiradi. Moliyaviy risklarni boshqarish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni amalga oshirishdan iborat: Maqsadni belgilab olish. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan risklarni aniqlash. Risklarni baholash. Risklarni boshqarish metodlarini tanlash va ulardan foydalanish. Qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish va samaradorligini tahlil qilish. Keltirilgan bosqichlardan koʻrinib turibdiki, risklarni boshqarish jarayoni maqsadlarning belgilab olinishidan boshlanadi. Maqsadlar turli xil boʻlishiga qaramasdan korporativ moliya amaliyotida ular rejalashtirilgan darajada daromadlilikka erishishga, xarajatlarning oʻsishiga yoʻl qoʻymaslikka, mulkdorlar kapitalining oʻsishini ta’minlashga qaratiladi. Maqsadlar belgilab olinishi talab qilinadigan va egalik qilish mumkin boʻlgan zaruriy resurslar va ularning cheklanganligi, kutiladigan natija va unga erishish boʻyicha risk oʻrtasidagi turli xil ziddiyatlarni bartaraf etish imkonini beradi. Birinchi bosqichda amalga oshirish natijasida operatsiya yoki loyiha boʻyicha riskning dastlabki darajasi aniqlanadi. Ikkinchi bosqich faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan risk turlarini aniqlab olish, ularning asosiy manbalarini va risklar yuzaga kelishiga sabab boʻluvchi eng muhim omillarni aniqlashni nazarda tutadi. Koʻzda tutilgan faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek ichki va tashqi muhit buning uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Turlari, bazaviy belgilari, sabab boʻluvchi oqibatlari boʻyicha risklarni identifikatsiyalash ularni soʻnggi baholash, ta’sirini kamaytirish va neytrallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni toʻgʻri tanlash va qoʻllashda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlariAmaliyotda korxonalar miqyosida moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki va tashqi mexanizmlari keng qoʻllaniladi. Bunda moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlari sifatida risklardan qochish, moliyaviy operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash, xedjirlash, diversifikatsiyalash, risklarni taqsimlash va boshqa metodlarni keltirish mumkin. Risklardan qochish amaliyotida korxona tomonidan quyidagilarga e’tibor qaratiladi: risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz kechish; shartnoma majburiyatlarini tizimli ravishda buzib kelayotgan hamkorlardan voz kechish; yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish; past likvidli aylanma aktivlardan yuqori darajada foydalanishdan voz kechish; vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish. Operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash amaliyotida esa quyidagilarga e’tibor qaratiladi: qarz mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha chegara belgilash (oʻz mablagʻlariga nisbatan); yuqori likvidli aktivlar minimal chegarasini belgilash; iste’mol va tijorat kreditlarining bitta xaridor boʻyicha maksimal miqdorini belgilash; bitta bankka joylashtirish mumkin boʻlgan maksimal depozit miqdorini belgilish; emitentlarga nisbatan qimmatli qogʻozlar boʻyicha maksimal moliyaviy qoʻyilmalar miqdorini belgilash; debitorlik qarzi boʻyicha maksimal muddatni belgilash. Xedjirlash orqali moliyaviy risklarning oldini olish quyidagilardan foydalanish orqali amalga oshiriladi: fyuchers shartnomalaridan foydalanish orqali xedjirlash; opsionlardan foydalanish orqali xedjirlash; svop operatsiyalaridan foydalanish orqali xedjirlash. Diversifikatsiyalash amaliyoti bevosita risklarni taqsimlash imkoniyatini yuzaga keltiradi va bu jarayon quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin: moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash; valyuta portfelini diversifikatsiyalash; depozit portfelini diversifikatsiyalash; kredit portfelini diversifikatsiyalash; qimmatli qogʻozlar portfelini diversifikatsiyalash; real investitsiyalash dasturlarini diversifikatsiyalash. Risklarni taqsimlash moliyaviy operatsiya ishtirokchilari oʻrtasida amalga oshiriladi va bu amaliyot quyidagi jarayonlarda tashkil etilishi mumkin: risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash; xom ashyo va materiallar boʻyicha risklarni mol yetkazib beruvchilar va xaridor oʻrtasida taqsimlash; lizing munosabatlarida asosiy vosita ma’naviy eskirishini lizing oluvchi va lizing beruvchi oʻrtasida taqsimlash. Shuningdek moliyaviy risklarni neytrallashtirishning ichki mexanizmlaridan hisoblanuvchi boshqa metodlar sifatida quyidagilarni ham keltirish mumkin: moliyaviy jarimalar yoki chegirmalar qoʻllash; kafolatlar olish; fors-major holatlari roʻyxatini qisqartirish. Moliyaviy risklarni sifat jihatdan baholash va boshqarish amaliyotiNafaqat dunyo hamjamiyatida balki mamlakatimizda ham iqtisodiyot sub’ektlari o‘z faoliyatlari davomida riskka duch kelishadi. Riskning zarar keltirish ehtimolligi mavjudligi sababli, u iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan boshqarilishi va nazorat qilinishi kerak. Moliyaviy risklarni tahlil qilish, baholash va boshqarish tizimi korxonaning strategik boshqarishning markaziy qismi hicoblanadi. 39 Moliyaviy risklarni boshqarishning asosiy maqsadi – kompaniya qiymatini maksimallashtirish jarayoniga hissa qo‘shish, ya’ni o‘zining moliyaviy resurslarini to‘liq (qisman) saqlab qolish yoki kutilayotgan foydaga erishish hisoblanadi. Bu korxonaning moliyaviy xolatiga ta’sir etuvchi potentsial “salbiy” va “ijobiy” omillarni aniqlashni anglatadi; korxona oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun yutuq ehtimolini oshiradi va yo‘qotishlar ehtimolini minimallashtiradi. Moliyaviy risklarni boshqarish boshqaruv organi tomonidan qabul qilinib tasdiqlanishi kerak hamda korxonaning har bir xodimiga joylarda konkret vazifalarni belgilash orqali umumiy rivojlanish dasturi sifatida etkazilishi kerak. Moliyaviy risklarni boshqarish yaxlit tizim sifatida qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi ustidan nazorat dasturini, olib borilayotgan tadbirlar samaradorligini baholashni, shuningdek korxonaning har bir bo‘g‘inida rag‘batlantirish tizimini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy risklarni boshqarish sohasi keng bo‘lib, turli rivojlanayotgan komponentlardan (tarkibiy qismlardan) iborat va ulardan eng muhimi – bu riskni baholash hisoblanadi. Qiymat risk va daromadlilikning funksiyasi hisoblanadi, ya’ni naoniqlik sharoitida har bir qabul qilinadigan qaror qiymatni oshirishi, o‘zgarishsiz saqlab qolishi yoki pasaytirishi mumkin. Shundan kelib chiqib risk qiymatga erishish uchun katta ahamiyatga ega sanaladi va strategik yo‘naltirilgan kompaniyalar an’anaviy riskka yondashuvdan farqli ravishda riskni bartaraf etishga va hatto uni minimallashtirishga ham intilishmaydi. Aksincha bunday kompaniyalar o‘zlarini barcha tashkiliy qismlari bo‘ylab riskka uchrashni boshqarishga harakat qilishadi, ya’ni ma’lum bir davr uchun ular strategik maqsadlarga samarali erishishga kerakli riskni maqbul darajada qabul qilishadi. Buni optimal riskni qabul qilish zonasi deyiladi va grafik ko‘rinishi 2-rasmda tasvirlangan. Ushbu riskni qabul qilish zonasini aniqlash zarurati esa riskni baholash muhimligini ifodalaydi. Shu yo‘l bilan korxonalar har bir riskni korxonaning umumiy maqsadiga erishish uchun ta’siri qanday bo‘lishini tushunadi va nazorat qiladi. SAMARASIZ OPTIMAL ORTIQCHA
Korxonaning kutilayotgan qiymati RISK DARAJASI Download 133.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling