Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati yuzasidan davlat va huquq nazariyasi fani doirasida shakllangan quyidagi nazariyalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Elita nazariyasi. Ushbu nazariya X X asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, (V. Pareto va G. Moski asarlari) asr o‘rtalarida yangidan rivojlantirilgan (X. Lassuel, D. Sartori, T. Day va boshqalar). Mazkur nazariyaning bosh g‘oyasi, go‘yo xalq ommasi davlatni idora etishga qodir emas, shu- ning uchun boshqarish jamiyatning hukmron doirasi - eli- tasi :tomonidan amalga oshirilishi lozim. Elita tarkibi turli belgilar (kelib chiqishi, ma’lumoti, tajribasi, qobiliyati kabi- lar)ga qarab aniqlanadi. Shu bilan birga, elita tarkibi xalq ommasi, ya’ni ularning eng qobiliyatli vakillari hisobiga ham to‘ldirib borilishi mumkin.
Texnokratik nazariya. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida vujudga kelgan bo‘lib, 60-70-yillarida ancha keng tarqalgan. Uning tarafdorlari sifatida T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. Bell va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ushbu nazariya elita nazariyasiga o‘xshab ketsada, u o‘zida ijtimoiy voqelikni muayyan darajada hisobga olishi bilan ajralib turadi.Mazkur nazariyaga ko‘ra jamiyatni mutaxassis-boshqaruv- chilar, ya’ni menejerlar idora etishlari lozim. Chunki aynan ular jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini, uning eng maqbul rivojlanish yo‘llarini, buning uchun zarur vositalarni aniqlashga qodirdirlar. Bunda nazariya vakillari davlatni katta bir kor- poratsiya sifatida tasavvur qiladilar.
Plyuralistik demokratiya nazariyasi. Mazkur nazariya X X asrda yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari sifatida G. Laski, M. Dyuverje, R. Darendorf, R. Dal va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ushbu nazariya rivojlangan mam- lakatlardagi davlat hokimiyati uchun kurash olib borayotgan ham sotsial-demokratik, ham liberal qarashlarga ega bo‘lgan kuchlarning manfaatlarini o‘zida ifodalaydi. Uning mazmunini hozirgi jamiyat mohiyatiga ko‘ra sinflar amalda yo'qolib ket- gan va hokimiyat shu tariqa o‘z sinfiy tabiatidan xalos bo'ldi degan g‘oya tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |