Davlatlarning kelib chiqishi quyida ko'rsatib o'tiladigan turli XIL nazariyalar doirasida tadqiq etiladi. Teologik nazariya


«Umumiy farovonlik davlati» nazariyasi


Download 17.12 Kb.
bet4/4
Sana31.01.2024
Hajmi17.12 Kb.
#1817768
1   2   3   4
Bog'liq
USTAMAGA TAYYORGARLIK

«Umumiy farovonlik davlati» nazariyasi. Mazkur naza­riya Ikkinchi jahon urushidan keyin vujudga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari davlatning ijtimoiy hayotga aralashmasligiga oid bo‘lgan ta’limotlarga qarshi chiqqan. Ushbu nazariyaning asosiy g'oyalari X X asrning 30-yillarida D. Keyns tomonidan ta’riflab berilgan. Keyinchalik D. Myurdal, V. Pigu, K. Boulding, V. Mund va boshqalarning asarlarida rivojlantirilgan. Mazkur nazariyaning bosh g'oyasi shundan iboratki, davlat muayyan sinflardan ustun turarkan, aholining barcha qatlamlari manfaatlarini ifodalaydi hamda shu asosda umum- farovonlikni ta’minlaydi. Rivojlangan mamlakatlarda aholi tur- mush darajasining yuqori ekanligi hamda ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda yirik davlat dasturlarini amalga oshirili- shi ushbu nazariyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.

Tarixiy-materialistik nazariya. Ushbu nazariya davlat­ ning mohiyati to‘g‘risidagi ta’limotlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. U davlatning mavjudligi va taraqqiyotining ko‘pgina jihatlarini tahlil etadi. Ushbu nazariyaning asosida tarixiy mate- rializm va sinfiy kurash g‘oyalari yotadi (K. Marks, F. Engels).
Shuningdek, davlatga iqtisodiy va siyosiy jihatdan hukm- ron bo‘lgan sinf hokimiyatining quroli sifatida qaraladi. Uning xususiyatlari, eng avvalo, jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichiga xos bo‘lgan iqtisodiy omillar bilan belgilanadi.
Konvergensiya nazariyasi. Ushbu nazariya davlatning
istiqboMagi rivojini bashorat qiluvchi nazariyalardan biri sifati­da X X asrning 50-60-yillarida yuzaga kelgan (D. Gelbreyt, R. Aron, P. Sorokin). M a’lumki, X X asrning o‘rtalarida jahon miqyosida ikki tizim (kapitalistik va sotsialistik lager) shakl­langan. Mazkur nazariya vakillarining fikricha, har ikkala tipdagi davlatlarning mohiyatida ham ijobiy va salbiy jihatlar mavjud. Shu sababdan kelajakda davlatlarning mohiyati yuqori- dagi davlatlarning ijobiy jihatlarini o‘zida mujassamlashtirishi lozim.
Download 17.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling