Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi


Download 32.55 Kb.
bet2/8
Sana15.06.2023
Hajmi32.55 Kb.
#1482049
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hujjat (1).jon

Shaklda AqShda amalga oshirildi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko`rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo`lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada ko`proq oshib borishi ro`y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishni muhim maqsadi sifatida nafaqat sikliga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni ta’minlash, balki iqtisodiy o`sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallash-tirishni rag`batlantirish tan olinadi.
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvini nima belgilab beradi?- degan savol tug`ilish tabiiy.
Birinchidan, davlat o`ziga milliy iktisodiyotda bozor vositasida o`z – o`zini tartibga solish orqali bajarish mumkin bo`lmagan yoki samarali bajarish mumkin bo`lmagan vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta’minlash, mamlakatda ichki tartibni saqlash va aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Ikkinchidan, bozor iqtisodi sharoitida hususiy ishlab chiqarish va iste’mol bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug`diradi.
Bu oqibatlar bevosita uchinchi shaxs manfaatida aks etadi va demak kishilarning alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga ta’sir qiladi. Masalan, chiqitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash qurilmalariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu kompaniya yoki individual ishlab chiqarishga) foydali, atrof muhitni ifloslanishiga olib kelishi esa boshqa kishilar uchun qo`shimcha salbiy oqibatga ega.
Davlat yakka tadbirkor yoki istemolchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo`shimcha ijobiy samarani rag`batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog`liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro`y beradiki, individual istemolchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qilishning oqibatlarini ob’ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni kengaytirish va aksincha sog`lik uchun zarar tovarlar iste’molini cheklash vazifasini o`z zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari yuqori aktsiz (egri) solig`ini o`rnatilib, bir tomondan o`zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni sotib olish talabini cheklaydi.
To`rtinchidan, davlat o`z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to`lovga qobil talabini qondirishga teng imkoniyatni ta’minlaydi. Ammo bu bozorning milliy boylikni ijtimoiy – adolatli taqsimlashni ta’minlashini bildirmaydi. Bunday sharoitda davlat aholining kam ta’minlangan qatlamini turmush darajasi haqida g`amxo`rlik qilishi, pulsiz (yoki imtiyozli ) bilim berish, tibbiy xizmat ko`rsatish va shu kabilarni o`z zimmasiga oladi.

Beshinchidan, hozirgi sharoitda iqtisodiy o`sishning barqaror izchilligini rag`batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.

Iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish,

Uning maqsadi va vazifalari.

Bozor xo`jaligi sharoitida iqtiyosodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimidan iborat bo`ladi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) ning ob’ektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish va kapital to`planishi ma’lum darajaga erishganda vujudga keladi. Iqtisodiy rivojlanishda qiyinchiliklar o`sib va ziddiyatlar to`planib borishi bu imkoniyatlarni haqiqatga aylantirishni zarur qilib qo`yadi.

Hozirgi sharoitda IDTTS takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish, bandlilikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo`llab -quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin.

IDTTS mexanizmi to`g`risidagi to`laroq tasavvurga ega bo`lishi uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki dastaklarini to`laroq tavsiflash lozim.

IDTTSning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mustahkamlash (mamlakat ichida va xalqaro maydonda) va uni o`zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.

Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo`jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof- muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin. IDTTS maqsadi uning vazifalarida aniq namoyon bo`ladi. Bozor xo`jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo`ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko`rsatish mumkin:


Download 32.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling