Davlatning mintaqviy siyosati va hududlar rivojlanishning istiqbollari reja


Hududlararo mehnat taqsimotini oqilonalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish


Download 28.09 Kb.
bet3/6
Sana05.01.2023
Hajmi28.09 Kb.
#1079546
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Davlatning mintaqaviy siyosati va hududlar rivojlanishining isti

16.3. Hududlararo mehnat taqsimotini oqilonalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish.

Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo‘yicha nazariyalar: I.Tyunenning «qishloq xo‘jalik standarti» nazariyasi; A.Veberning sanoat «shtandortlar» nazariyasi, A.Lyoshning «Joylashtirish» nazariyasi, U.Ayzardning «Joylashtirish» nazariyasi, F.Perruning «O‘sish qutblari va rivojlanish markazi» nazariyasi.


Joylashtirish nazariyalarini statik va dinamik nazariyalarga ajratish mumkin. Statik nazariyalar XIX asrning birinchi yarmidayoq paydo bo‘lgan. Dinamik nazariyalar esa bir asrdan so‘ng – XX asr boshlarida yuzaga kelgan. Dastlabki joylashtirish nazariyalari hozirda klassik standart nazariyalar deb atalib, ular Y.G. Fon Tyunen, V. Launxard, A.Veber nomlari bilan bog‘liq. Ushbu nazariyalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
alohida olingan biror qishloq xo‘jaligi yoki sanoat korxonasining ko‘rib chiqilishi;
joylashtirishning barcha omillari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plab, ularni umumlashtirib, korxonani qurish (ishlab chiqarishni joylashtirish)ning qulay joyi to‘g‘risida aniq javob olish mumkinligi to‘g‘risida takliflar mavjudligi.
Y.G. Fon Tyunen tovar ishlab chiqarishning obektiv qonuniyatlari mavjudligini aniqlagan birinchi olim hisoblanadi (uning birinchi ishi 1826-yilda paydo bo‘lgan). Tyunen qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bozorida sanoat mahsulotlari bilan ta’minlovchi shahargacha bo‘lgan masofaga qarab joylashtirish, ixtisoslashish va qishloq xo‘jaligini yuritish usullarini tanlash modellarini taklif etdi. Tyunen modelida transport xarajatlari joylashtirishning asosiy omili sifatida namoyon bo‘ladi.
V. Launxard ham sanoat korxonalarini ko‘rib chiqib, transport omili hal qiluvchi omil, deb hisoblagan. Uning fikri sanoat korxonalari joylashadigan joy to‘g‘ri tanlanganligini xomashyo, yordamchi materiallar va tayyor mahsulotlarni keltirish uchun transport xarajatlarini minimallashtirish bilan asoslangan edi.



Download 28.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling