Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyasi bilan o`zaro bo`g`liqligi Reja


Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi


Download 59.01 Kb.
bet3/11
Sana20.12.2022
Hajmi59.01 Kb.
#1038310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boborahmatova Mavjuda

Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi

Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti subekt-lari va aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib, o‘zaro bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topadi: respublika va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; dav-lat (unitar) XYUSlari va davlatning ishtirokidagi XYUSlar mo-liyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag‘lar, uy-ro‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko‘rinishidagi milliy boylik hajmi (o‘lchami)ni kiritish mumkin; Xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tash-qari aktivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topa-di. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daro-madli qo‘yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iborat. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa mud-datli moliyaviy qo‘yilmalar, pul mablag‘lari va boshqa aylanma aktiv-lar kiradi. Xo‘jalik yurituvchi subekt (XYUS)larning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga yega bo‘lgan XYUSlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga yerishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlik-ning natijaliligiga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi;
Bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit re-surslariga bo‘lgan
iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha kredit tashkilotlari aktivlari
____________________
Toshov O. Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish. T.: “Akademnashr”, 2012.-165 b.

va real imkoniyatlarining yig‘indisi. Juda ko‘pchilik mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoniyatiga yega yemas. XYUS-larga taqdim yetilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xarakterga yega. Asosiy kapitalni shakllantirishdagi kreditlar-ning salmog‘i iqtisodiyot samaradorligining o‘sishi uchun yetarli yemas; sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlik risklarini pasaytiradigan va jamg‘armalar hamda investitsiyalar o‘sishini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini shakllantirish bo‘yicha sug‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyat-lar yig‘indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi; uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ular-ning jami daromadlari, soliq, renta va foiz to‘lovlari, inves-titsion talabning o‘sishiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqa-li ifodalanadi.


Hozirgi paytda juda ko‘p mamlakatlarda aholining jamg‘ar-malari, XYUS va tashkilotlarning jamg‘armalari singari kengay-tirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to‘liq foydalanilmayapti. Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori moliyasi tashkil yetadi. Moddiy boylik ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi.
XYUSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadi-gan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o‘sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayo-nini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo‘lgan qarz mablag‘lari asosida tashkil topadi.
Hozirgi vaqtda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishda xo`jalik yurutuvchi subyektlar o‘z mablag‘larining salmog‘i mu-him ahamiyatga yega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllan-tirish va ulardan samarali foydalanish alohida o‘rin tutadi.
YAIM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va xo`jalik yurutuvchi subyektlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Ana shu darajada xo`jalik yurutuvchi subyektlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to‘g‘ri (bevosita) va yegri (bilvosita) soliqli undi-rish yo‘li bilan, shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi (shakllanadi). Xo`jalik yurutuvchi subyektlar pul resurslarini, uy xo‘jaliklari daromadlarini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug‘urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa jamg‘arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli risklarni sug‘urta qilish shakllarida sodir bo‘ladi. Ko‘p darajali byudjet tizimi va nobyudjet fondlar faoliya-tidagi qayta taqsimlash jarayonlarini takomillashtirish moliya-viy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari o‘sishining quyidagi yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan: Byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsimlash-ning samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sir-chan fiskal siyosatni hayotga tatbiq yetish bilan bog‘liqki, bu siyo-sat, o‘z navbatida, ishlab chiqarishning o‘sishi va XYUSlarning investitsiyalarga yo‘naltiriladigan moliyaviy resurslarining o‘si-shi rag‘batlantirilishini ko‘zda tutmog‘i kerak;
bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taq-simlanishini optimallashtirish. Buning yeng asosiy iqtisodiy instrumentlari va mexanizmlari quyidagilar hisoblanishi mum-kin: kredit siyosati; uzoq, o‘rta va qisqa muddatli kreditlar hajm-larining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog‘ozlar bozori. Iqti-sodiyotda bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYUSlarning investitsion imkoniyatlari chegaralarini kengaytiradi, aholining pulli jamg‘armalarini in-vestitsiyalarga jalb qiladi; Yangi samarali iqtisodiyotni – intellektual infrastruk-turaning yuqori sur’atlarda rivojlanishi farqlanuvchi belgisi bo‘lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XYUSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakat raqobatbardosh iqtisodiyotining yadrosini yuqori qo‘shilgan qiymat va yuqori darajada qayta ish-lanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yangi tarmoqlar tashkil yetmog‘i lozim. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishida xom ashyo-yenergiya sektorining hukmronlik qilishi, yoqilg‘i-yenergetika kompleksi-ning sanoat ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va res-publika byudjeti daromadlarida, yeksportda va valyuta tushum-larida nisbatan katta salmoqning yegallashi iqtisodiyotning shu tomonga deformatsiyalashganligidan dalolat beradi. Milliy xo‘ja-likning bunday tarkibiy nomuvofiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari yetaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkab-lashtiradi. Shu munosabat bilan xom ashyo tarmoqlaridan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga kapitalning oqib o‘tishini ta’-minlovchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dol-zarblik kasb yetib, bu narsa oxir-oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori darajaga ko‘taradi.
Xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning sa-marali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog‘liq. Zamonaviy o‘zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo‘shgan holda o‘z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilash-ni va rivojlantirishni talab qiladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashning o‘ziga xos omili ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, konsernlar, konglomeratlar, xoldinglar, konsorsium-lar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapita-lining real qo‘shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakl-lanishi sodir bo‘lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining o‘sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarining o‘zaro ta’sirchanligi va investitsiyalar-ning o‘sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy vazifalarni yechishga imkon bermoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jalik yurutuvchi subyektlarr xaridor va sotuvchi sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o‘zgaruv-chan talab va taklif asosida raqobat muhitida aniqlanadigan baho orqali o‘zaro ta’sir (aloqa)da bo‘ladi. Baholarning yig‘indisi tushumning o‘lchamini belgilab (aniqlab) berganligi uchun xo`jalik yurutuvchi subyektlar (firma, korporatsiya va h.k.)larning moliyaviy ahvoli bilan ular-ning bozordagi faolligi, ular faoliyatida taraqqiyotning bozor omillari o‘zgarishi (dinamikasi)ni har tomonlama hisobga olish o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Bu omillarni hisobga olish xo`jalik yurutuvchi subyektlar, firmalar va korporatsiyalar faoliyatining butun falsafasini prinsipial jihatdan o‘zgartirishni talab qiladi. xo`jalik yurutuvchi subyektlarni bozor sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha asoslangan chora-lar tizimini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, XYUSlarni bozor iqtisodiyotining mustaqil (to‘laqonli) subektiga aylanti-rish ularni moliyaviy isloh qilishning asosiy mazmunini tashkil yetadi. Bozor iqtisodiyoti sari yuz tutilganligiga 15 yildan ko‘proq vaqt bo‘lganligiga qaramasdan hamon mamlakatimiz xo`jalik yurutuvchi subyektlarning ma’lum bir qismi dinamik rivojlanayotgan bozor munosabatlariga moslashayotganligi yo‘q. Ayrim yekspertlarning bahosiga ko‘ra, sa-noat xo`jalik yurutuvchi subyektlarning ¼ qisminigina bozor iqtisodiyotining to‘la-qonli subektlari safiga kiritish mumkin.
Yangi sharoit munosabati bilan xo`jalik yurutuvchi subyektlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Faoliyatni bozor talablariga yo‘naltirish va yeng yangi tex-nologiyalarga investitsiyalar asosida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo‘li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbar-doshligini ta’minlash;
xo`jalik yurutuvchi subyektlar kapitalini shakllantirish va boshqarish samarador-ligini oshirish;
Xo`jalik yurutuvchi subyektlar rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb qilish;
Ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydala-nish va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlarni kamayti-rish asosida ularning daromadlarini o‘stirish yo‘li bilan XYUS-larning investitsion jozibadorligini oshirish;
Aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor konyunktu-rasini bashoratlash, tovarlar va xizmatlarning to‘lovga layoqatli talabi va taklifi asosida XYUS faoliyatini diversifikatsiyalash.
Xo`jalik yurutuvchi subyektlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni, ya’ni mavjud salohiyat (aktiv-lar)dan yeng yaxshi foydalanish hisobidan kompaniyaning qiymatini oshirish va shu asosda kapitallashtirishning asosiy manbaini – kapitalni o‘stirishga yo‘naltiriladigan sof foydani o‘stirish alohida o‘rin yegallaydi. Sof foydani kapitallashtirish koyeffi-siyenti aktiv (kapital)ni oshirishga yo‘naltirilgan sof foyda qismining XYUS sof foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha aks yettirish mumkin:
Kk = (SFkq : SFuh), bu yerda: Kk – sof foydani kapitallashtirish
koyeffitsiyenti;
SFkq – aktivlar (kapital)ni oshirishga
yo‘naltirilgan sof foydaning qismi;
SFuh – XYUS sof foydasining umumiy hajmi.
Kapitallashtirish jarayoni investitsion-innovatsiya strate-giyasini amalga oshirish asosida faqat aktivlar hajmini oshi-rishni yemas, balki ularning yanada samaraliroq foydalanilishini ko‘zda tutganligi bilan ham muhimdir. Uni quyidagi tartibda aniqlasa bo‘ladi: Ka = (Kо‘ : Ao),
bu yerda: Ka – aktivlarni kapitallashtirish koyeffitsiyenti;
Kо‘ – tahlil davrida o‘z kapitalining o‘sishi;
Ao – tahlil davri oxiridagi aktivlar.
Kapitallashtirish jarayoni ishlab chiqarishda ilmiy yutuq-larning moddiylashganligini aks yettiruvchi ilg‘or innovatsion ishlab chiqarish vositalari va texnologiyalariga qo‘yiladigan ka-pital shaklning intellektuallashtirishga asoslanishi kerak.
O‘zlarining faoliyatlariga yangi sifat talablarini ilgari surayotgan samarali bozor o‘zaro aloqalarining tizimiga nisbatan tezroq kirish uchun XYUSlar tomonidan moliyaviy isloh qilish-ning asoslangan dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. Bunda butun xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatining natijasi si-fatida yuqori yakuniy moliyaviy ko‘rsatkichlarga yerishishga alohida o‘rin ajratilmog‘i lozim. Bir vaqtning o‘zida bunday dastur bozor omillari va iqtisodiy o‘sish shart-sharoitlaridan foydalanish, shuningdek, innovatsion taraqqiyotning zamonaviy tendensiyalari-ni amalga oshirish asosida XYUS faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi.
Moliyaviy isloh qilish dasturi quyidagilarni ko‘zda tutadi:
XYUSning tashkiliy va mulkiy holatini o‘zgartirish (yuqo-ri samarali tashkiliy shakl, kapitalning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish va uni samaradorlikni oshirish maqsadlari uchun joy-lashtirish, yuqori talabga yega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish-ni rivojlantirish va h.k.);
Ishlab chiqarishning investitsion-texnologik bazani o‘zgar-tirish (asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning tarkibiy tuzi-lishi, texnologik yangiliklarni joriy yetish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yangilash va h.k.);
Ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatining yuqori yakuniy natijalariga – xo`jalik yurutuvchi subyektlarning ixtiyoriga qoldiriladigan sof foydaga yerishish, kompaniyaning qiymatini o‘stirish va xarajatlarni qis-qartirishning tashkiliy negizi bo‘lgan asoslangan biznes-rejani ishlab chiqis

_______
Raimjonova M.A. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. T.: “Extremum-press”, 2013.-176 b.




  1. Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari

Mamlakat moliyaviy va investitsion tizimining asosini iqtisodiyot real sektori moliyasi tashkil etadi. Moddiy boylik ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarish samara-dorligiga katta ta’sir ko’rsatuvchi moliyaviy munosabatlar shakllanadi.
XYuSlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul daromadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o’sishiga xizmat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan va ularning ixtiyorida bo’lgan qarziy mablag’lar asosida tashkil topadi.
Hozirgi vaqtda kapital qo’yilmalarni moliyalash-tirishda xo`jalik yurutuvchi subyektlar o’z mablag’larining (sof foyda va amor-tizatsiya) salmog’i muhim ahamiyatga ega. Bunda amortizatsiya ajratmalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish alohida rol o’ynaydi.
YaIM va MDni qayta (ikkilamchi) taqsimlash davlat va XYuSlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar doirasida sodir bo’ladi. Ana shu darajada XYuSlar va aholining birlamchi daromadlari bir qismini to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar undirish yo’li bilan va shuningdek, davlat kreditlashtirishi hisobidan mamlakatning davlat moliyasi tashkil topadi (shakllanadi).
Xo`jalik yurutuvchi subyektlar pul resurslarini, uy xo’jaliklari daromad-larini ikkilamchi qayta taqsimlash kredit-bank sohasi va sug’urta tizimi orqali ham amalga oshiriladi. Bular depozitli, vekselli, pulli va banklarning boshqa jamg’arma operatsiyalari, ular tomonidan yuridik shaxslar va aholiga uzoq, o’rta va qisqa muddatli kreditlar va ssudalar berish, turli risklarni sug’urta qilish shakllarida sodir bo’ladi.
Ko’p darajali byudjet tizimi va byudjetdan tashqari maxsus fondlar faoliyatidagi qayta taqsimlash jarayon-larini takomillashtirish moliyaviy salohiyatni yanada kuchaytirish va davlat moliyaviy resurslari o’sishining quyidagi yo’nalishlari bilan uzviy bog’langan: byudjet-soliq sohasidagi daromadlarni qayta taqsim-lashning samaradorligini oshirish. Bu narsa davlat tomonidan ta’sirchan fiskal siyosatni hayotga tatbiq etish bilan bog’liqki, bu siyosat o’z navbatida, ishlab chiqarishning o’sishi va XYuSlarning investitsiyalarga yo’naltiriladigan moliyaviy resurslarining o’sishini rag’batlantirishni ko’zda tutmog’i kerak; Bank-kredit sektori orqali pul resurslarining qayta taqsimlanishini optimallashtirish. Buning eng asosiy iqtisodiy instrumentlari va mexanizmlari bo’lib quyi-dagilar hisoblanishi mumkin: kredit siyosati; uzoq, o’rta va qisqa muddatli kreditlar hajmlarining nisbati; Markaziy bankning hisob stavkasi; ssuda va depozit foizlarining stavkasi; qimmatli qog’ozlar bozori. Iqtisodiyotda bu instrument va mexanizmlardan foydalangan holda davlat tomonidan ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan tarzda tartibga solish davlat, XYuSlarning investitsion imko-niyatlari chegaralarini kengaytiradi, aholining pulli jamg’armalarini investitsiyalarga jalb qiladi;
Yangi samarali iqtisodiyotni – innovatsion va intel-lektual infrastrukturaning yuqori sur’atlarda rivojla-nishi o’ziga xos farqlanuvchi belgisi bo’lgan bilimlar iqtisodiyotini shakllantiradigan XYuSlarning ildam rivojlanishi. Mamlakat raqobatbardosh iqtisodiyotining yadrosini yuqori qo’shilgan qiymat va yuqori darajada qayta ishlanadigan mahsulotlar ishlab chiqaradigan innovatsion asosdagi yangi tarmoqlar tashkil etmog’i lozim.
O‘zbekiston iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishida xomashyo-energiya sekto- rining hukmronlik qilishi, yoqilg’i-energetika kompleksining sanoat ishlab chiqarishida, konsolidatsiyalashtirilgan va respublika byudjeti daromadlarida, eksportda va valyuta tushumlarida nisbatan katta salmoqning egallashi iqti-sodiyotning shu tomonga deformatsiyalashganligidan dalolat beradi. Milliy xo’jalikning bunday tarkibiy nomuvo-fiqligi iqtisodiyotni qoloqlik sari etaklaydi, uni modernizatsiya qilish vazifalarini murakkablashtiradi. Shu munosabat bilan xomashyo tarmoqlaridan yuqori texno-logiyali ishlab chiqarishga kapitalning oqib o’tishini ta’minlovchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish muammosi dolzarblik kasb etib, bu narsa oxir oqibatda, davlatning moliyaviy salohiyatini yuqori darajaga ko’taradi;



XYuSlar moliyaviy salohiyatining darajasi ularning samarali investitsion-tadbirkorlik faolligiga bog’liq. Zamonaviy o’zgaruvchan (dinamik) iqtisodiy muhit xorijiy kapitalni qo’shgan holda o’z va jalb qilingan investitsion manbalar asosida ishlab chiqarishni doimiy ravishda ilmiy-texnikaviy jihatdan yangilashni va rivojlantirishni talab qiladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’min-lashning o’ziga xos omili bo’lib ularning yirik tadbirkorlik tizimlariga (moliya-sanoat guruhlari, kontsernlar, klas-terlar, konglomeratlar, xoldinglar, kontsortsiumlar va boshqalar) birlashishi hisoblanadi. Bank va sanoat kapitalining real qo’shilishi va ta’sirchan moliyaviy kapitalning shakllanishi sodir bo’lmoqda. Bularning natijasida ishlab chiqarish masshtablarining o’sishidan vujudga kelgan samara, iqtisodiyot tarkibiy tuzilma- larining o’zaro ta’sirchanligi va investitsiyalarning o’sishidan olingan sinergetik samara kompaniyalarga yirik masshtabli moliyaviy vazifalarni yechishga imkon bermoqda.
Xo`jalik yurutuvchi subyektlarning asoslangan marketing va baho strategiyasini ish-lab chiqish; Xo`jalik yurutuvchi subyektlarning moliyaviy strategiyasini uning ishlab chiqarish-marketing siyosati bilan o‘zaro ta’sirchanligi (bog‘liqligi)ni asoslash.
Yuqoridagilarning barchasi moliyaviy munosabatlarni tegish-li tarzda qayta qurishni, xo`jalik yurutuvchi subyektlarni boshqarishda moliyaviy oqimlar-ning rolini oshirishni; tushum, xarajatlar, foyda, soliqqa tortish norma (meyor)lari, sof foyda, umumiy va o‘zlik kapitali-ning hajmi va manbalaridan iborat bo‘lgan moliyaviy indikator-larning o‘zgarishini monitoring qilish orqali moliyaviy boshqa-ruvning yaxlit samarali tizimi shakllantirilishini talab qiladi. Bu ishlar, o‘z navbatida, quyidagi shartlar asosida amalga oshiri-lishi mumkin:
Xo`jalik yurutuvchi subyektlar xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatiga oid moliyaviy oqimlarning o‘zaro aloqadorligini kuchaytirish va ularda ishlab chiqarish omillari – moddiy, mehnat, informatsion va boshqa resurslarning tegishli harakatlarini yanada to‘laroq aks yettirish;
boshqaruv qarorlari qabul qilishda, xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy re-surslari o‘sishining rezervlarini to‘liq qidirib topish va amalga oshirishda uning moliyaviy-analitik xizmatlari rolini oshirish; Xo`jalik yurutuvchi subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan yanada to‘liq-roq ta’minlash uchun o‘z bilimlarini sarf yetayotgan moliyaviy me-nejment malakasi darajasini oshirish;
Xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida xalqaro an-dozalarga muvofiq ravishda ma’lumotlar olish, XYUSlar, firma-lar va korporatsiyalar faoliyatida yuqori darajadagi barqarorlik-ni ta’minlash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga o‘tish.
Xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholash
XYUS, firma va korporatsiyalarning moliyaviy isloh qilinish samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichi sifatida moliya-viy samaradorlik, ya’ni sof foyda bo‘yicha rentabellik ko‘rsatki-chini olish mumkin. Uni hisoblash formulasi quyidagicha:
R = (Cf : О‘k) x 100
bu yerda: R – sof foyda bo‘yicha o‘zlik kapitalining
rentabelligi;
Sf – sof foyda yoki netto-foyda;
О‘k – o‘zlik kapitali.
Bu ko‘rsatkichning o‘sishi foydani soliqqa tortishni qo‘shib hisoblagan holda ichki va tashqi xarakterdagi ko‘plab omillarga bog‘liq. Rentabellikni tarkib toptiruvchilarni tahlil qilish uchun amaliyotda birinchi marta “Dyupon de Nemur” kompaniyasida qo‘llanilgan Dyupon formulasidan foydalaniladi. Bu formula-ning ko‘rinishi quyidagicha:
R = (Sf : О‘k) x (Sf : T) x (T : A) x (A : О‘k),
bu yerda: R – sof foyda bo‘yicha o‘zlik kapitalining
rentabelligi;
Sf – sof foyda yoki netto-foyda;
О‘k – o‘zlik kapitali;
T – tushum;
A – aktivlar.
Bir vaqtning o‘zida bu formuladagi (Sf : О‘k) nisbati sof foydaga kо‘ra о‘zlik kapitalining rentabellik koyeffitsiyentini kо‘rsatsa, (Sf : T) nisbati yesa sotuv rentabelligini ifodalab, bir tomondan bu nisbat tahlil qilinayotgan davrda sof foyda va sotuv hajmi (tushum) о‘rtasidagi nisbatni aks yettirsa, ikkinchi tomondan yesa yaxlit holda sotilgan mahsulotning daromadliligini xarakterlaydi va u alohida olingan tovar turlari daromadliligi-ga va ularning realizatsiya hajmidagi nisbatiga bog‘liq. Shuning-dek, (T : A) nisbati xо‘jalik faolligi koyeffitsiyentini kо‘rsatadi. Bu koyeffitsiyent aktivlarning aylanuvchanligi (yoki aktivlarning yillik о‘rtacha qiymatiga tо‘g‘ri keluvchi bir sо‘mlik tushum hajmi)ni aks yettiradi, tahlil davridagi aktivlar aylanmasining sonini xarakterlaydi. Aktivlar qancha kо‘p aylansa, ularning rentabelligi shuncha yuqori bо‘ladi. (A : О‘k) nisbati yesa bir sо‘m-lik о‘zlik kapitaliga tо‘g‘ri keluvchi aktivlarning umumiy miqdo-rini kо‘rsatadi. Bir sо‘mlik о‘zlik kapitaliga tо‘g‘ri keluvchi aktiv-lar qanchalik kо‘p bо‘lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bо‘la-di. Bu kо‘rsatkich xo`jalik yurutuvchi subyektlarning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar)ga kapitalning qо‘shimcha manbalarini jalb qilish bora-sidagi mahoratini aks yettiradiki, bu narsa tushum hajmi va xo`jalik yurutuvchi subyektlar daromadliligini oshirishga imkon beradi.
Yuqoridagi formulada keltirilgan kо‘rsatkichlarning о‘zaro bog‘liqligini xo`jalik yurutuvchi subyektlarning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab berishda foydalanish mumkin. Chunki formuladagi kо‘rsat-kichlar XYUS yakuniy natijalarining aktivlardan foydalanish da-rajasiularning aylanish tezligi, realizatsiya hajmi va sotilayot-gan mahsulotlarning daromadliligi, ya’ni moliyaviy-xо‘jalik fao-liyatining barcha asosiy parametrlari bilan о‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Bularning barchasi istiqbolga mо‘ljallangan biznes-rejani ishlab chiqish uchun asos bо‘lishi, shuningdek, investitsion-innovatsion biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin.
Xo`jalik yurutuvchi subyektlar aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baho-lash uchun xо‘jalik faolligi koyeffitsiyentidan foydalanish maq-sadga muvofiqdir. Bu koyeffitsiyent XYUSga tegishli bо‘lgan tu-shumning barcha aktivlarning о‘rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha ifodalash mumkin:
Kxf = T : A
bu yerda: Kxf – xо‘jalik faolligi koyeffitsiyenti;
T – tushum;
A – barcha aktivlarning о‘rtacha qiymati.
Bu kо‘rsatkich bir sо‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga tо‘g‘ri keluvchi tushumni xarakterlaydi. Uning о‘sishi XYUS boshqa barcha moliyaviy kо‘rsatkichlarining oshirishi (kо‘payishi)ga asos bо‘lib xizmat qiladi.



Download 59.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling