Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyasi bilan o`zaro bo`g`liqligi Reja


Download 59.01 Kb.
bet1/11
Sana20.12.2022
Hajmi59.01 Kb.
#1038310
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boborahmatova Mavjuda


Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyasi bilan o`zaro bo`g`liqligi
Reja:

  1. Kirish

Asosiy qism

  1. Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi

  2. Moliyaviy salohiyat o‘sishining omillari

  3. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslari va kapitali

  4. Xo'jalik yurituvchi subyektlar to'g'risidagi qonun

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adbiyotlar ro`yhati


Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti subyektlari va aholining pul daromadlari va jamg‘armalari asosida shakllanib, o‘zaro bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topadi: •respublika va mahalliy budjetlar, davlat nobudjet fondlari bud-jetlari; davlat kreditlashtirish resurslari; davlat xo`jalik yurutuvchi subyektlar va davlatning ishtirokidagi xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohi-yati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag‘lar, uy-ro‘zg‘or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko‘rinishidagi milliy boylik hajmi (o‘lchami)ni kiritish mumkin; •xususiy xo`jalik yurutuvchi subyektlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlarining yig‘indisidan tashkil topadi. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallan-magan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daromadli qo‘yilmalar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlar-dan iborat. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, pul mablag‘lari va boshqa aylanma aktivlar kiradi. xo`jalik yurutuvchi subyektlarning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog‘liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga ega bo‘lgan xo`jalik yurutuvchi subyektlar bir-biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga erishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment malakasiga, tadbirkorlikning natijaliligiga, moliyaviy resurslar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog‘liq bo‘ladi; •bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit resursla-riga bo‘lgan iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha kredit tash-kilotlari aktivlari va real imkoniyatlarining yig‘indisi. Juda ko‘pchilik mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash imkoni-yatiga ega emas. xo`jalik yurutuvchi subyektlarga taqdim etilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xarakterga ega. Asosiy kapitalni shakllantirish-dagi kreditlarning salmog‘i iqtisodiy samaradorlik o‘sishi uchun yetarli emas; •sug‘urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbir-korlik risklarini pasaytiradigan, jamg‘arma va hamda investitsiyalar o‘si-shini ta’minlaydigan pul sug‘urta resurslarini shakllantirish bo‘yicha su-g‘urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar yig‘indisining amalga oshi-rilishi orqali namoyon bo‘ladi; uy xo‘jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ularning ja-mi daromadlari, soliq, renta va foiz to‘lovlari, investitsion talabning o‘si-shiga iste’mol va jamg‘arishning ta’siri orqali ifodalanadi.

Download 59.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling