Tovar-moddiy zaxiralar – bu
Download 19.91 Kb.
|
BYUDJET TASHKILOTLARIDA TOVAR -MODDIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR – BU....
- TOVAR-MODDIY ZAHIRALARIGA- ...
- XIZMAT MUDDATI VA QIYMATIDAN QAT’I NAZAR QUYIDAGI INVENTAR VA XO‘JALIK ANJOMLARI TOVAR - MODDIY ZAXIRALAR TARKIBIGA KIRITILADI
- Mahsulot(ish,xizmat) lar ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi
- Tovar(ish,xizmat) lar ishlab chiqarish xarajatlari tannarxni aniqlash usullari bo‘yicha umumlashtiriladi.
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Internet resurslar
MAVZU: BYUDJET TASHKILOTLARIDA TOVAR -MODDIY ZAXIRALAR HISOBI REJA: TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR TOVAR-MODDIY ZAHIRALARI BYUDJET TASHKILOTLARIDA TOVAR -MODDIY ZAXIRALAR HISOBI TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR – BU.... keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir. TOVAR-MODDIY ZAHIRALARIGA- ... xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan yoki bir operatsion tsikl mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar, jumladan, qurilish – ta’mirlash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg‘i va yonilg‘ilar, ozuqa va emhashak, tara (idish)lar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari, o‘stiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, o‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar hamda laboratoriya sinovida bo‘lgan, uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-uskunalar va boshqalar qiradi.
a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalarb) maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal; v) ko‘rpa-to‘shaklar; g)yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va hokazo); d) oshxona inventari, shuningdek sochiq-dasturxonlar; e) ularni barpo etish xarajatlari qurilish montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (titulda bo‘lmagan) inshootlar, moslamalar va qurilmalar; Mahsulot(ish,xizmat) lar ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi: a) ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); b) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari, shu jumladan ular bo‘yicha hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summalari; v) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar eskirishi summasi; g) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. Sotish xarajatlari, tashkilotni boshqarish bo‘yicha umumiy xarajatlar (ma’muriy xarajatlar), boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va favqulodda zararlar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydi. Tovar(ish,xizmat) lar ishlab chiqarish xarajatlari tannarxni aniqlash usullari bo‘yicha umumlashtiriladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo‘lib: oddiy, me’yoriy, buyurtma, bosqichli usullar hisoblanadi. Tannarxni aniqlashning oddiy usuli qo‘llanilganda hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari summasini ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birliklarining umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi. Tannarxni aniqlashning me’yoriy usuli xom ashyo, materiallar, mehnat va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishning belgilangan me’yorlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishga asoslangan. Foydalanilgan adabiyotlar 1.B.Y. Xodiyev, Sh.Sh. Shodmonov – “Iqtisodiyot Nazariyasi” – 2017 2.R.R. Xusainov – “Moliya va Soliqlar” – 2014 3.A. Vahobov, A. Jo’rayev – “Soliqlar va Soliqqa Tortish” – 2009 4.I.A. Zavalishina – “Soliqlar: Nazariya va Amaliyot” – 2005 5.D. Tojiboyeva - “Iqtisodiyot nazariyasi” – 2003 6.Sh. F. Shamsutdinova, F.Sh. Shamsutdinov – “Chet el mamlakatlar soliq tizimi” – 2011 7.A. Smith – “An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations” – 1776 8.O. Olimjonov - “Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida soliq siyosati” – 1992 Internet resurslar ru.wikipedia.org www.google.com www.worldtaxes.ru www.kun.uz www.ziyonet.uz www.lex.uz Download 19.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling