T o sh k e n t d a V la t iq t iso d iy o t u n IV e r s it e t I f. Sh. Shamsutdinov, Sh. F. Shamsutdinova chet mamlakatlar
Download 4.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT-2 0 1 1 Sh22 F.Sh.Sham sutdinov, Sh.F.Shamsutdinova. Chet mamlakatlar soliq
- UDK: 336.22 (4/9) (075) BBK 65.268 M a ’sul m u h a m r: B .Y u .X o d ie v
- B.K.TuxIiev
- УДК: 336.22 (4/9) (075) ББК 65.268
- Sh22 Sham sutdinov F.Sh., Shamsutdinova Sh.F., Tax sistems o f forein
- UDK: 336.22 (4/9) (075) BBK 65.268 R esponsible corrector: K hodiev B.Y.
- Tukhliev B.K .
- I BOB. YEVROPA MAMLAKATLARIDA ASOSIY SOLIQLAR VA SOLIQ TIZIMI l.l.Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarni soliq tizimi.
0 ‘Z B E K IS T 0 N R E SPU B L IK A SI O L IY VA 0 ‘R T A M A X SU S T A ’LIM V A Z IR L IG I T O SH K E N T D A V LA T IQ T ISO D IY O T U N IV E R S IT E T I F.SH.SHAMSUTDINOV, SH.F.SHAMSUTDINOVA CHET MAMLAKATLAR SOLIQ TIZIMI (Darslik) O ‘ibekislon Respublikasi Oliy va о 'rta maxsus ta ’lint vazirligi Oliy о 'quv yu rtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tom onidan oliy o'quvyurtlarinm g iqtisodiy va ta 'lim yo 'nalishlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan TOSHKENT-2 0 1 1 Sh22 F.Sh.Sham sutdinov, Sh.F.Shamsutdinova. Chet mamlakatlar soliq tizim i. (Darslik). —Т.: «Fan va texnologiya», 2011,508 bet. ISBN 9 7 8 -9 9 4 3 -1 0 -5 5 3 -9 Darslik chet m am lakatlarning soliq tizimi ham da asosiy elementlarining amaliy va nazariy asoslarini kom pleks tarzda yoritib beradi. Darslikda chet mamlakatlarning soliq tizimi asosi, xususiyatlari, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri k o ‘rib chiqilgan. M azkur darslik iqtisodiy yo ‘nalishdagi oliy o ‘quv yurtlari talabalariga hamda xalqaro soliqqa
tortish masalalari bilan shug‘ullannuvchi mutaxassislarga m o'ljallangan. Darslik Toshkent moliya instituti qoshidagi Oliy
o ‘quv yurtlararo m uvofiqlashtiruvchi Kengashning 2006 йил 12-qaydnomasi bilan tasdiqqa tavsiya etilgan va O 'zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2006-yil 18-iyuldagi 166-son bilan tasdiqlangan va 2006-yil 21-iyuldagi BD- 5340800-4.06-son bilan ro ‘yxatga olingan namunaviy dastur asosida tayyorlangan. UDK: 336.22 (4/9) (075) BBK 65.268 M a ’sul m u h a m r: B .Y u .X o d ie v - iqtisod fanlari doktori, professor Taqrizchilar: N .M .M ahm udov — iqtisod fanlari doktori, professor; E .A .A kram ov — iqtisod fanlari doktori, professor Ekspertlar: B.K.TuxIiev — iqtisod fanlari nomzodi, dotsent O .A .A bduvahobov - iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Ш22 Шамсутдинов Ф.Ш ., Ш амсутдинова Ш.Ф., Н алоговы е системы зарубежных стран (Учебник), - Т.: Тош кентский государственны й экономический университет, 2010, 508 с. ISBN 978-99 4 3 -1 0 -5 5 3 -9 Учебник
дает комплесное представление о налоговых системах зарубежных стран, об основных элем ентах налоговых систем, а такж е их практической и теоретической основах. В учебнике рассмотрено влияние особенностей налоговых систем на экономическое и социальное развитие государств зарубежных стран. Учебник
предназначен для
студентов экономических вузов и
Учебник подготовлен на основе типовой программы реком ендованной к утверждению протоколом № 12 2006 года межвузовским Кординационным Советом при
Ташкентском Ф инансовом институте и утверж денны й министерством высшего и среднего специального образования Республики Узбекистана от 18 июля 2006 № 166 и зарегистрированный от 21 ию ля 2006 года № БД-5340800-4.06.
Ответственный редактор: Ходиев Б .Ю . —доктор экономических наук, профессор Рецензенты: М ахмудов Н.М. — доктор экономических наук, профессор А крам ов Э .А .-д о кто р экономических наук, профессор Эксперты: Тухлиев Б.К. - кандидат экономических наук, доцент, Абдувахабов О.Л. - кандидат экономических наук, доцент Sh22 Sham sutdinov F.Sh., Shamsutdinova Sh.F., Tax sistems o f forein countries (m anual book), - Т.: Tashkent State University o f economics, 2010, 508 p. ISBN 9 7 8 -9 9 4 3 -1 0 -5 5 3 -9 T his book provides com plex presentation about tax sistems o f forein countries, about bazis elem ents o f tax sistem s, including their practical and theoretical foundations. In this book there looked effects o f reguliar tax sistems on economical and social developm ent o f forein countries. T his book is intended for students o f economical institutes and spesialists, who are interested in problem s o f international tax imposing on. This book has been prepared onbasis sample programm. UDK: 336.22 (4/9) (075) BBK 65.268 R esponsible corrector: K hodiev B.Y. — professor, Doctor o f economical science Reviewers: M ahm udov N .M . — professor, Doctor o f economical science Akram ov E.A. — professor, D r.of economical science Experts: Tukhliev B.K . — candidate o f economics, lecturer A bduvakhabov O.A. — candidate o f economics, lecturer I. Fanni o'rganishning dolzarbligi. Soliqlar jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida yuzaga kelib, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Soliqlar davlatni kelib chiqishi bilan bog'liq. Davlat o ‘zining funktsiyalarini amalga oshirish uchun ma’lum harajatlami amalga oshirishi va ulami qoplash uchi -liq va yig'imlami undirilishiga sabab bo'ladi. Soliqlar iqtisodiy otni boshqarish qurollaridan biri bo'lganligi uchun mutaxassislar doimiy ravishda soliqni yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog'i to‘g‘risida fikr, mulohaza yuritib kelganlar. Soliq yukini optimal darajasini aniqlash bo'yicha qator olimlar ilmiy nazariyalar yaratganlar. Lekin hozirgi kungacha uning mutlaqo to'g'ri darajasi, iqtisodiy kriteriysi aniqlanmagan. Chunki soliqlarni yalpi ichki mahsulotdagi salmog'i iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy omillar bilan chambarchas bog'liq va ular bilan birgalikda o'zgarib turadi. Shuning uchun yaratilgan nazariya va kontseptsiyalar soliqlaming barcha muammolarini to'la echish, iqtisodiyotni barcha savollariga aniq javob hamda tavsiya berishga qodir emasdir. Lekin to'g'ri yo'l topish uchun boshqa mamlakatlar o 'z tarixida, iqtisodiyot va siyosatida bosib o'tgan
yo'lini o'rganish katta ahamiyatga ega. Chunki iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xarakterga ega bo'lib, uning amal qilishi barcha uchun barobardir. Jahon mamlakatlari iqlimi, ulaming geografik joylashuvi, tabiiy resurslar turlarining mavjudligi, xalqlarining urf-odatlari va shu kabilar muayyan bir davlatning soliq tizimiga, amal qiladigan soliq turlariga, ulaming undirilishidagi xususiyatlariga bevosita ta’sir etadi. Chet mamlakatlar soliq tizimlari xususiyatlarini o'rganish, ulaming ijobiy va salbiy tomonlariga e’tibor berish, kamchilik va afzalliklami hisobga olgan tarzda, rivojlanib kelayotgan, hamda jahon mamlakatlarining iqtisodiy va siyosiy integratsiyasini teng huquqli a’zosiga aylangan mustaqii O'zbekiston Respublikasi moliya-byudjet tizimi, soliqqa tortish tizimini mukammallashtirish orqali mamlakatimizni yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi, degan umiddamiz. Shuning uchun
ham bozor iqtisodiyoti sharoitida amal
qiladigan qonunlar, soliq tizimi muammolarini echishdagi muqobil variantlar, ularni tanlash
va qaror
qabul qilishda chet el
mamlakatlarni amaliyotini o‘rganib, tajriba to‘plashimiz zarurdir. Shu bilan bir qatorda, taraqqiy etgan mamlakatlarda soliqqa tortish tizimini davlatlami siyosiy tuzilishiga ko‘ra xususiyatlari ham mavzulami guruhlanishida inobatga olindi. Masalan, AQSh, Kanada, Germaniya va Shveytsariya federativ va konfederativ davlatlari vakillari sifatida yoritildi. Yaponiya, Hitoy Xalq respublikasi va Misr Arab respublikasi davlatlari esa dunyodagi mavjud soliq tizimi modellariga mansub emasligi, lekin jahon iqtisodiy va siyosiy maydonidagi katta ahamiyatga ega ekanligi, ushbu davlatlarni soliqqa tortish tizimi haqida mavzulami o ‘rganilishiga turtki bo‘ldi. Har bir mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish maqsadida asosiy tayanch iboalar, takrorlash uchun savollar, test savollari variantlar tarzida berilgan. II.
Fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining qiyosiy tahlili. Ma’lumki, jahon tajribasida hozirgi davrda soliqlarni iqtisodiyotni boshqarishdagi roli, uning
samaradorligi o'rganilib, muvofiq ravishda amaliy tavsiyalar berish, muqobil variantlami taqqoslash asosida tanlash va qaror qabul qilishga alohida ahamiyat berilmoqda. Darslikda soliq tizimi
sohasida jahon
tajribasi, ayniqsa
rivojlangan mamlakatlar amaliyotini yoritishga harakat qilindi. Mazkur adabiyotda ayrim davlatlami soliq tizimini huquqiy asoslari, soliq turlari, ularning iqtisodiyotni boshqarishdagi roli yalpi ichki mahsulotga nisbatan tutgan o‘rni, soliq yuki, bevosita va bilvosita soliqlaming o‘zaro nisbati, ayrim mamlakatlardagi soliq
tarkiblarini qiyosiy solishtirish, soliq tizimini rivojlanishida har bir davlatda o‘ziga xos xususiyatlaming mavjudligi, ularni iqtisodiyotni rivojlanishi, ijtimoiy, siyosiy tizimi bilan chambarchas bog‘liqligi kabi muammolarni o‘rganishga harakat qilingan. Mualliflar, mazkur darslik jahon mamlakatlarida soliqqa tortish taktika va strategiyasi bilan tanishtirish, ularning mamlakatimiz soliq tizimini yanada rivojlantirish maqsadida soliq tizimi mutaxassislari va talabalar uchun xizmat qilib, kelajakda mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shishlariga ishonch bildiradilar. Shuningdek, darslik bilan tanishganlar nashr etilgan soliq
solishdagi materiallami tanqidiy
shaklda baholab, soliq amaliyotini tahlil qilish natijasida «Soliq va soliqqa tortish» o‘quv fanini o‘zlashtirishiga, har bir muayyan davrda iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda yanada mukammalroq soliq kontseptsiyasini yaratish ustida ish olib borilishiga, kasbiy malaka va mahoratini oshirilishiga, tasavvurini kengayishiga hamda xalq xo‘jaligimiz uchun mutaxassislami etishtirilishiga sabab boMadi, degan fikr bildiradilar. Davlatlar, ayniqsa
rivojlanayotgan mamlakatlar moliya-bank tizimini, shu jumladan, soliq tizimini doimiy ravishda takomillashtirish ustida ish olib boradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarida «Jahon iqtisodiy inqirozi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatdan yaxshilash alohida muhim ahamiyat kasb etadi» deb ko‘satma bergan . So'nggi yillari bizning mamlakatimizda qator soliqqa tortish, soliq huquqi haqida ilmiy va amaliy ishlar yaratilmoqda. Soliq tizimi ilmiy fikrlash va ilmiy asoslash kategoriyasiga aylandi. Bu kategoriya kompieks xarakterga ega bo‘lib, iqtisodiy va huquqiy mazmunga ega. Chet mamlakatlami soliq tizimini yoritilishida mualliflar soliqlarga iqtisodiy - huquqiy kategoriya sifatida tavsifberishgan. «Chet mamlakatlar soliq tizimi»ni predmeti chet mamlakatlar soliqlarini huquqiy asoslari, tizimi, soliq turlari, ulami prognozlash, hisobga olish, undirish, engilliklar berish bilan
bogMiq iqtisodiy munosabatlardir. Ushbu kitob Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlarda chop etilgan maxsus va o‘quv adabiyotlari, boshqa davlatlar soliq tizimini o‘rganish va malaka oshirish bo'yicha amaliy va nazariy materiallar, intemetdan olingan ma’lumotlar asosida yozilgan. Darslik taqdim etilayotgan shakl, hajm va mazmunda ilk bora o‘zbek tilida yaratilgan. Darslikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Chet mamlakatlar soliq tizimi» fanidan namunaviy o ‘quv dasturida ko'rsatilgan barcha mavzu va asosiy savollar yoritilgan. Darslik «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo'yicha ma’lumot olayotgan oliy o'quv yurtlari, kollej, litsey o'quvchilari, hamda iqtisod, moliya, huquqshunoslik bo'yicha shug'ullanuvchilar, magistr, aspirant, o'qituvchilar va keng ko'lamdagi katta tadbirkorlar uchun katta qiziqish uyg'otadi. * Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari — Т.: 0 ‘zbekiston, 2009 y. 27-28 -betlar I BOB. YEVROPA MAMLAKATLARIDA ASOSIY SOLIQLAR VA SOLIQ TIZIMI l.l.Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarni soliq tizimi. 1.2.Iqtisodiy rivojlangan, etakchi davlatlarni soliq siyosati. 1.3.Jahon iqtisodiyotida milliy soliq tizimlarini bir-biriga moslashishini istiqboli. l.l.Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarni soliq tizimi Soliqlarni qo‘llanilib kelinishi qadimiy tarixga egadir. Soliq milliy daromadni bir qismi bo‘lib, majburiy va qaytarib bermaslik printsipi asosida aholidan va yuridik shaxslardan davlat tomonidan o‘z harajatlarini qoplash uchun olinadi. Iqtisodchi olimlarning fikricha, «Soliqda davlatni borlig‘ini iqtisodiy ifodasi gavdalanadi». Quldorlik va feodalizm davrida natural xo‘jalik asosiy rolni o‘ynagani uchun soliq natural — yig‘im sifatida qoMlangan (oziq-ovqat, armiya uchun oziq-ovqat, em-xashak va hokazo). Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bilan davlatlar daromadida pul soliqlarini roli oshib boradi. Bu har bir kishidan (jon boshidan) olinadigan soliq, yer soligM va hunarmandchilik soliqlaridir. Bundan tashqari egri soliq hisoblangan aktsizlar ham qoMlanilgan. Soliqning ogMrligi, asosan, dehqonlar zimmasiga tushib, ijaraga olish (ulgurji, ko'tarasiga sotib olmoq) qoMlangandan keyin yana ham ogMrlashgan. Ijaraga olish - savdogarlarga maMum davrga va ma’lum toMov asosida aholidan yigMsh uchun davlat soliqlari va boshqa daromadlami to‘plash huquqini beradi. Bundan tashqari, ma’lum tovarlarni sotish huquqiga ham ega boMadi. Davlat bilan tuzilgan shartnoma bahosi bilan savdogar yigMb olgan summasi o‘rtasidagi farq uning foydasini tashkil qilgan. Davlat va xususiy ijaraga olish tizimi quldorlik davridan kelib chiqib, feodalizmni emirilishi va kapitalistik ishlab chiqarish usuli vujudga kelish davrida juda keng tarqalgan va kapitalni boshlangMch jamg‘armasiga asos boMgan.
Ijaraga olish tizimi natural xo‘jalikning ustunligi, davlat xazinasiga mablag4 to‘playdigan moliya apparatining «bo‘shlik» qilish natijasida yuzaga kelgan. Birinchi ijaraga olish, eramizdan avval, VI asrda Eronda kelib chiqqan. Gretsiya va Rimda esa eramizdan oldingi IV asrda tarqalgan. 0 ‘rta asrda esa bu tizim Yevropada qoMlanilgan. Ayniqsa, Frantsiyada XIII asrda keng rivojlangan. XVI-XVII asrda Italiya, Gollandiya va Ispaniyada bu tizim evolyutsiyasining yuqori darajasiga ko‘tarildi. Angliyada ijaraga oluvchilar davlat kreditori rolini bajarganlar. Rossiyada XV asrni oxiri - XVI asrni boshida ijaraga olish tizimi keng miqyosda qoMlanilgan. Eng taraqqiy etgan turlari - boj, tuz, vino toMovlarini ijaraga olish boMgan. Davlat xazinasiga tushadigan soliqni 40% dan ortigM ichimlik soligMdan kelib tushgan. Rossiyada 1863 yili vino toMovini ijaraga olish bekor qilinib, aktsiz soligM bilan almashtirilgan. Ijaraga olish Hindistonda XIX asrgacha, Eronda esa XX asrgacha qoMlanilgan. GV.gacha sliaklda ijaraga olish XX asrda ham davom etgan. Masalan, Italiyada ayrim soliqlarni banklar. omonat kassalari tomonidan yigMlgan. Amerikada ijaraga olish XX asrni boshlarida boqimandani to‘plashda qoMlangan. Monopolistik kapitalizm davrida soliq juda keng taraqqiy etadi. Davlatning harbiy, boshqaruv harajatlari ko'payishi bilan soliq hajmi hamda uning turlari ko‘payib boradi. Ikkinchi jahon urushidan keyin har 10 yilda soliq 1,5 marta va undan ham ortiq ko‘payib turgan. Keyingi davrlarda rivojlangan davlatlar markaziy byudjetlarini 90% daromadi va mahalliy byudjetlarini 80% daromadi soliqlardan kelib tushgan. Davlat mulkiga asoslangan korxonalar kam foyda keltiruvchi va zarar ko‘radigan boMganligi sababli, ularni toMovlari byudjet daromadini 5-8% ini tashkil qilgan. 0 ‘sish sur’ati bo‘yicha soliq yalpi milliy mahsulot hajmini o‘sishidan tez hamda uning salmogM ham oshib borgati. 1984 yili soliqning yalpi milliy mahsulot hajmidagi salmogM Frantsiyada 45,4%, Buyuk Britaniyada -38,6%), GFR -37,3%, Amerikada -29%, Yaponiyada 27,7% ni tashkil qilgan. Hozirda rivojlangan davlatlarda soliqni majburiy ravishda hamma sinf vakillari toMaydilar. Lekin yirik kontsemlar dotatsiya va subsidiya ko‘rinishida byudjetdan yordam olishlari mumkin. Sanoati rivojlangan davlatlarda keyingi davrda to‘g‘ri soliqlarni undirish kuchaytirilgan. Ulaming ichida asosiy davlat soligM boMib daromad soligM xizmat qiladi. 1970 yildan boshlab egri soliqlarni olish ham kuchayib ketdi. Bunday vaziyat, ayniqsa, qo'shilgan qiymatdan olinadigan soliq kiritilgandan keyin muhim ahamiyat kasb etdi. Davlat soligM bilan bir qatorda mahalliy soliqlar ham tez sur’atda o‘sa boshladi. Umumiy soliq hajmida ulaming salmogM 80-yillarda AQSh da 30%, Germaniyada —48%, Yaponiyada -30% ni tashkil qilgan. Soliqni ogMrligi yana sotsial sug‘urta fondiga badal olish bilan kuchaytiriladi. Germaniya, Frantsiya, Italiyada soliqni 30% dan ko‘progM bu badallarga to‘g ‘ri keladi. Sotsial sug‘urtaga ajratma mehnatkashlar daromadidan ayirib olinib, AQShda -48% , Frantsiyada-20%, Germaniyada-26% ni tashkil qiladi. Tadbirkorlar ijtimoiy sug'urtaga ajratmani mahsulot tannarxiga qo‘shadilar va uning ogMrligi tovar sotib oluvchilar zimmasiga bahoni oshirish orqali yuklatiladi. Shunday qilib, to‘g‘ri va egri soliqlar, sotsial sug'urta fondiga badal toMash davlat xazinasiga pul to'plashning asosiy yoMlari bo'lib, ulaming ogMrligi asosan kam ta’minlangan aholi zimmasiga tushadi va moliya oligarxiyasini boyishi uchun xizmat qiladi. Qo'llanayotgan iqtisodiy siyosatga binoan hozirgi davrda rivojlangan davlatlar soliqni iqtisodni boshqarish quroli sifatida ishlatadilar. Shu maqsadda soliq stavkasi, uni undirish usuli, soliq engilligi, skidkasi ishlatiladi. Bu tadbirlar ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiga, muvozanatiga, kapitalni jamg'arishga, sotish bozoriga, ishlab chiqarish davrlariga ta’sir ko'rsatadi. Soliq ijtimoiy ishlab chiqarishning I va II bo'limlarini o'sish darajasiga ta’sir qilib, ularni tenglashishiga va I bo'limni II ga nisbatan tezroq rivojlanishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Davlat soliq va davlat harajatlari orqali aholining to'lov qobiliyatiga va uning hajmiga ta’sir ko'rsatadi. Soliq orqali aholi daromadiga ta’sir qilib, kengaytirilgan ishlab chiqarishni davrini boshqaradi va maromiga keltiradi. Soliq solishni ko'paytirib, aholi daromadini kamaytirib, yoki soliq solish asosida aholi daromadini ko'paytirib davlat kengaytirilgan ishlab chiqarishni bir m e’yorda o'sishiga sharoit yaratadi. Agar umumlashtirilgan holatda tahlil qilinsa, soliq orqali iqtisodni boshqarish chegaralangan xarakterga ega degan xulosaga kelish mumkin. Bu bilan talabni barchasini qamrab olmaydi. Soliq qarama-qarshi
kuchlarga ega. Ba’zi vaqtda iqtisodni o‘sishiga sharoit yaratish o‘miga unga halaqit ham berishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda soliqlar (ayrim holatlardan tashqari) har- xil nomlar bilan quyidagi asosiy shakllarga ega: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, huquqiy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, qo'shilgan qiymatga solinadigan soliq, aylanmaga solinadigan soliq, ijtimoiy sug'urta fondiga ajratma va iste’molga qo'llanadigan maxsus soliq turlari va boshqalar. Tovarlarni ishlab chiqarish va sotish orqali yuzaga keladigan daromadlar va harajatlar oqimini soliqqa tortishdan tashqari to'plangan boyliklami soliqqa tortish ham yuzaga chiqadi. Ulaming asosiy turlari: mol-mulk solig'i hamda meros va hadya solig'i.
Download 4.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling